13-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Iqtisodiy o`sish: umumiy tavsifi, neokeynscha va neoklassik modellari (2 soat)
Reja:
1.Iqtisodiy o`sihning umumiy tavsifi;
2. Iqtisodiy o`sih omillari va tiplari;
3. Iqtisodiy o`sishning Xarrod, Domar modellari. Solou modeli;
4. O`zbekistonda iqtisodiy o`sish sur’atlari.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Iqtisodiy o`sish tushunchasi va o`lchanishini o`rganish; iqtisodiy o`sish omillari va tiplarini yoritish; E.Domar va R.Xarrod modellarini yoritish; R.Solouning neoklassik modeli asoslarini o`rganish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Materiallar va jihozlar: o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar: Iqtisodiy o’sish, real daromad, o’sish omillari, haqiqiy va
potensial YAIM, kafolatlangan o’sish sur’ati, haqiqiy o’sish sur’ati, tabiiy o’sish sur’ati.
Umumiy ma’lumotlar:
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va
imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o‘sish — bu, ob’ektiv qonuniyat bo‘lib, jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat ishlab chiqarishning o‘sishini, balki iqtisodiyot potentsialining o‘sishini ham bildiradi.
Iqtisodiy o‘sish YaIMni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi hamda real YaIMning o‘tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun ishlatiladi.
Iqtisodiy o‘sish tabiiy hamda mehnat resurslari soni va sifati, asosiy kapital hajmi, texnologiyalar kabi omillarga bog’liq.
Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni asoslash uchun Xarrod va Domarlar tomonidan amalga oshirilgan hamda Xarrod-Domar modeli deb yuritiluvchi model qo‘llaniladi. Modelda ko‘zda tutilgan asosiy faraz milliy daromadni kapital miqdoriga proportsionalligi hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sishning salbiy oqibatlaridan biri aholini ijtimoiy, mulkiy tabaqalanishi kuchayishi hisoblanadi. Shuning uchun ham davlat aholi turli qatlamlarini himoya qilish maqsadida ijtimoiy siyosatlarni olib boradi.
Daromadlar taqsimlanishining tengsizligini ifodalash uchun ko‘p hollarda Lorents egri chizig’idan foydalaniladi.
Topshiriqlar:
1.Uch yil davomida mehnat sarfi miqdori va uning unumdorligi to‘g’risidagi ma’lumotlar jadvalda keltirilgan:
Yil
|
Mehnat sarfi miqdori, (soat)
|
Mehnat unumdorligi ( bir soatda yaratilgan YaIM hajmi (pul birligida))
|
Real YaIM hajmi, (pul birligida)
|
1
|
1000
|
100
|
|
2
|
1000
|
105
|
|
3
|
1100
|
105
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |