Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Internet saytlari.
12-amaliy mashg`ulot
Mavzu: IS-LM modelining shakllanish tadbiqi (2 soat)
Reja:
1.IS - LM mоdеlining mоhiyati vа АD-АS mоdеli bilаn bоg’liqligi;
2. IS - egri chizig’ining algebraic tahlili;
3. LM - egri chizig’i vа uning tеnglаmаsi;
4. Tovar va pul bozorlarining birgalikdagi muvozanati
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan bog`liqligini o`rganish; IS - egri chizig`i va uning tenglamasini yoritish; LM - egri chizig`i va uning tenglamasini yoritish; IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanatni aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Materiallar va jihozlar: o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar: Tovar va pul bozori, investitsion tovarlar,
makroiqtisodiy muvozanat, Keyns xochi, Investitsion tuzoq
Umumiy ma’lumotlar:
Makroiqtisodiy muvozanat mamlakat iqtisodiyotining to‘g’ri yoki noto‘g’ri yo‘ldan borayotganligini ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi, chunki iqtisodiyotda bo‘layotgan doimiy o‘zgarishlar har qanday mamlakatni ham iqtisodiy muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.
IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga birgalikda ko‘rsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi.
IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda bo‘lgan o‘zgarish ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi.
Pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori bo‘lganda samarali bo‘ladi. Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizig’i gorizontal, IS egri chizig’i esa vertikal bo‘lganda samaraliroq bo‘ladi. Model yordamida makoiqtisodiy siyosat variantlarini tanlash, shuningdek usullarini muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash va siqib chiqarish samaralarini kamaytirish yo‘llarini tahlil etish mumkin.
Topshiriqlar:
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 300 + 0,65Yd, investitsiya funktsiyasi I = 200 – 1500R, soliqlar T = 200, davlat xarajatlari G = 200, pulga
bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,5Y – 2000R)P, pul taklifi M = 550, narxlar darajasi P =1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,05Y – 500R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |