6. Ilashish muftasi uchun:
a) etaklanuvchi disklar chegaraviy, yeyilish miqdoridan ko‘proq yeyilgan, yoki buzilgan bo‘lsa;
b) valdagi shlitsalar yoki podshipniklar o‘rindig‘i chegaraviy yeyilish miqdoridan ko‘proq yeyilganda;
d) val singanda.
7. Gidravlik burilish tizimi yoki gidravlik kuchaytirgich bilan boshqarish mexanizmi uchun:
a) ikkitadan kam bo‘lmagan tashkil qiluvchi qismlarda (rul mexanizmida, gidravlik nasosda, taqsimlagichda, gidravlik silindrlarda) ekspluatatsiya sharoitida ta’mirlab bo‘lmaydigan nuqsonlar bo‘lganda.
8. Payvandlab yasalgan rama yoki yarim rama uchun:
a) chegaraviy holat lonjeronlardagi yoki ko‘ndalang bruslardagi va ularning payvand choklaridagi kronshteynlardagi darzlar, ulaming kesim perimetrining 40% dan ortiq bo‘lganda.
9. Parchinlab yasalgan rama yoki yarim rama uchun:
a) lonjeron, yoki ko‘ndalang bruslardan darzlar kesim perimetrining 40% dan ortiq bo‘lganda;
b) lonjeron bilan ko‘ndalang bruslar birikmasining biror joyida 50% dan ortiq parchin mixlari bo‘shaganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |