3. Mexanik uzatmalar qutisi uchun:
a) agregat korpusi qismlarida ekspluatatsiya sharoitida ta’mirlab bo‘lmaydigan nuqsonlar mavjud bo‘lganda;
b) doimiy ilashishda bo‘lgan ikkitadan ortiq shesternyalarning tishlaridagi va o‘tqazish joylaridagi yeyilish miqdori chegaraviy qiymatlaridan ortiq bo‘lganda;
d) birorta valning shlitsalari chegaraviy yeyilish miqdoridan ortiq bo‘lganda, val sterjenida darzlar mavjud bo‘lib, undagi egilish joiz miqdorlardan katta bo‘lganda;
e) ikkilamchi valda joylashgan shesternyalardan birortasining yeyilish miqdori chegaraviy yeyilish miqdoridan katta bo‘lganda;
f) ikkilamchi val podshipnigi so‘nggi yeyilish holatida bo‘lganda, yoki shikastlanganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |