Mashinani tozalash va yuvish. Mashinani ta’mirlashga topshirishdan oldin uning tashqi yuzalari loydan va boshqa iflosliklardan tozalanadi. Chang, loy va smolali boshqa iflosliklar, odatda, 70...80°S gacha isitilgan suv bilan yuviladi. Yonilg‘i-moylash materiallarining qoldiqlaridan tozalash uchun 1..,2% li kaustik sodaning suvdagi eritmasi qo‘llaniladi. Kaustik sodani qo‘llashda ehtiyot bo‘lish darkor, chunki teriga tekkanda unga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Kaustik soda bilan alyuminiy va uning qotishmalaridan tayyorlangan detallarni yuvish tavsiya qilinmaydi, chunki ular bunday materiallar uchun emiruvchi ta’sirga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |