Detallarni cho‘zish. Detal uzunligini uning ko‘ndalang kesimidagi ma’lum joyni toraytirish hisobiga uzaytirish cho‘zish deyiladi. 5.5-rasmdan ko‘rinib turibdiki, cho‘zish cho‘ktirishning xususiy holi hisoblanadi va u kuch Rd yo‘nalishining kerak bo‘lgan deformatsiya yo‘nalishiga mos kelmasligi bilan harakterlanadi. Bunda detal kesimining mahailiy torayishi hisobiga uncha katta bo‘lmagan uchastkada uning uzunligi ortadi. Cho‘zish. Odatda, har xil tortqilarni uncha katta bo‘lmagan uzunlikka uzaytirish uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |