12-Rasm. Shatun pastgi kallagining konstruktiv sxemasi:
a va b-shatun vkladыshining egilishi va chiqishini ifodalovchi chizma; Dp-vkladыsh o’rnining diametiri; 2Uo-umumiy egilish; T-siquvchi kuch; ∆h-vladishning chiqishi; R-vkladыsh gardishidagi kuchlanish; v-shatun vkladыshi; 1- ajralish qismi; 2-vkladыshning ishchi yuzasi; 3- vkladыshning tashqi silindrik yuzasi; 4-vkladыsh gardishi; 5-tutuvchi tirnoq; 6-vkladыsh asosi; 7-oraliqi texnologik qatlam; 8-qiyalik; 9-antifriksion qatlam; 10-moy o’tish tuynigi; S-vkladыsh qalinligi; f va K-qiyalikning chuqurligi va balandligi; -moy kelish tuynigining joylashish burchagi.
Shatun podshipnik vkladыshlari roslanmaydi. Ular ta’mir o’lchamiga asosan belgilanadi. Belgilanishi, avtomobillarda-standart; 0,05; 0,25; 0,5; 0,75; 1 va hokazo, dizel dvigatellarida-standart; 1N; 2N; R1; R2; R3;R4 .
10. Tirsakli val (13-rasm). Porshendan berilayotgan kuchlarni shatun orqali qabul qilib transmissiya qismiga uzatadi.
Asosiy qismlari o’zak bo’yinlari (blok-karterdagi o’zakka birik-tiriladi), shatun bo’yinlari (shatun biriktiriladi), bug’in (o’zak va shatun bo’yinlarini bog’laydi), bug’inlarning bo’yinlarga o’tish joyi yumaloq bo’rtik ko’rinishda yasaladi va bu galtel deyiladi, bular zuriqishlarni kamayishiga yordam beradi, tumshuq (oldingi uchi), dumcha (orqa uchi), posangilar (inersiya kuchlarini muvozanatlaydi).
Dvigatel ishlaganda tirsakli valga gazlarning bosim kuchi va aylanishda hosil bo’ladigan inesiya kuchlari ta’sir qiladi.
13-Rasm. D-240 dvagatelining tirsakli vali.
1- o’zak bo’yni; 2-bo’yni; 3-tayanch yarim xalqa; 4-beshinchi o’zak podshipnigining pastgi vkladыshi; 5-maxovik; 6-moy qaytargich; 7-o’rnatish shtifti; 8-maxovikni mahkamlash bolti;9-tishli gardish; 10-beshinchi o’zak podshipnigining ustgi vkladыshi; 11-shatun bo’yni; 12-bo’yin; 13-galtel; 14-posangi; 15-posangini mahkamlash bolti; 16-qulf shayba; 17-tirsakli val shesternyasi; 18-moy nasosi yuritmasining yetakchi shesternyasi; 19-tayanch shayba; 20-bolt;21-shkiv; 22-o’zak bo’ynidan shatun bo’shliqlariga moy keladigan ariqcha; 23-tiqin; 24-shatun bo’ynidagi bo’shliq; 25-toza moy trubkasi.
SMD-60, D-240, YaMZ dvigatellarida yuqori uglerodli po’latdan shtampovkalab, GAZ-53, 24D magniyli cho’yandan quyib yasalgan. Bularni tayyorlash arzon bo’ladi. Yangi vallarda ovallik va konuslik 0,015mm gacha bo’ladi.
Silindrlari qator joylashgan dvigatellarda shatun bo’yinlari silindrlar soniga teng.
V-simon dvigatellarda har bir shatun bo’yniga ikkita shatun birik-tiriladi. Ko’pchilik dvigatellarda o’zak bo’ynilari shatun bo’ynilaridan bitta ko’p. Tirsakli valni dumida salnik tayanadigan o’zak bo’yicha moyni tashqariga chiqmasligini oldini olish uchun teskari rezba ochilshi mumkin (ZIL-130).
Tirsakli valning o’zak va shatun podshipniklariga moy o’tishi uchun teshiklar parmalangan, undagi shatun bo’yinlarida moyni markazdan qochma usulda (qirindi va og’ir iflos aralashmadan) tozalash uchun kovak qilingan. Bu kovak orqali truba (D-240) yoki kanaldan moy shatun podshipnigiga o’tadi. Tirsakli valning orqa uchida uzatmalar qutisining birlamchi vali tayanadigan podshipnikga joy qilingan.
Krivoshiplarning joylashishi silindrlar soni, shuningdek kengayish taktini takrorlanishining ravonligi va dvigatel muvozanatliligiga qo’yilgan talablar bilan aniqlanadi. To’rt silindrli dvigatellarda krivoshiplar 1800 burchak ostida joylashgan. Ko’pchilik (D-144, D-240, D-160) dvigatellarda silindrlarning ishlash tartibi 1-3-4-2, ba’zi dvigatellarda (24D, ZMZ-451) esa 1-2-4-3.
Do'stlaringiz bilan baham: |