17-Rasm. Traktor va avtomobillar dvigatellarning osmasi va tayanchining elastik elementlari;
a-uch nuqtali osma; b-to’rt nuqtali osma; v-tik (vertikal) tebranishlarni so’ndiruvchi elastik element; g-gorizontal tekislikda yuqori mustahkamlikga ega bo’lgan elastik element;(a-a)-haqiqiy tebranish o’qi; ST-og’irlik markazi; d-D-240 dvigatelining oldingi qismini osmasi; 1-amartizator; 2-rostlovchi qistirmalar; 3-kontrgayka; 4-rostlash bolti; 5-berkitish bolti; 6-taqsimlash qopqog’ini kronshteyni; 7-oldingi tayanch
Dvigatel ramaga yoki yarim ramaga uch, to’rt va besh (KaMAZ-5320) nuqtali qilib o’rnatilishi mumkin.
Uch nuqtali qilib ZIL-130, K-701 larda, to’rt nuqtali qilib esa GAZ-53A, T-150K, VT-100 larda o’rnatilgan. Osmaning elastik elementi sifatida rezinali amartizatorlar karkasga (vulkanizasiya yo’li bilan) joylashtirilgan, bular silkinishlar sonini va kuchini so’ndiradi
KShM da uchraydigan buzuqliklar va ularni bartaraf etish.
Dvigateldan foydalanish davomida unga texnik servis xizmat ko’rsatish (TSXK) ni o’z vaqtida o’tkazilishi va detallarni yig’ish ko’rsatma asosida amalga oshirilishi kerak, bo’lmasa detallar tez ishdan chiqadi .
Detallarning yeylanishi va porshen xalqalarini joyiga o’tirib (yopishib) qolishini belgilari: gazlar bilan chiqadigan moy sarfining oshishi, dvigatelni tutab ishlashi, sapundan gazlarning chiqishini kuchayishi, dvigatel quvvatini pasayishi va yoqilg’i sarfining oshishidir.
Silindr–porshen gruppasi detallarini almashtirishda birikmalardagi zazorlarni bilish kerak, ya’ni porshen va gilzaning ta’mir gruppasini aniq bilish kerak, shatun, porshen va barmoq og’irlik gruppasi bo’yicha tanlanadi. Dvigatelga o’rnatiladigan porshen gruppasi og’irligining farqi VAZ dvigatellarida 5 grammgacha, D-144 da 16 gramm-gacha, ZIL-130 da 8 grammgacha. Har bir silindrning porshen gruppasi og’ir-ligini teng bo’lishi ularni tarozida o’lchash yo’li bilan tekshiriladi, ular teng bo’lmasa porshenning yupka qismidan yo’nib og’irligi tenglashtiriladi.
Porshen barmog’ini joyiga qo’yishda porshen 120-1500S gacha qizdiriladi. Qismlarga ajratishda moyda 1000S gacha qizdiriladi va so’ng barmoq chiqarib olinadi. Moylash sistemasidagi moy bosimi yuqori bo’lishi uchun shatun va o’zak podshipniklarida yeylanish bo’lsa, o’z vaqtida boshqa navbatdagi ta’mir (remont) gruppasiga mos holda tirsakli valni yo’nib, so’ng vkladыshlarni yangisini qo’yish kerak.
Silindr kallagidagi blok bilan silindr oralig’iga qo’yiladigan qistirma yomon ahvolda bo’lsa yoki noto’g’ri qo’yilsa, kiritish kallektorida (sovituvchi suyuqlik kanali bo’lgan dvigatellarda) qistirma yomon ahvolda bo’lsa silindrga suv o’tadi. Gilzaning pastgi qismida blok bilan gilzani zichlovchi qistirma ham yaxshi bo’lishi kerak, bo’lmasa karterga suv o’tadi. Gilza yoriq bo’lsa ham silindr ichiga suv o’tadi.
Silindrlar kallagining mahkamlash gaykalarini qotirish shaxmat tartibida amalga oshirilishi kerak.
Shatun bolti, o’zak bolti, silindrlar kallagining boltlari (dvigatel pasportida ko’rsatilgan kuchga mos holda) dinamometrik kalit bilan qotiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |