101. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy boylik tushunchasi va uni o’rganishning ijtimoiy -iqtisodiy ahamiyati hamda statistikaning vazifalari nimalardan iborat? Milliy boylik – iqtisodiy statistikaning tayanch ko‘rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) – mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori esa – mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.
Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi hajmini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug‘ullanganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma’lumki, milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada (1664 yilda) U.Petti hisoblagan. Bu ko‘rsatkich Frantsiyada 1789 yilda, AQSh da 1805 yilda va Rossiyada esa 1864 yilda hisoblangan.
XX asr oxirlarida kelib milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash, ularni yagona kontseptsiyalar asosida qiymatini, tarkibini, dinamikasini hamda foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy statistik tahlil qilish yanada dolzarb muammoga aylandi. BMT statistika komissiyasi hamda Jahon banki huzurida Dj.Dikson (AQSh) va K.Xamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruhi tuzildi. Bu guruh 1997 yilda 92 mamlakat bo‘yicha (1994 yil ma’lumotlari asosida) va 2000 yilda 10 mamlakat bo‘yicha (1997 yil ma’lumotlari asosida) milliy boylik elementlarining qiymatini, strukturasini va jon boshiga to‘g‘ri keladigan darajasi hamda indeksini hisoblashdi. 2000 yilning avgustidagi “Daromadlar va boyliklarni tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasi” ning umumiy 26-konferentsiyasida turli mamlakatlarni rivojlanishi to‘g‘risidagi yig‘ma hisoblashlarning natijalari haqida ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Mazkur konferentsiyada K.Xamiltonning jahonning 110 mamlakatida milliy boylikni 1997 yildagi jon boshiga to‘g‘ri keladigan darajasi va uni o‘sishi sur’atlari hisoblangan ma’ruzasini taqdim etdi. K.Xamiltonning hisob-kitoblariga qaraganda ko‘pgina mamlakatlarda (jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM darajasi o‘rtacha jahon darajasidan past bo‘lganlarida) umumiy kapital hajmini o‘sishi sur’ati aholi sonini o‘sishi sur’atidan pastligini, ya’ni bu mamlakatlarda aholi farovonligini pasayishi jarayoni yuz berayotganini ko‘rsatdi.