36. Oraliq iste’mol deb nimaga aytyiladi?
Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar ikki yo’nalishda foydalanilishi mumkin: birinchidan, pirovard iste’mol, ya’ni ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan tovar va xizmatlar bozorga qaytib kelmaydi va to’laligicha xaridorlar tomonidan iste’mol qilinadi; ikkinchidan, ushbu tovarlardan foydalanib, boshqa tur va sifatga ega bo’lgan tovarlar ishlab chiqarish maqsadida oraliq iste’moli sifatida foydalaniladi. 39 Oraliq iste’moliga hisobot davrida ishlab chiqarish xarajatlari sifatida sarflangan va to’laligicha iste’mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati kiradi. Ba’zi xarajatlar boshqa mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilganiga qaramasdan yana paydo bo’lishi mumkin. Masalan, dondan un ishlab chiqarilishi mumkin, undan, o’z navbatida, no ishlab chiqariladi. Boshqa xarajatlar to’laligicha iste’mol qilinidagi yoki foydalaniladi, masalan, yoqilg’i va ko’pchilik xizmat turlari.
37. Yalpi qo‘shilgan qiymat deganda nimani tushunasiz va uning tarkibiga nimalar kiradi?
Iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari miqyosida YaIChdan oraliq ist’mol qiymatining ayirmasi yalpi qo’shilgan qiymat ko’rsatkichini beradi.
Qo’shilgan qiymat deb firmaning tayyor mahsuloti narxi va xomashyoga ketgan xarajat farqiga aytiladi.
Uning tarkibiga ishchilarning ish haqi, foyda, soliqlar va b. lar kiradi.
Qoʻshilgan qiymat - ishlab chiqarish (xiz matlar koʻrsatish) jarayonida muayyan bir firma, korxonada yangidan yara-tilgan, bevosita oʻstirilgan, mahsulotning oldingi qiymatiga qoʻshilgan qiymat. Firma tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, tovarlar, xizmatlarni sotishdan olgan tushumlar bilan firmaning boshqa fir-malardan resurslar (materiallar, yarim fabrikatlar) sotib olish uchun qilgan xarajatlari ayirmasi tarzida aniqlanadi. Qoʻshilgan qiymat — ishlab chiqarishning pirovard natijasidir. Mazmunan Qoʻshilgan qiymat ishlab chiqarilgan yoki yaratilgan tovar va xizmatlar narxining bir qismi sifatida gavdalanadi.
38. Sof qo‘shilgan qiymat deganda nimani tushunasiz va uning tarkibiga nimalar kiradi?
Qoʻshilgan qiymat - ishlab chiqarish (xiz matlar koʻrsatish) jarayonida muayyan bir firma, korxonada yangidan yara-tilgan, bevosita oʻstirilgan, mahsulotning oldingi qiymatiga qoʻshilgan qiymat. Firma tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, tovarlar, xizmatlarni sotishdan olgan tushumlar bilan firmaning boshqa fir-malardan resurslar (materiallar, yarim fabrikatlar) sotib olish uchun qilgan xarajatlari ayirmasi tarzida aniqlanadi. Qoʻshilgan qiymat — ishlab chiqarishning pirovard natijasidir. Mazmunan Qoʻshilgan qiymat ishlab chiqarilgan yoki yaratilgan tovar va xizmatlar narxining bir qismi sifatida gavdalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |