Agar kvadrat tomonlarining o‘rtalari ketma-ket to‘g‘ri chiziq kesmasi bilan birlashtirilsa, natijada qanday shakl hosil bo‘ladi?
To‘rtburchakning kvadrat ekanligini tekshirish uchun diagonallarining tengligini va perpendikularligini tekshirish kifoya qiladimi?
Kvadratning diagonallari kesishish nuqtasidan tomonlaridan birigacha bo‘lgan masofa 2 dm 3 sm ga teng. Kvadratning perimetrini toping.
1) Kvadratning perimetri 30 sm ga teng. Uning tomoni nimaga teng?
A BCD kvadratda AC diagonal o‘tkazilgan. a) ACD uchburchakning turini; b) ACD uchburchakning burchaklarini toping.
|
8- mavzu.
|
|
|
UCHBURCHAKNING O‘RTA CHIZIG‘I
|
Ta’rif. Uchburchakning o'rta chizig'i deb, uning ikki tomoni o'rta- larini tutashtiruvchi kesmaga aytiladi.
ABC uchburchakda AD = DB va CE = EB bo‘lsin, u holda DE o‘rta chiziq bo‘ladi (ta’rifga ko‘ra). DE o‘rta chiziqqa nisbatan AC tomon asos deb ataladi (52- rasm). Har qanday uchburchakda uchta o‘rta chiziq bo‘ladi (53- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |