Rombning diagonallari bilan tomonlari orasida hosil bo‘lgan burchaklarning nisbati 2 : 7 kabi. Rombning burchaklarini toping.
B urchaklaridan biri 60°, kichik diagonalining uzunligi 16 sm bo‘lgan romb perimetrini toping.
|
|
|
|
7- mavzu.
|
KVADRAT VA UNING XOSSALARI
|
Ta’rif. Tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat deb ataladi.
Kvadrat va rombning ta’riflaridan kvadrat burchaklari to‘g‘ri bo‘lgan romb ekanligi kelib chiqadi (48-a rasm). Kvadrat ham parallelogramm, ham to‘g‘ri to‘rtburchak, ham romb bo‘lgani uchun ularning barcha xossalariga egadir. Kvadratning asosiy xossalarini keltiramiz.
Kvadratning hamma burchaklari to‘g‘ri.
Kvadratning diagonallari o‘zaro teng.
Kvadratning diagonallari o‘zaro perpendikular va kesishish nuqtasida teng ikkiga bo‘linadi hamda kvadratning burchaklarini teng ikkiga bo‘ladi (48-b rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |