Trapetsiyaning asoslari 12 sm va 20 sm, yon tomonlari esa 4 sm va sm. Kichik asosining uchidan kichik tomoniga parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazilgan. Shu parallel to‘g‘ri chiziq ajratgan uchburchakning perimetrini toping. Trapetsiyada: 1) uchta to‘g‘ri burchak; 2) uchta o‘tkir burchak; uchta burchak yig‘indisi 180° ga teng bo‘la oladimi?
Javobingizni asoslang. AD va BC asosli ABCDtrapetsiyaning B va C burchaklarini toping, bunda ZA = 75° va ZD = 55° (63- rasm). Bo‘sh joylarga mos javoblarni yozing.
Yechilishi. A va B, C va D burchaklar AD va BC parallel to‘g‘ri chiziqlarni ... va ... kesuvchilar bilan kesi- shishidan hosil bo‘lgan ..., shuning uchun ZA + ZB = ...° va ZC + ZD = ...°. Shartga ko‘ra, ZA = 75° va ZD = 55°, u holda ZB = ...° - ZA = ...° - ...° = ...° va ZC = ...° - ZD = О ОО Javob: ZB = ...°, ZC = ...°. ABCD trapetsiyaning asosidagi A va D burchaklari 72° va 86° ga teng. Shu trapetsiyaning qolgan burchaklarini toping.
ABCD trapetsiyaning kichik asosi 6 sm ga, ABEuchburchakning (BE || CD) perimetri 36 sm ga teng. Shu tapetsiyaning perimetrini toping.
T 10- mavzu. o‘g‘ ri burchakli trapetsiyaning qarama-qarshi burchaklaridan biri ikkin- chisidan 40° ga katta. Shu trapetsiyaning burchaklarini toping.
TENG YONLI TRAPETSIYANING XOSSASI ABCD teng yonli trapetsiyani qaraylik. Bunda AD = a — katta asos, BC = b — kichik asos bo‘lsin. Kichik asosining B uchidan BP balandlik o‘tkazaylik (64- rasm). Balandlikning P asosi AD asosni AP va PD kesmalarga ajratsin. T eorema. Teng yonli trapetsiyaning o‘tmas burchagi uchidan o‘tkazilgan balandlik katta asosini uzunliklari asoslari ayirmasining yarmiga va asoslari yig‘indisi- ning yarmiga teng bo‘laklarga ajratadi, ya’ni: Isbot. C uchidan CFLAD ni o‘tkazamiz. To‘g‘ri burchakli ABP va DCF uchburchaklar teng: AB = DC — shartga ko‘ra, BP = CF esa BC va AD parallel to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofa bo‘lgani uchun. Uchburchaklar tengligidan, AP = FD kelib chiqadi. To‘g‘ri chiziqqa perpendikular ikki to‘g‘ri chiziq o‘zaro parallel bo‘ladi. Parallel to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofa teng bo‘lgani uchun BC = PF = b. Demak, AP = FD = AD-PF = -Li, "" - a-b a+b PD = AD - AP = a Shunday qilib, AP = ■a—b va PD = 22 ekan. Masala.Teng yonli trapetsiyaning asosidagi burchaklari teng ekanini isbot qiling. Yechilishi. Trapetsiyaning B va C uch- laridan AD asosiga perpendikular o‘tkazamiz: BPL AD, CFL AD (64-rasmga q.). To‘g‘ri
burchakli ABP va DCF uchburchaklar (gipotenuza va katetga ko‘ra) teng: AB = DC — shartga ko‘ra, BP = CF esa BC va AD parallel to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofa bo‘lgani uchun. Uchburchaklar tengligidan, ZA = ZD kelib chiqadi. A va B, C va D burchaklar AD va BC parallel to‘g‘ri chiziqlarni, mos ravishda, AB va CD kesuvchilar bilan kesishishidan hosil bo‘lgan ichki bir tomonli burchaklar, shuning uchun ZA + ZB = 180° va ZC +ZD = 180°. Bundan ZB = ZC ekani kelib chiqadi. Shunday qilib, teng yonli trapetsiyaning asosidagi burchaklari teng ekan: ZA = ZD va ZB =ZC. Shuni isbotlash talab qilingan edi. Savol, masala va topshiriqlar 1) Qanday trapetsiya teng yonli trapetsiya deb ataladi?
2) Teng yonli trapetsiyaning o‘tmas burchagi uchidan o‘tkazilgan balandlik qanday xossaga ega? Teng yonli trapetsiyaning qarama-qarshi burchaklari ayirmasi 50° ga teng ekani ma’lum bo‘lsa, uning burchaklari nimaga teng?
Teng yonli trapetsiyaning o‘tkir burchagi 60°, asoslari 15 sm va 49 sm ekani ma’lum. Shu trapetsiyaning perimetrini toping.
Teng yonli trapetsiyaning burchaklaridan biri 60° ga, yon tomoni 24 sm ga, asoslarining yig‘indisi esa 43 sm ga teng. Trapetsiyaning asoslarini toping.
Teng yonli trapetsiyaning o‘tmas burchagi uchidan o‘tkazilgan balandlik katta asosini 6 sm va 30 sm li kesmalarga bo‘ladi. Shu trapetsiyaning asoslarini toping.
Teng yonli uchburchakni asosiga parallel to‘g‘ri chiziq bilan kesganda, teng yonli trapetsiya hosil bo‘lishini isbotlang.
Teng yonli trapetsiyaning burchaklaridan biri 105° ga teng. Shu trapetsiyaning qolgan burchaklarini toping.