1-3- kurs talabalarining jismoniy tarbiaya darsining pedagogik nazorat qilish mundarij a: kirish



Download 208,5 Kb.
bet10/15
Sana23.02.2022
Hajmi208,5 Kb.
#157922
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-3- KURS TALABALARINING JISMONIY TARBIAYA DARSINING PEDAGOGIK NAZORAT QILISH

Insonning kuch va qobiliyatlarini tahlil etganda, u uchga bo‘linadi: jismoniy, aqliy va axloqiy. Shunga binoan insonning bu kuch-qobiliyatlarining taraqqiysi yuksalishini ta’min etadigan tarbiya ham uch qismga ajraladi: bular badan tarbiyasi, aql tarbiyasi, axloq tarbiyasidir.
Badan tarbiyasi inson hayotida katta ahamiyatga ega. Birinchidan, hayotda har kimning mukammal sog‘-salomatlikka, kuch-quvvatli badanga ega bo‘lish ehtiyoji bor. Ikkinchidan, badan sog‘lig‘i fikr va axloqning ham sog‘lig‘ini ta’min etadi. Quvvatli badanning fikr va axloq uzra ta’siri oshkordir.
Fikr va ahloq bilan mijoz va sog‘lomlik uzviy bog‘liq.
Badan tarbiyasining maqsadi har tomonlama jismonan chiniqqan, sof fikrli, mard, sabotli, qat’iyatli, Vatanni himoya qila oladigan shaxslarni kamol toptirishdan iborat.
O’quvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi. Birinchi vazifa — sog‘liqni mustahkamlash, tana a’zolarini chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanish hamda uning ishlash qobiliyatining oshishiga ta’sir etishdir.
Maktab yoshidagi bolalarning qaddi-qomatini to‘g‘ri-mutanosib shakllantirish, suyak-bo‘g‘inlarni va muskullarni uyg‘unlashgan tarzda rivojlantirish, yurak-tomir hamda nafas olish a’zolarining asab tolalari majmuasini mustahkamlashtirish muhim. Tana-a’zolarining mo‘‘tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino:
«Badan tarbiya — sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», deydiki, bu fikr: «Kimki qilsa harakat — sog‘ligida barakat bo‘ladi» degan naqlni eslatadi.
Qadimda xalqimiz badan tarbiyani riyozat deb atashgan. Abu Ali ibn Sino «Tibbiy doston» («Urjuza») asarida riyozat — badan tarbiyasi haqida to‘xtalib, uning bir necha xillari bo‘lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o‘rtacha shug‘ullanish sog‘liqqa foydali ekanligini bunday ta’riflaydi:
Bilsang riyozat turlari necha-necha
Sharofatli bo‘lur esa u o‘rtacha1.
To‘g‘ri va mo‘‘tadil bo‘lib o‘sgay badan,
Kir-chir ila chiqindidan qutular tan.»
Olim yana, jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xulqlarning yig‘ilishiga sabab bo‘lishini alohida uqtirib bunday deb yozadi:
«Riyozatsiz yotishdan ko‘p topma rohat,
Bu rohatdan topolmassan hech manfaat.
Jim yotsang iflos xult-la to‘lar badan,
G’izocha hech hozirlanmas biror maskan».
Bu o‘rinda Ibn Sino badan tarbiyani og‘ir yo yengilini emas, o‘rtachasini tanla demoqchi.
Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksiz ekanligini D. Adisson bunday tasvirlaydi: «Mutolaa aql uchun qancha zarur bo‘lsa, jismoniy mashqlar ham badan uchun shuncha zarur.»
Suqrot hakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila men badanimning muvozanatini to‘g‘rilab olaman».
Olim Ivan Pavlov ta’kidlaganidek bosh miya po‘stlog‘ini «kuchaytirish va mustahkamlash» yo‘li bilan asab jarayonlarining faolligini yanada oshirish mumkin.
Abu Ali ibn Sino jismoniy barkamol inson tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi. U axloq qoidalarini egallashga, insonning axloqiy munosabatlarini rivojlantirishga yordam beradigan tadbir orqali ta’lim va tarbiyani izchil amalga oshirish mumkinligini aytadi. U inson yoshligidan o‘sib borishi bilan ta’lim va tarbiya vazifalari ham o‘zgarib borishini ta’kidladi.
Ibn Sinoning ta’kidlashicha, bola tug‘ilganidan boshlab oyoqqa turguncha ma’lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim.
Bu tartib o‘z vaqtida:

  • ovqatlantirish,

  • cho‘miltirish,

  • uxlatish,

  • yo‘rgaklash kabi tartiblardan iborat. Bularni ham ma’lum qoidalar asosida amalga oshirish darkor. Bolaning tabiatini mustahkamlashdagi muhim vositalar asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat bo‘lib, ular tartib bilan amalga oshirilsa, bola yaxshi uxlaydi. Bolalarning o‘spirinlikka o‘tish davri tarbiyasi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu davrda ularda xulq-atvor shakllanadi. Ibn Sinoning fikricha, bola xulqini mo‘‘tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Bundan ikki manfaat bor:

  • Birinchisi - bolaning ruhi uchun bo‘lib, u yoshliqdan boshlab yaxshi xulqli bo‘lib o‘sadi va keyinchalik bu unga ajralmas malaka bo‘lib qoladi.

  • Ikkinchisi - uning badani uchundir, chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlaridan bo‘ladi.

Ibn Sino bolada axloqiy xislatlarni mehnat, jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni bolani haqiqiy inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Ibn Sinoning fikricha, bolaning tarbiyasi - bu izchil va asta-sekin amalga oshiriladigan tartibdan iboratdir.
Ibn Sino birinchi bo‘lib jismoniy tarbiyaning ilmiy-pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi. Jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog‘ligini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan asosladi. Bolaga ham hali u tug‘ilmasdan turib g‘amxo‘rlik qilish, go‘daklik davridan boshlab tarbiyani boshlash zarurligini ta’kidlaydi. «Bolaning yetuk inson bo‘lib shakllanishida unga g‘amxo‘rlik, poklik, mas’uliyatni his etish, do‘stona munosabatlar tuyg‘usini singdirib borish zarur», deydi olim “Tib qonunlari” asarida. Ayniqsa, inson salomatligini saqlashni faoliyatning boshqa barcha tomonlari bilan bog‘lab olib borish g‘oyasini ilgari surdi.
Jismoniy tarbiyani ilmiy asosda tashkil etish inson organizmining rivojlanishini, uni tashqi muhit bilan bog‘liqligini, yoshining turli bosqichlarida potentsial va moslashuvchanlik imkoniyatlarini bilishni taqozo etadi.
Ibn Sino odam yoshini to‘rt qismga bo‘ladi:
1. O’sish yoshi, bunga o‘smirlik ham kiradi, bu 30 yoshgacha davom etadi.
2. O’sishdan to‘xtash yoshi, bu 30 dan 40 yoshgacha bo‘lgan davr.
3. Cho‘kish yoshi, bu o‘rtacha yoshdagi odamlarga mansub bo‘lib, 60 yoshgacha davom etadi.
4. Kuchsizlanish yoshi: bu umr oxirigacha cho‘ziladigan qariyalarning yoshidir.
Ibn Sino odamlar yoshini to‘rt qismga bo‘lish bilan qanoatlanmay, shu yosh uchun badantarbiya mashqlarining tasnifini (klassifikatsiya) qoldirgan.

Download 208,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish