1-3- kurs talabalarining jismoniy tarbiaya darsining pedagogik nazorat qilish mundarij a: kirish



Download 208,5 Kb.
bet8/15
Sana23.02.2022
Hajmi208,5 Kb.
#157922
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
1-3- KURS TALABALARINING JISMONIY TARBIAYA DARSINING PEDAGOGIK NAZORAT QILISH

Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon bo‘lib, yosh avlodning sog‘ligi, jismonan yetuk, ijtimoiy faol, axloqan sog‘lom o‘suvchi avlodni shakllantirishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bir tarbiyaviy vositadir.
Jismoniy tarbiya jarayonida organizm funktsional va morfologik takomillashtiriladi, harakat ko‘nikmalari, jismoniy harakat sifatlari: epchillik, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamkorlik maxsus bilim bilan shakllanadi.
Jismoniy madaniyat — yangi jamiyat quruvchilarining yetuk shaxslarini har tomonlama tarbiyalashda jismoniy tarbiya vositalari bilan birga sport va madaniyatning maxsus vosita va uslublarini aniq maqsadga yo‘naltirish orqali insonni jismoniy takomillashtirishni o‘z ichiga oladigan maxsus tadbirlar majmuasidir.
Uning asosiy vazifasi – inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat holatining asosiy ko‘rsatkichlari: odamlarning sog‘lomligi va jismonan chiniqqanligi, jismoniy madaniyatning tarbiya va ta’lim sohasida, ishlab chiqarishda, turmushda qay darajada tatbiq etilayotganligi, sportdagi yutuqlar va hokazolar.
Jismoniy madaniyat xalq o‘yinlari, jismoniy mashqlar, sportni va turizmning faol harakat talab qiladigan ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy madaniyat tibbiyot, ekologiya, pedagogika, psixologiya kabi fanlar bilan bog‘liq holda shallangan va rivojlangan. U jamiyat taraqqiyoti, odamlarning samarali mehnat qilishi, aqliy imkoniyatlarning ravnaq topishi, axloqiy poklanish, kelajak nasllarning jismoniy ahvoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi.
Jismoniy madaniyat — umumiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, uning taraqqiyot darajasi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga bog‘liqdir.
Jismoniy taraqqiyot — inson organizmining o‘sishi bilan, uning shakl o‘zgarishi va davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayondir.
Jismoniy taraqqiyot ob’ektiv biologik qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Bu qonunlardan asosiysi organizm va muhit taraqqiyotining birlik qonunidir.
Sport—madaniyat shakli, jamiyat madaniy faoliyatining bir turi. Sport jismoniy taraqqiyot va inson qobiliyati bilan bog‘liq boshqa xususiyatlarni ham ta’minlaydi.
Ibtidoiy davrdan boshlab jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli o‘yinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga o‘xshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud bo‘lgan, turli marosimlarni aks ettirgan.
Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga o‘rgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uyg‘onish davrida jismoniy tarbiyaga e’tibor yanada kuchaydi. Gumanistlar jismoniy tarbiyani o‘quv dasturiga kiritishga uringanlar.
Jismoniy tarbiyaga O’rta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida qarala boshlandi. Jan Jak Russo “Emil yoki Tarbiya to‘g‘risida” deb atalgan pedagogik risolasida jismoniy tarbiyaning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini ta’kidlagan. 18 asrlarda asosan Russo g‘oyalari ta’sirida Germaniyada paydo bo‘lgan “insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari” – filontropinlar jismoniy tarbiyaning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam o‘rin oladi. 19 asr oxiri va 20 asr boshida Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda jismoniy tarbiyaning miliy tizimlari tarkib topdi.
O’zbekistonda mustaqillik yillariga kelib, jismoniy tarbiya va sport davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 1992 yilda (2000 yilda esa yangi tahrirda) “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi, 1993 yilda Sog‘lom avlod davlat dasturining ishlab chiqilishi, Vazirlar mahkamasining sportning alohida turlarini rivojlantirishga oid va nihoyat 1999 yilda “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2002 yil “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyatini tashkil etilishi, 2010 yilda «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslarini yaratdi.
Jismoniy madaniyat va sportning asosiy vazifalari. Jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama rivojlantirish birmuncha murakkab va qiyin, ko‘p qirrali vazifa bo‘lib, jamiyat taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Jismoniy tarbiya axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liqdir.
Sport musobaqalari, bellashuvlar paytida sportchida halollik, ulug‘vorlik, raqibiga nisbatan hurmat va boshqa axloqiy fazilatlar tarbiyalanib boradi.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanish aqliy rivojlanishga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan aqliy aloqalar bir-biriga bevosita bog‘liqdir.
Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanish ma’lum miqdorda hissiyot organlari ko‘nikmalarini takomillashtirishda, ayniqsa mushaklar harakati, ko‘rish, sezish, idrok qilishga yaxshi zamin yaratadi.
Mehnat tarbiyasi, mehnat ko‘nikmalarini egallash orqali, ya’ni mashg‘ulotlarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun gigiena sharoitlarini yaratish, sport buyumlari va uskunalarini jihozlash, tozalash va joylashtirishda ishtirok etish, sport maydonchalarini obodonlashtirish singari umumiy foydali mehnat jarayonida jismoniy tarbiya yoki sport bilan shug‘ullanuvchilar jismoniy mashqlarni bir necha marotaba takrorlasa yoki uning alohida qismlarini yod olsa, o‘zini mehnatsevar qilib tayyorlaydi.
Jismoniy tarbiyaning har qanday maxsus vazifalarini hal etishda albatta sog‘lmlashtirish afzalligiga e’tibor berish kerak. Jismoniy tarbiya vositalarini tanlashda va jismoniy chiniqish tadbirlari sog‘lomlashtirishga qaratilgan jarayon bilan birga qo‘shib olib boriladi.
Jismoniy tarbiya va sport – xalqlar o‘rtasida hamkorlik, tinchlik va do‘stlikni mustahkamlaydigan vositadir.
Bizning mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportning milliy turlarini rivojlantirishda, mashg‘ulotlarni o‘z ona tilida o‘tkazishda, milliy kadrlarni ko‘plab tayyorlashda sportning milliy turlari hal qiluvchi vosita hisoblanadi.
Kelajak avlodni ob’ektiv qonuniyatlar asosida jismoniy madaniyat usullari orqali baynalminal ruhda tarbiyalash – sportning milliy turlarini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro sport aloqalari, boshqa davlat vakillariga nisbatan hurmat, ularning urf-odatlari bilan yaqindan tanishish, kishilar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik his-tuyg‘ularini tarbiyalaydi.
Shunday qilib, jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport kishilarni birlashtirish, tinchlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida va o‘zaro bir-birini tushunish vaziyatini yaratishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishimizning keyingi bandida Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi pedagogik g‘oyalari haqida fikr yuritamiz.



Download 208,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish