Pedagogikaning metodologik asosi yosh avlodni tarbiyalash an’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o‘qitish va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-qoidalarini,qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglarning ta’lim-tarbiya, ma’rifatga doir g'oyalarini va ularning rivijlanishini mukammal o‘rganadigan fandir. Zamonaviy Pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib tarbiya- lashdek muhim masalalami hal qilishi lozim. Pedagogika insonshunoslik fani bo`lib, jamiyat va shaxs muno- sabatlarini tizimlashtiradigan tarbiya va taiim muammolarini o‘rganadi. Unda hozirgi zamon fani va metodologiyasining quyidagi umumiy masalalari yoritiladi: - fan tarixi va taraqqiyoti; - fan haqidagi asosiy konsepsiyalar; - hozirgi zamon fanidagi asosiy dolzarb muammolar. Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg’onish dav- ri)da yashab ijod etgan Al-Buxoriy, At- Termiziy, Abu Nasir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy.Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek, Mir-Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk daholar, XIX asming oxiri XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namoyondalaridan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Saidahmad Siddiqiylar, Ovro`pa davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, I.G. Pestolotsi, Adol’f Disterveg. К D Ushinskiy, A.S. Makarenko, J. Lokk, Jon Dyui, Edvard Torndayk, S.T. Shaskiy, B.Blumlar ulkan hissa*qo’shdilar. Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim- tarbiyaning maqsad va vazifalari, ulaming mazmuni, usullari ham da tashkil etish shakllari haqidagi fanga aylandi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Har bir fanning mazmun va mohiyatidan kelib chiqadigan, uning asosiy tomonlarini yoritishga xizmat qiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy tushunchalari bo`ladi. Xuddi shuningdek, pedagogika fanining ham asosiy kategoriyalari mavjud. Kategoriya - (yunoncha: kategoriya - «ko‘rsatma», «dalil», «tushuncha») pedagogikada pedagogik jarayonlar xususiyatlarini, mohiyat-mazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa o‘rtasidagi, ta’lim va tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik, iqtisodiy-ekologik va h.k., munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi asosida paydo bo ldi. Kategoriyalar orqali inson borliqni, tavarak-atrofni, ijtimoiy hayotda sodir boiayotgan voqea- hodisalami o‘rganadi. Shulardan biri va asosiysi sifatida «Pedagogika» atamasidir. («Pein» - bola va «agogein» - yetaklamoq degan ma’noni bildiruvchi yunoncha «paydagogos» so'zlaridan paydo boigan). Buning izohi quyidagicha: Eramizdan oldingi III-I asrlarda qadimgi Yunonistonda quldorlaming bolasini ovqatlantiradigan, sayrga olib boradigan, tabiat qo‘ynida o'ynatuvchi tarbiyachi qullami «pedagog» dab atashgan. Bugungi kunga kelib «pedagog» so‘zi keng qamrovli, yangicha ma’no kasb etgan.
Pedagogikaning yana bir muhim tushunchalaridan biri - «Didaktika» so'zidir. Qadimgi Yunonistonda quldorning bolasiga maktabda ta’lim beruvchi kishini «Didaskal» deb atashgan. «Didaktika» - yunoncha «didaktikos» so‘zidan olingan bo'lib, «o'qitish», «о‘гgatish», «bilim berish» ma’nolarini anglatadi. Qadimgi yunonlar o'qitish faoliyatiga nisbatan «didasko», o'qituvchi o'mida «didaskal», o'quvchiga nisbatan «didaskale» atamalarini ishlatishgan. Ammo «didaktika» termini o'zining dastlabki ma’nosidan ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchalaming hajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan boiib, u faqat o'qituvchining faoliyatini emas, shu bilan biiga o'quvchining faoliyatini ham o'z ichiga qamrab olgan Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga taiim, tarbiya, ma’lu- mot, rivojlanish, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, bilish, o'rgatish, taiim-tarbiya metodlari, prinsiplari va boshqalar kiradi. Biz ularni pedagogik tushunchalar ham deb ataymiz. Tarbiya - tarbiyachi o'zi xohlagan sifatlami tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ulaming ruhiyatiga maium maqsadga ko'ra tizimli ta’sir ko'rsatishiga aytiladi. Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud. Tarbiyani kattalar (o'qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar)ning bolalarga ta’sir ko'rsatish jarayoni sifatida tushunish eng ko’p tarqalgan tendensiyadir. Bu o'rinda kattalar to’g’ri deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar, normalar va talablarga muvofiq tarzda ta’sir ko'rsatish ko'zda tutiladi, albatta. Tarbiyani bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tomonlama xususiyatga ega bo’ilib, mazkur jarayonning faqat muayyan qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga bunday ta’rif berishda bolaga kattalaming ta’siri yo’naltirilgan obyekt sifatidagina qaraladi. Pedagogika ham tashabbuskor va mustaqil shaxslami tarbiyalashni nazarda tutadigan boisa, u tarbiyalanuvchiga pedagogika jarayoni da faol harakat qiluvchi subyekt rolini beradi. Shaxsning o'zi, o'z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilish orqali hosil boigan obraz - «Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini belgilaydi va barkamollik mezonlari boiib hisoblanadi. «Men»-obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va uning tarbiyalanganlik darajasi omillaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, «...tarbiyani shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to’g‘risidagi tasawurlarining shakl- lanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin». Demak, har bir inson o'zini, o‘zligini qanchalik aniq va to’g’ri anglasa, tasawur qilsa, unda jamiyatning axloq normalariga zid harakat qilish ehti- moli ham shunchalik kamayadi. Abdulla Avloniy o'zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asa- rida inson kamolotida tarbiyaning o‘mini alohida ta’kidlab, «Ja- nobi haq insonlarning asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo’ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go‘zal xulqlaiga odatlanib katta bo’lsa, baxtiyor bir inson bo‘lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o’ssa, nasihatni qulog‘iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoi odam bo'lib chiqadi»-deb ta’kidlaydi. Shunday ekan, bugungi kunda pedagogik nazariya va amaliyot muammolarini tadqiq qilish va echimini topishda pedagogik diagnostika hamda korreksiya muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkazila- digan o‘quvchilami bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollan- tiradigan bilim qobiliyatlarini o’stiradigan, ulaming dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |