Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtiril- gan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Pedagogik faoiiyat - estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy kabi maqsadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o’ylab ko‘rilgan, katta yoshdagilaming ijtimoiy zarur bo’lgan mehnatining o‘ziga xos turidir.
Pedagogik jarayon - ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta’sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitiigan hamda tarbiyachining yo’naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida bolaning o‘z-o‘zini taraqqiy ettirishidir. 1 Har qanday fan ham yakka holda o'zi mukammalikka erisha olmaydi. U boshqa faniar bilan aloqada, ulaming yutuqlaridan foy- dalangan holda mazmunan boyib boradi. Xuddi shuningdek, peda gogika fani ham hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqidagi ma’lumotlaiga tayanadi. U tabiat va jamiyat rivojlanihsi qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi, o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib, insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. U falsafa, tarix, iqtisod, psixo- logiya, etika va estetika, biologiya va madaniyatshunoslik, siyosat- shunoslik va boshqa faniar bilan uzviy aloqadadir. Har bir yurtning fuqarosi boimish o'qituvchi-tarbiyachi va o'quvchi yoshlar o'z ona yurti tarixini bilishlari, vatanparvar bo‘- lishlari lozim. Ta'lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan ha- bardor bo'lmay turib, o'qituvchilik qilish mumkin emas. O'qituvchi o'quvchilarga bilim berish, ma’lumotli qilish, tar- biylash maqsadida unga tizimli ta’sir ko'rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya’ni ta’sirning samarasini bilish uchun o'quvchining sezgi, idroki.tasawur, diqqat va tafakkur fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta’sir ko'rsatish rejasini belgilaydi. Ayniqsa, yosh davrlari psixologiyasini o‘qituvchi chuqur bilishi talab etiladi. Buni yaxshi bilgan o'qituvchi esa har bir bolaning yosh va individual hususiyatlarini hisobga olgan holda bolaga yondashadi va unga samarali ta’sir ko‘rsata oladi. Ma’lum ma’noda o‘qituvchilarga xizmat qiladigan psixolo- giya turkumidagi fanlarni ham pedagogika fanlari tizimiga kiritish mumkin. Falsafa pedagogika fani uchun metodologik asos boiib xizmat qiladi. Falsafa pedagogikani ilmiy uslublar bilan qurollantiradi, taiim va tarbiyaning obyektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba boiadi. Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo‘- limi bo'yicha maiumot beradi. Bu fan o‘quvchining xulqi, odobi me’yoriarini aniqlash, belgilash hamda go'zallikni chin ma’noda tushuntirish, o‘quvchi ongida hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita rag‘bat uyg‘otish borasida pedagogika fani bilan aloqa- dordir.Fanlarni o'qitish yoilari didaktikaga aloqador, chunki har qanday fanni o‘qitish usuli shu fanning mazmuni, tizimini o‘quv- chilar tomonidan o‘zlashtirilib olinishiga xizmat qiladi. Demak, pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va pediatriya kabi faniar bilan ham mustahkam aloqada, bu faniar bir-biriga chambarchas bogiiqdir. Turli sohada bilim oluvchi o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiya- lashning nazariy hamda amaliy tomonlarini pedagogika fani tar- moqlari yoritib beradi. Pedagogikaning quyidagi tarmoqlari mavjud: - umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o‘quvchilami tar biyalash va o‘qitish haqida); - maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalami tarbiyalash bilan shug‘ullanadi); madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma’rifiy ishlami boshqarish muammolarini o‘rganadi); - kasb-hunar ta’limi pedagogikasi; - harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o'quvchilarini vata- nimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun yetuk kurashchi, har biy qurol-yaroqlardan samarali foydalana oladigan yoshlarni tar biyalash yo‘nalishi); - oila pedagogikasi; - maxsus pedagogika (oligofreno-aqli zaiflarga, tiflo-ko‘zi ojiz bolalarga tarbiya berish), metodika.
Zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslami bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bar- dosh bera oladigan, yukasak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilishi lozim.
Rpasm. Pedagogika fanlar tizimining maxsus tarmoqlari
Do'stlaringiz bilan baham: |