(12-rasm) (13-rasm)
(14-rasm)
Egri chiziqning nuqtalari to‘plamini proyeksiyalar tekiligiga S markaz orqali proyeksiyalansa, uning proyeksiyasi mP egri chiziq hosil bo‘ladi. U holda S markazdan o‘tuvchi proyeksiyalovchi nurlar to‘plami konus sirtini hosil qiladi. Markaziy proyeksiyalashda proyeksiyalash markazi va buyumning proyeksiyasiga qarab uning fazodagi vaziyatini aniqlab bo‘lmaydi. Chizma geometriya — bu grafik tasvirlash fani bo‘lib, u proyeksiyalash usuliga asoslangan holda, fazoviy shakllarni ularning bir-biriga bo‘lgan vaziyatlarini va fazoviy yechimlarini tekislikda tasvirlar orqali o'rganadi........................................................................ .......Chizma geometriya boshqa geometriyalardan asosan tasvirlash usuli bilan farq qiladi va boshqa fanlar qatori matematika bilan ham uzviy bog'langandir. Chunki, analitik geometriyada metrik va fazitsion masalalar analitik usulda yechilsa, chizma geometriyada grafik usulda bajariladi. Chizmalar orqali jismlarning fazodagi shaklini tasavvur qilish va o ‘lchamlarini aniqlash mumkin............ Chizma geometriya fanining yana bir xususiyati shundaki, bo'lajak muhandis, arxitektor, konstruktor va dizaynerlarning fazoviy tasavvurini kengaytiradi, ularni ijodiy fikrlashga, yangiyangi modellarni, loyihalarni, konstruksiyalarni yaratishga undaydi, ular o'zining ijodiy fikrlarini chizmalar yordamida bayon etadilar. Shunday qilib, chizma geometriya qonunlari asosida faqat bor narsalarni emas, balki tasawur qilingan bo‘lajak loyihalarni ham tasvirlash mumkin, bu esa olamshumul yangiliklar yaratish imkonini beradi. Tarixga nazar tashlansa, narsalarni tasvirlash kishilar hayotida juda qadimdan paydo bo'lgan. ..........Chizmalarning rivojlanishi tasvirlar chizishdan boshlangan bo‘lib, kishilar hali yozishni bilmaganlari holda, o‘zlari ko'rgan narsalarning tasvirini qoyalar, tog‘ devorlarga va boshqa joylarga tirnab, o ‘yib ishlaganlar. Ana shu oddiy rasmlarnitasvirlash asosida birinchi ieroglif yozuvlar kelib chiqqan. Bunday tasvirlar Xitoy, Misr, 0’rta Osiyo va boshqa joylarda ko'p uchraydi. Bu kabi grafik uculda, yani tekislikda shartli belgilarni tasvirlash va undan foydalanish g’oyalari insoniyat rivojlanishida ko‘p asrlik tarixga ega.
O'rta Osiyo olimlaridan Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniylar o'z ilmiy ishlarida proyeksiyalar usulini tatbiq etib, chizmalar chizganlar. Foydalangan asboblari ham chizmalar asosida yaratilgan. Abu Ali ibn Sino tibbiyot fanidan tashqari, o'z ilmiy-amaliy faoliyatida tasvirlar chizish nazariyasini yaratib, ancha yuqori darajadagi chizma-Iarni amalda tatbiq qilgan. Grafik tasvirlash usullarining yanada rivojlanishi uyg'onish davriga to'g'ri keladi. Italyan olimi va rassomi Leonardo da Vinchi chizma geometriyaga tegishli bo'lgan perspektiva nazariyasiga katta hissa qo'shdi.XVIII asr oxirlarida fransuz muhandisi va matematigi Gaspar Monj proyeksion tasvirlar tuzish bo'yicha to'plagan tajribalarini umumlashtirdi va ilmiy asosladi. U 1798-yilda Chizma geometriya≫ kitobini yozib, unda birinchi marta o'zaro perpendikular tekisliklarga to'g'ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash usulini qo'lladi. Bu usul hozirgacha Monj usuli≫ deb yuritilib kelinmoqda. XIX asrda proyeksion tasvirlash usullarini yanada rivojlantirishda rus olimlaridan Y.A.Sevostyanov, N.I. Makarov,V.I. Kurdyumovlar katta hissa qo'shdilar. 1821-yilda Y.A Sevostyanov tomonidan birinchi marta rus tilida chizma geometriya darsligi nashrdan chiqarildi. Respublikamizda chizmachilik va chizma geometriya fanini rivojlantirishda Y. Qirg'izboyev, R. Xorunov va yana boshqa ko'pgina olimlar katta hissa qo'shdilar. Ular 1959—1961 -yillarda birinchi marta o'zbek tilida chizma geometriyadan qo'llanma va darsliklar yaratdilar. Hayotdagi barcha narsa (buyum)lar, jismlar chizma geometriya nuqtayi nazaridan geometrik jismlardan tashkil topgan, geometrik jismlar esa, geometrik. element (nuqta,to'g'ri chiziq va tekislik) lardan iborat deb qaraladi..
XULOSA.
Xulosa qilib aytganda men o`zimga topshirilgan kursishida buyuk allomalarimizning jahon ilm- fan taraqqiyotigha qanchalik yuksak hissa qo`shganligi bilib oldim va buni taqdimot qilish jarayonida talabalargaham yoritib beraman. Hozirgi vaqtda eng tashvishli masalalardan biri talabga javob bermaydigan darajada oqiydigan o„quvchilarning ko`pchilikni tashkil qilishi. Sababini aniqlash muhim masala hisoblanadi.Bolalarning o`tish yoshi eng qiyin davr hisoblanadi.
O`qituvchilar o`z o`quvchilarining shu davrdagi o„ziga hos o`zgarishlarini hisobga olmasliklari natijasining mahsulidir Amerikalik psixolog Stenli Holl (1884-1923) ta‟biri bilan aytganda bolaning ichki va tashqi nizolarining kuchaygan davri bo`lib, “individual hissi” paydo bo`ladi.
Amerika psixologi Erik Erikson (1902-1982) bolaning o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishish yo„lida ishbilarmonlik va juda ta‟sirchanlik paydo bo`ladi. Bu yoshda mehnatga bo„lgan munosabatiga asos solinadi. Bolalardagi ta‟sirchanlik ijtimoiy omil va tarbiyalanish sharoitiga, shaxsning individualligiga bog`liq bo`lib, “men” degan qarama-qarshilik da‟volari bola shaxsining hissiyotiga katta ta`sir ko„rsatadi Bu yoshda bolalarda hayolparastlik davri boshlanadi.Tevarak atrofni o`rab turgan turli hodisalarga javob topishga intiladi. Oz ichki dunyosini qondirish maqsadida har xil gipotezalar tuzadi, ozining psixik holatini zezmaydi. Agarda bola xafa bo`lsa, u atrofdagi muhitni sabab qilib ko„rsatishga urinadi.O`quvchilarning o`tish yoshidagi har xil “qiliqlarini” hisobga olib, o`qitish tashkil qilinsa, uning samaradorligi oshishiga sababchi bo„linadi. O`quvchilarning psixik o`zgarishlariga mos keladigan didaktik metodlar tatbiq qilib yangi natijalarga erishish mumkin. Mеn o`zimning yozgan kurs ishimda o`quvchilar bilimini baholashhaqidagi umumiy tushunchalarni bayon etdim, loyiha ishlash usullarini misollar kеltirish bilan yoritdim. Shu bilan birga chizmalarga doir bir nеchta misollarni ko`rsatdim. Mеn o`z yozgan kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimgaerishdim deb o'ylayman
Do'stlaringiz bilan baham: |