1- zal chor Rossiyasi Bosqini davri (1968-1920 yillar)


Musa Saidjonovning egallagan lavozimlari



Download 75,59 Mb.
bet4/7
Sana21.06.2022
Hajmi75,59 Mb.
#689699
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11музейнинг 3 та залнинг тарихи

Musa Saidjonovning egallagan lavozimlari:
Oziq-ovqat noziri 1920 yil sentyabr -1921 yil mart
Iqtisodiyot noziri muovini 1921 yil mart - avgust
Davlat nazorati noziri 1921 yil oktyabr -1922 yil yanvar
CHK (Favqulodda komissiya) raisi 1921 yil avgust - sentyabr
Moliya noziri 1922 yil fevral -aprel
Xalq Xo‘jalik Oliy Kengashi raisi muovini 1922 yil oktyabr - 1923
Maorif noziri 1923 yil iyun -1924 lavozimlarida mehnat qilgan.



Mazkur ekspozitsiyada Qatag‘on bo‘lgan Burxonovlar sulolasini ko‘rishingiz mumkin. Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burxonov (1916 y 5 may- 2002 y 15 iyun).1916 yil 5 mayda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Oilada besh farzand bo‘lgan. Minhojiddin va Misbohiddin ismli akalari, Mohida va Fotima ismli opalari bo‘lgan. Otasi madrasada matematika fanidan saboq bo‘lgan. Mutal Burxonovning amakilari Mazxariddin, Mukammil, Muxammir Burxonovlarning sur’atlarini ko‘rish mumkin. Bu insonlarning xammasi qatag‘on bo‘lgan.
2016 yil 6 may kuni O‘zbekiston bo‘ylab Burhonov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi. 2018 yil Buxoro shahrining Bahouddin Naqshband ko‘chasida Burhonovning uy-muzeyi ochildi.
Mutal Burxonovning mukofotlari: 1964 yil Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti, 1964 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, 1970 yil Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti, 1974 yil O‘zbekiston xalq artisti, 1994 yil "SHuhrat" medali, 1996 yil O‘zbekiston Respublikasining faxriy yorlig‘i, 1998 yil "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni, 2001 yil "El-yurt hurmati" ordeni




Ular Germaniyada o‘qigan edilar.
O‘zbek ilmiy komissiyasi yig‘ilishida Turkiston Maorif komissarligidan Turkistonning eng qobiliyatli yoshlardan hech bo‘lmasa 10 nafarini xorijga o‘qishga masalasini hukumat oldiga qo‘yish taklif qilindi. Xorijga talabalar yuborish harakati keyinroq Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) rahbarlari Fayzulla Xo‘jaev, maorif noziri Fitrat tomonidan yanada kengroq qo‘yila boshlandi. SHunday qilib, Turkiston va Buxorodan 1922 yil oxirlarida 70 dan ortiq turli yoshdagi mahalliy yosh yigit va qizlar Germaniyaning turli shaharlaridagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga qishloq xo‘jaligi, tekstil sanoati, kimyo, elektrotexnika, konchilik, falsafa, pedagogika, tibbiyot va boshqa muhim sohalar bo‘yicha o‘qishga yuborildi. Germaniyaga BXSR hukumati homiyligida borganlarning 16 tasi Turkistondan, 56 tasi Buxorodan, 2 nafari Xorazmdan edi. SHubhasiz, bu yoshlar vatanga qaytgach har qancha qiyinchilik va ta’qiblarga qaramay Turkistonning har jihatdan rivojiga o‘z hissalarini qo‘sha olganlar.Ekspozitsiyalarda siz ularning suratlarini ko‘rib turibsiz. Ular orasida Usmon Omin, Raxmatjon Avezjonov, Muxammadjon Avezjonov, Alouddin Isomiddin Hamidovich, Hamro Abdullaev, Bahouddin Aminjonov, Aziz Xodjaev, Bade’ Abdullo Mahmudovich shular jumlasidandir. Germaniyada o‘qigan yoshlar to‘g‘risida yozilgan kitoblar xam ekspozitsiyadan o‘rin olgan.
Usmon Omonov 1910 yil Buxoro shahrida dunyoga kelgan. Otasi Qosim Omon o‘g‘li avval Amirning kotibi va qorovulbegi lavozimlarida, hamda SHahrisabz begi saroyida ishlagan. Qosim 1918 yil "YOsh buxoroliklar" partiyasi a’zolikda ayblanib SHahrisabzda qatl etilishi ortidan endigina 8 yoshga kirgan Usmonni bobosi Buxoroga olib kelgan. 1920 yil Buxoroda amir saltanati ag‘darilib, Buxoro Xalq Respublikasi (BXSR) tashkil etildi. Usmon ham boshqa shahidlarning farzandlari qatorida "Avlodi shuhado" internat-maktabiga kirib o‘qiy boshlaydi.1922 yilda BXSR hukumati Evropa ilm-fani yutuqlarini o‘rganish maqsadida oltmishdan ortiq yoshlarni Germaniyaga tahsil olish uchun yo‘llar ekan, ular orasida 12 yoshli Usmon ham bor edi. Usmon o‘z guruhi bilan Buxorodan Moskvaga, undan Leningradga borib, dengiz orqali Germaniyaning poytaxti Berlin shahriga etib keldi. Bu erda yoshlar bir muddat iqlimga moslashtirilgach, yoshi va qiziqishlariga qarab turli shaharlarga taqsimlandi. Germaniyada o‘tkazgan bolaligi, nemis tilini mukammal bilishi va undan dars berishi oxiri Usmon hayotidagi yutuq emas, balki qora tamg‘aga aylandi. 1938 yil yanvarida Ichki ishlar xalq komissarligi (IIXK)ning Samarqand boshqarmasi Abdulla Bade’ ishi doirasida Buxoro pedagogika instituti o‘qituvchisi Usmon Qosimovich Omonovni 1936 yildan Buxoroda Germaniyaning maxfiy Gestapo agentligiga xizmat qiluvchi terrorchilik tashkiloti a’zosi degan ayblov bilan qamoqqa olishga qaror qildi. SHu kuni order berilib, Buxoro shahrining Registon maydonida joylashgan nashriyotga tegishli yotoqxonasida tintuv o‘tkazildi. Uning shaxsiy anketasida qarindoshlari sifatida opasi - 33 yoshli Mutara Qosimovna Omonova va pochchasi - Kogon militsiyasi xodimi, 36 yoshli Fayzulla Qosimovlarning nomlari keltirilgan.Bu vaqtda Usmon endi 28 yoshga to‘lgandi. U 1938 yilning 15-28 yanvar kunlari davom etgan dahshatli qiynoqlar asosida avvaldan tayyorlab qo‘yilgan bir nechta iqrornomalarga imzo chekdi. 1938 yil dekabrida esa O‘zSSR IIXK Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sergey Kalmыkov Usmon Omonni 1925 yildan "Ozod Turkiston" a’zosi, 1926 yil Vatanga josus sifatida qaytgan, 1936 yildan Buxorodagi Gestapo vakili Hamro Abdullaevga xizmat qilgan deya ayblovlar bilan qaror chiqardi. Ikki yillik tergovlardan so‘ng 1940 yil 13 fevralda Usmon Omon ishi SSSR IIXK qoshidagi "uchlik" tomonidan ko‘rilib, u sakkiz yilga Magadandagi mehnat tuzatish lageriga yuborildi. 1958 yil 2 iyun kuni Usmon Omon qayta so‘roqqa chaqirildi. U bu vaqtda Buxoro shahri, Krasina ko‘chasi, 14 uyda yashab, hamon pasport ololmagandi. 1958 yil 4 avgust kuni Turkiston harbiy okrugi Harbiy tribunali tomonidan Usmon Omon oqlanadi va bu xabar uning o‘ziga yuborildi. Afsuski, uning hayoti so‘ng qanday kechgani bizga noma’lum.
Raxmatjon Avezjonov 1908 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan.1922-28 yillar Germaniyaning Zarau shahridagi Pruss tekstil industriyasi oliy maktabining ximik-tekstilchi yo‘nalishida tahsil olgan. SSSRga qaytib, dastlab Moskvadv “Erkin mehnat” to‘qimachilik fabrikasida ishlangan. 1930-35 yillarda Moskvadagi Pyotr Alekseevich nomidagi soyuzmexprom labaratoriyasida ishlagan. 1936 yildan Toshtekstil kombinatida ishlay boshlangan. 1937 yil 4 sentyabr qamoqqa olingan. 1938 yil 9 oktyabrda otuvga hukm etilgan. R.Avazjon SSSR Oliy Sudining harbiy kollegiyasi tomonidan 1957 yil 20 sentyabrda oqlanadi.

Muhammadjon Avazjonov 1905 yilda Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida dunyoga kelgan. Muhammadjon 1922 yil sentyabrda BXSR tomonidan Germaniyaga ta’lim olishga yuboriladi. U dastlab Germaniyaning Kyosling shahridagi pedagogika maktabida ta’lim oladi. Muhammadjon o‘rta maxsus shahodatnomani qo‘lga kiritgach , Kottibus shahridagi Oliy tekstil maktabiga o‘qishga kiradi. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomni qo‘lga kiritgach Muhammadjon Avazjonov 1928 yil SSSRga qaytadi. Muhammadjon yosh O‘zbekistonning engil sanoati taraqqiyoti uchun eng shimiradi. Uning so‘ngiish joyi 1934 yildan Farg‘ona tekistilkombinatida bosh injiner va ishlab chiqarish bo‘limi rahbarligi vazifalari bo‘ldi. Muhammadjon Avazjonovning barcha mol-mulki musodara etilib, 1938 yil 9 oktyabr kuni otuvga hukm qilindi. U SSSR Oliy Sudining harbiy kollegiyasi tomonidan 1957 yil 23 sentyabrida oqlangan.


Alovuddin Isomiddin Hamidovich 1908 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1922-28 yillarda Germaniyaning Kottibus shahrida Pruss oliy tekstil maktabida o‘qib, oliy ma’lumot olgan. Farg‘ona va Toshkent tektil kombinatlarida mehnat qilgan. 1937 yil 20 ibn qamoqqa olinib, 1938 yil 8 oktyabr kuni otuvga hukm qilingan. 1957 yil 3aprelda SSSR Oliy Sudi harbiy Kollegiyasi tomonidan oqlangan.

Hamro Abdullaev 1907 yil Tojikistoning Ko‘lob shag‘rida tug‘ilgan. Abdullaev Hamro 1922 yildan Germaniyada o‘qib, ikki yil umumiy ta’lim maktabida, so‘ng tshrt yil davomida Xelmshtadt shahridagi Oliy qishloq xo‘jalik maktabida o‘qidi. 1927 yil iyulda Buxoroga kelib, dasilab, Romitandagi agrotexnik bo‘lib ishlangan. So‘ng ikki yil O‘rta Osiyo paxtachilik institutida o‘qigan va keyingi faoliyati paxtashunos-agranomlik sohasida ishlagan. 1936 yilning uni ishdan olishadi. Hamro Abdullaev biror joyga ishga kira olmay qoladi. So‘ng Stalinobodga borib erkaklar texnikumida nemis tilidan o‘qituvchilik qila boshladi.1938 yil 12 yanvarda Hamro Abdullaev qamoqqa olindi va 1938 yil 14 oktyabr kuni otilgan. 1989 yil 30 oktyabrda Turk VO Harbiy prokuraturasi tomonidan Abdullaev Hamro repressiya qurboni deb tan olingan.


Bahovuddin Aminjonov 1904 yilda Buxoro shahrida mudarris Aminjon Ziyovuddin oilasida tavallud topgan. 1922 yilning kuzida Germaniyaga tahsil olishga boradi. Avvaligi Aziz Xo‘jaev, Sattor Jabbor, vali Qayumovlar bilan Doktor Fakelmanning xususiy o‘rta maktabida ta’lim olgan. SHundan so‘ng Berlin universitetining tibbiyot fakultetida o‘qishni davom ettiradi. Bahovuddin1929 yilda SSSRga qaytgach, o‘qishni 1931 yil O‘rta Osiyo Meditsina institutini yakunladi va YAltadagi “O‘zbekiston” sanatoriyasiga yo‘llanma oldi. “O‘zbekiston” sanatoriyasida bosh shifokor bo‘lgan Bahovuddin 1935 yil oxirida Moskvaga ilmiy safarga boradi. 1936 yili sanatoriyaga qaytadi. Biroq u ishdan olinadi va Toshkenga kelib Respublika tubdispanseriyada ish boshlaydi. Qisqa vaqtda bu jamoada ham katta hurmat qozonadi. 1937 yilning yanvar oyida Bahovuddinni qamoqqa oladilar. 1938 yil 8 oktyabrda otuvga hukmi chiqariladi va SSSR Oliy Sudi harbiy kollegiyasi Bahovuddin Aminjonovni 1961 yil 26 iyulda oqlagan.

Aziz Xodjaev 1909 yil Buxoroning yuqori mavqeli xonadonlaridan, mudarris oilasida tug‘ilgan. Biroq amirlikning ag‘darilishi bilan bog‘liq jarayonlarida u butun oila a’zolaridan ajralgan. 1922 yil shaxsan Fitratning xomiyligida Germaniyaga o‘qishga yo‘llangan. U 1926 yil Berlin universitetining iqtisod fakultetini tugutab, oliy ma’lumot bilan SSSRga keladi. 1926 yildan rus, turk, tojik, fors, ingliz, nemis, fransuz tillarini mukammal bilgan Aziz Bokuda ish boshlaydi, 1927 yil Toshkentga kelib, Maorif xalq komissarligiga ishga joylashagn. 1929 yildan Toshkent SHarqshunoslik fakultetida o‘qigan. Samarqand davlat universitetida dars bergan. 1932 yil 14 may qamoqqa olingan va 1932 yil 20 oktyabrda 5 yilga MTLga hukm etiladi. Jazoni Solovets orollaridan o‘tagan. 1937 yil 25 noyabr kuni Azizxon oliy jazoga hukm etildi va 1937 yil 7 dekabrda ijro etilgan. U 1958 yil 28 aprelda oqlangan.

Bade’ Abdulla Mahmudovich 1909 yil YAngi Buxoroning Rabot qilich qishlog‘ida Buxoro amiri qorovulbegisi taraqqiyparvar inson Bade’ Mahmud oilasida tug‘ilgan. U “Avlodi shohado” maktabidan Germaniyaga yuborilgan va 1922-26 yillarda Kyoslingda o‘qigan. U Samarqanddagi pedakademiyani tugatib, 1933 yildan 1937 yillar kuybishev nomidagi qishloq xo‘jalik institutida matematika fanidan dars bergan, assisen, dotsent lavozimida ishlagan. 1937 yil 28 noyabrda qamoqqa olingan. 1940 yil 19 avgustda 8 yilga MTLga hukm etilgan. 1941 yil 24 noyabrda jazoni o‘tash davrida vafot etgan. 1977 yil 21 iyulda Turk VO harbiy tribunalida B.Abdullaev oqlandi.



Sovet hokimiyati 20-yillar oxiri – 30-yillar boshida amalga oshirgan er-suv islohoti, kollektivlashtirish, xususiy mulkni tugatish, sanoat va qishloq xo‘jaligida davlat monopoliyasini o‘rnatish siyosatini amalga oshirish jarayonida “quloqlashtirish” kampaniyasi o‘tkazilib. bolsheviklar minglab xo‘jaliklarning er-suvi davlat ixtiyoriga tortib olindi.
Qayd etilgan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, sovet hokimiyati nafaqat yirik er egalari, balki xususiy ishlab chiqarish vositasiga ega bo‘lgan hunarmandlar, savdogarlar, ijaraga mulk va vosita berganlar, yollanma mehnatdan foydalangan tadbirkorlar, o‘rtahol dehqonlar, diniy ulamolar ham uy-joyi, mol-mulkidan mahrum etilib, «quloq» sifatida oila a’zolari bilan birga o‘z yurtidan badarg‘a qilindi. Surgunda “quloq”lar juda og‘ir ishlarga - zovur qazish, yangi erlarni o‘zlashtirish, kanal qazish, unumsiz erlarda paxtachilikni rivojlantirish, yo‘l qurilishi va o‘rmonchilik kabi eng og‘ir mehnatga majburan jalb etilgan. Og‘ir turmush sharoiti va shafqatsiz mehnat, xo‘rlik va jazolar tufayli ularning aksariyati qirilib ketdi. Bu ekspozitsiyada surgun bo‘lgan ayollarni ko‘rishingiz mumkin. Ergasheva Marziya,Ibrogimova Salomat, Ergasheva Rizvon, Xolikova Muxarram shular jumlasidandir. YAna yillar kesimida surgun qilinganlar soni, mexnat posyolkasidagi turar joy sur’atlari o‘rin olgan.
.



Bu ekspozitsiyada 19 asr oxiriga tegishli uy-ro‘zg‘or buyumlari va texnik buyumlar joy olgan.

Bu ekspozitsiyada siyosiy qatag‘on bo‘lgan Kenjaev qori Olim, Azimjon SHaripov va uning oila a’zolari haqida ma’lumot berilgan. YAna ekspozitsiyadan Kenjaev qori Olimning nevaralari tomonidan joynamoz, lavh va arab alifbosida qo‘lda yozilgan nodir kitoblar ham o‘rin olgan.


Kenjaev qori Olim (1888-1966)1888 yil Fijduvonning CHuqurak qishlog‘ida dunyoga kelgan. 1895-1908 yillar G‘ijduvondagi madrasaga o‘qigan. Dastlab Fijduvon mirshabboshisining kotibi, 1910- 11 yillarda Vobkent qozisining kotibi, 1912-15 yillarda CHorjuy shahar qozisining mirzosi, 1915- 20 yillarda Xatirchi begi, Ostanaqul qushbegining mirzosi lavozimlarida ish olib boradi. Mirzo Olim Kenjaev Buxoro Amiri Olimxon tomonidan amirlikning kotibiyat xizmatiga tortiladi va to‘qsabo-podpolkovnik unvoni bilan takdirlanadi. 1920 yil kuzida amirlik ag‘darilgandan so‘ng Mirzo Olim Kenjaev Xatirchida volost ijroko‘mida mirzo, so‘ng BXR Maorif nozirliklarida kotib lavozimlarida ishlaydi. Mirzo Olim Kenjaev o‘z ixtiyori bilan yangi hukumatda ishlashdan voz kechadi va G‘ijduvonga qaytib keladi. 1931 yil mart oyida OGPU tomonidan qamoqqa olinadi va 1931 yil 28 iyul 8 yilga konslagerga hukm etiladi. Mirzo Olim Kenjaev jazoni Boshqirdiston ASSR, Bo‘zdak tumanida o‘taydi. 1944 yildan Xӯjai Jahon masjidida imom xatib vazifasini ham bajaradi. 1949 yil 3 dekabr kuni Kori Olim Kenjaevni aksilinqilobiy targibot olib borishda ayblab, yana qamoqqa olishga qaror qilinadi. Qori Olim Kenjaevning sudi 1950 yil 13 -17 fevral kunlari bo‘lgan 10 yilga qamoq hukm etiladi. Qori Olim 1954 yil qamoqdan ozod etildi. 1990 yil 19 oktyabr kuni vafotidan so‘ng qariyb chorak asr o‘tgach, O‘ZSSR Oliy OGPU koshidagi "Uchlik" tomonidan jazosiga sudi Prezidiumining qarori asosida oqlandi.

Azimjon SHaripov 1881 yil Buxoro shaxrida ziyoliv oilasida tavallud topgan. Uning otasi SHarifjon maxdum Buxoro madrasalaridan birida mudarris bulgan. Azimjon SHaripov madrasada Aminjon maxdum Ziyovuddinov bilan birga ta’lim va Buxoro jadidlari cafiga ko‘shilran edilar. Azimjon SHaripov Buxoroda amirlik tuzumining agdarilishi bilan 1920-21 yillarda Buxoro Xalk Respublikasining Adliya nozirligida biblioteka boshligi, 1921-22 yillarda Buxoro sud tizimi boshkarmasida rahbar, 1922-23 Yillarda BXR Adliya Nozirining o‘rinbosari va 1923- 24 yillarda Adliya Noziri bulib ishlaydi. 1924-25 Yillar BXSR tugatilishi jarabnida Azimjon SHaripov Kozilar kengashiga a’zo bo‘lgan va 1925-27 yillarda Buxoro okrugi shariat qozisi lavozimida ishlagan. Xokimiyat tuliq sovetlashtirilishi bilan diniy sud tizimlari butunlay tugatildi. Natijada 192728 Yillarda Azimjon SHaripov ishsiz qoldi. U 1928 yilda Toshkent shahriga kuchib keladi,. 1937 yil iyun oyining boshida UzSSR IIXK urinbosari fukaro Azimjon SHaripovni qamokqa olish tugrisidagi karorni tasdikladi. Bu paytda uning onlasi xotini Mohidavron xonim (34 sh), kizlari Muzavira (14 sh), Mohira (1 yosh), ugillari Giyoe (18 yoi), SHahat (17 bsh), Xodi (11 fsh), Noeir (7 i) va Mansur (4 yosh)lardan iborat bulgan. 1037 yil 8 noyabr kuni UaSSR NKVD KOshidagi "uchlik" Tomonidan A.SHaripov ishi kurib chikiladi va 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiNI Kullaydi. 1990 yiln 28 fevradagi UzssR prokuraturaeining qarori acoeida A.SHaripov tulik oklandi va totalitar tuzum katagon eiysatining beayb jabrlanuvchilaridan biri ekanligi rasman tan olindi.



Bu ekspozitsiyada Gulag xaritasini, Abdulla Po‘latov va uning farzandlari, Abdulla Po‘latovga tegishli bo‘lgan yaktak va qimmatli kitoblarni ko‘rishingiz mumkin.
1929 yil 11iyulda SSSR Xalq Komissarlari Kengashi "jinoiy mahbuslarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida" qaror qabul qildi, unga ko‘ra barcha mahkumlarni 3 yil va undan ortiq muddatga saqlash Ogpuga
o‘tkazildi. 1930 yil 25 aprel OGPU buyrug‘i bilan SSSR "axloq tuzatish mehnat lagerlari to‘g‘risida Nizom" Xalq Komissarlari Kengashi qaroriga muvofiq OGPU tuzatish mehnat lagerlari bo‘limi tashkil etildi 1930 yil oktyabrda OGPU axloq tuzatish mehnat lagerlari GULAG Bosh boshqarmasiga aylantirildi. 1934yil 10iyulda beshta asosiy bo‘limni o‘z ichiga olgan SSSR ichki ishlar Xalq komissarligi tashkil etildi. Ulardan biri lagerlar Bosh boshqarmasi GULAG edi. 1934 yilda SSSR konvoy qo‘shinlari NKVD ichki xavfsizligiga tayinlandi. 1934 yil 27 oktyabrda RSFSR Adliya Xalq Komissarligining barcha axloq tuzatish mehnat muassasalari GULAGga topshirildi. 1934 yilda umumiy qamoqxonalar SSSR NKVD Gulagiga topshirildi. . GULAG lagerlardagi mahkumlarning ishlari NKVD tomonidan ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan. NKVD qaroriga ko‘ra, lagerlarning qariyb 28 ming mahbusi otib tashlandi.

1939-1941 yillarda SSSRning yangi hududlaridan hibsga olingan va yangi jinoyatlar uchun sudlanganlar tufayli gulag mahbuslari soni sezilarli darajada oshdi. 1939 yil 1,990,000 mahbuslar GULAG lagerlariga yuborildi, 1290 ming kishi axloq tuzatish mehnat lagerlariga yuborildi. SHu jumladan 107 ming ayol va 440 mingga yaqin erkak kontrrevolyusion faoliyatda ayblanib sudlangan. 1941 yilda SSSRning lagerlarida, koloniyalarida va qamoqxonalarida taxminan 2,9 million kishi ushlab turilgan va yana 930 ming kishi surgunda bo‘lgan.



Download 75,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish