1- zal chor Rossiyasi Bosqini davri (1968-1920 yillar)


SHo‘ro davri (1920-1991 yillar)



Download 75,59 Mb.
bet2/7
Sana21.06.2022
Hajmi75,59 Mb.
#689699
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11музейнинг 3 та залнинг тарихи

SHo‘ro davri (1920-1991 yillar)
1920 yil 2 sentyabrda bosqinchilarning to‘xtovsiz zarbalari ostida amirlikning so‘nggi tayanchi – Ark mag‘lub bo‘ldi. Qadimiy Buxoro o‘t va xarobalar ichida qoldi. Amirlik poytaxti bosib olgandan keyin hokimiyat muvaqqat Butunbuxoro inqilobiy qo‘mitasi qo‘liga o‘tdi. Muvaqqat inqilobiy qo‘mita darhol Turkkomissiya rahbarligida ilgaridan tayyorlab qo‘yilgan Manifestni e’lon qildi. Unda Buxoro davlati “Mustaqil Buxoro Sovet Respublikasi” deb ko‘rsatilgan edi. 1920 yil 11 sentyabrda inqilobiy yosh buxoroliklar partiyasi tarqatib yuborildi, uning ko‘pchilik a’zolari F.Xo‘jaev boshchiligida BKP tarkibiga kirdi. 6 oktyabrda amirning yozgi saroyi – Sitorai Mohi Xosada xalq vakillarining I buxoro quriltoyi ish boshladi. Quriltoy Buxoroni xalq sovet respublikasi deb e’lon qilish haqida qaror qabul qildi. 1921 yil 4 martda moskvada BXSR bilan RSFSR o‘rtasida Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitim tuzildi. Bu hujjatlar Buxoro Xalq Respublikasining RSFSRga harbiy – siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaram bo‘lganligini qonuniy yo‘li bilan mustahkamladi.
1937-1938 yillarda I.V.Stalin boshchiligida sovet hokimiyati amalga oshirgan siyosiy qatag‘onlar insoniyat tarixidagi eng dahshatli fojialardan biri edi. Bu davrda sovet hokimiyatiga, uning mafkurasiga qarshi har qanday o‘zgacha fikrlash, hatti-harakatga chek qo‘yish, xalqni asoratda tutish, partiya vaa hukumat organlarini so‘zsiz itoat etuvchi kadrlar armiyasiga aylantirish maqsadida misli ko‘rilmagan ko‘lamda qatag‘on siyosatini avj oldirdi.
Bu qatag‘on to‘lqini eng avvalo davlat arboblari, partiya va hukumat organlari, muassasalaridagi mas’ul kadrlarga qaratildi. O‘zbekistonda bu jarayonda o‘sha davrning eng ilg‘or, faol, bilimli va tashkilotchi milliy kadrlari, ziyolilari, maorif va madaniyat xodimlari, olimlar, ziyolilar, yozuvchilar mash’um qatag‘on qurboni bo‘ldilar. Stalin hukumati nafaqat ularning o‘zlarini, balki oila a’zolarini ham qatag‘on girdobiga tortdi.
"
Bu ekspozitsiya “Men yashashni istayman” deb nomlanadi. CHunki F.Xo‘jaevning eng so‘nggi so‘zi shunday bo‘lgan. Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jaev bilan birga katag‘onga uchragan uning oila a’zolarining suratlari aks ettirilgan. O‘zbekiston XKS raisi Fayzulla Xo‘jaev qamoqqa olinganidan so‘ng, 1937 yilda uning barcha qarindosh-urug‘lari, shu jumladan, onasi Rayhon Xo‘jaeva, o‘gay onasi Hamida Xo‘jaeva, xotini Malika Xo‘jaeva, qizi Viloyat Xo‘jaeva, singlisi Robiya Xo‘jaevalar 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinganlar. YAna bu ekspozitsiyada F.Ho‘jaev haqidagi kitoblar o‘rin olgan.

Fayzulla Xo‘jaev hayoti va faoliyati mustaqillik tufayli chuqurroq o‘rganila boshlandi. 1996 yilda o‘zbek xalqi o‘zining fidoiy farzandi Fayzulla Xo‘jaevning 100 yillik yubileyini nishonladi. YUbiley munosabati bilan Fayzulla Xo‘jaev asarlari va u haqidagi tadqiqotlar nashr etildi. O‘zbek millatining asl farzandi Fayzulla Xo‘jaev 1896 yilda Buxoro xonligi davrida Buxoroda yirik savdogar oilasida dunyoga keladi. Uning otasi Ubaydullaxo‘ja Qosimxo‘jaev Moskvada xususiy savdo mahkamasiga ega bo‘lib, Rossiyaning o‘zida hamda xorijiy bozorlarda qorako‘l teri bilan keng miqyosda savdo-sotiq yurgizar edi. Fayzulla Xo‘jaev xalq ishiga shijoat bilan kirishib hormay-tolmay ish olib borib, BXSR (Buxoro Xalq Sovet Respublikasi) Xalq Nozirlari Sovetining raisi lavozimida harakat qildi. Fayzulla Xo‘jaev rahbarligida 1923 yildayoq aholiga meditsina hizmati ko‘rsatish, umumiy ta’lim maktablari, bilim yurtlari va kurslar tarmog‘ini kengaytirish sohasida anchagina amaliy choralar ko‘rildi. Aholiga - ishchilar, xizmatchilar, hunarmandlar, ersiz va kam erli dehqonlarga davlat hisobidan meditsina xizmati ko‘rsatish, mehnat, ijtimoiy ta’minot hamda sog‘liqni saqlash nozirligi tomonidan yo‘lga qo‘yildi. Eski Buxoroda 200 o‘rinlik dastlabki shahar kasalxonasi, 12 ta davolash-ambulatoriya punkti ochildi.Xalq maorifi ham ancha rivojlandi. 1923 yilda Buxoro respublikasida 32 ta boshlang‘ich va o‘rta maktab, to‘rtta musiqa maktabi, ikkita pedagoglar tayyorlash instituti, 11 ta bolalar uyi, hunar maktabi tashkil etildi. Ammo 1937 yil 9 iyulda Fayzulla Xo‘jaev Moskvada qamoqqa olindi. Unga «O‘ng trotskiychi blok» faoliyatiga qo‘shilganligi, «Milliy ittihod» tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qilganlik, «bosmachilik» harakati qo‘rboshilarini qo‘llab-quvvatlaganlik, Fitrat, CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, Behbudiy va boshqa o‘zbek ziyolilariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlik kabi ayblar qo‘yilgan holda otishga hukm qilingan1938 yil 13 mart kuni  Moskvadagi Butova tumani, Sosenskiy qishlog‘idagi o‘rmonda otib tashlandi. SHu tariqa o‘zbek xalqining otash qalb farzandi Fayzulla Xo‘jaev qatag‘onlar qurboniga aylangan.1965 yil 6 martda Oliy sud harbiy kollegiyasi Fayzulla Xo‘jaevni aybsiz deb topdi va oqladi.



Download 75,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish