Fayzulla Xo‘jaev hayoti va faoliyatiga oid muhim sanalar.
Fayzulla Xo‘jaev - 1896 yil 1 iyulda Buxoroda tug‘ilgan
1905-1907 yillar Buxoro madrasasida o‘qigan.
1907-1912 yillarda Moskvada xususiy maktabda o‘qigan.
1912 yil Buxoroga qaytgan.
1913 yil YOsh buxoroliklar partiyasining a’zosi.
1913-1916 yillar Buxoroda jadidlar harakatiga qatnashadi.
1917 yil Toshkentda tuzilgan inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasi Turkiston Markaziy byurosi raisi, «Uchqun» gazetasi muharriri.
1920 yil 14 sentyabda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati - Xalq Nozirlar SHo‘rosi tuzilib, hukumat boshlig‘i qilib saylandi.
1922 yilda ichki ishlar noziri bo‘lib ishlagan.
1920- 1922 yillarda BXSR tashqi ishlar noziri.
1921- 1924 yillarda harbiy ishlar noziri.
1922- 1924 yillarda Mehnat va mudofaa kengashi raisi.
1925 yilda SSSR Harbiy Dengiz ishlari xalq komissarligining O‘zbekiston SSR bo‘yicha rasmiy vakili.
1924 yil noyabrda Muvaqqat ishchi dehqon hukumati raisi.
1925 fevraldan 1937 yilgacha O‘bekiston SSR XKS raisi.
Bu ekspozitsiya Vatanim sajdagoxim deb nomlanadi. Eksapozitsiyaning bunday nomlanishiga sabab Fitrat XX asr o‘zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili. U qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, o‘tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jangovar publitsist, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi edi. Abdurauf Fitrat o‘z tarjimai holida yozishicha, 1884 yilda Buxoroda tug‘ildi (S. Ayniy uni 1886 yilda dunyoga kelgan deydi, hozirgi darsliklar va ilmiy tadqiqotlarda ham shu sanani takrorlashadi). Fitrat Abduraufning taxallusi bo‘lib, «tug‘ma iste’dod» ma’nosini beradi.
Otasi Abdurahimboy savdo bilan shug‘ullangani bois chet ellarga chiqar, dunyo ahvolidan boxabar, o‘qimishli va taniqli odam edi. Onasi Bibijon, adabiyotshunos, Fitrat oilaning to‘ng‘ich farzandi edi. U boshlang‘ich tarbiyani diniy maktabda, so‘ng mashhur «Mirarab» madrasasida oldi. Fitratning millatparvarligi bolsheviklar va SHo‘ro hukumati rahbarlariga yoqmas edi. Afsuski xalq ideali va baxt-saodati, haqiqat, adolat, maorif, fan, madaniyat va millat taqdiri uchun tunu kun mehnat qilgan bu ulug‘ zotni shu partiya, shu SHo‘rolar hukumati aksilinqilobchi, millatchi, «xalq dushmani» deb aybladi, 1937 yil aprelda hibsga oldi va 1938 yil 4 oktyabrda A. Qodiriy, CHo‘lponlar bilan birga vahshiylarcha otib tashladi. Ularni otish haqidagi hukm bir kun keyin, ya’ni 1938 yil 5 oktyabrda chiqqan. 1957 yilda Sobiq Ittifoq Oliy sudining harbiy kollegiyasi 1938 yil 5 oktyabrdagi hukmni bekor qildi va Fitratni aybsiz deb topdi. Ekspozitsiyada Fitratning BXSHJ tashqi ishlar vaziri Sattor Xo‘jaev bilan tushgan sur’atin, Turkiyaga ketishdan oldingi va Turkiyadan kelgandan so‘ng tushgan sur’atlarni ko‘rishingiz mumkin
Fitratning turmush o‘rtog‘i Hikmatxon 1912 yili Buxoroda tug‘ilgan. Fitrat 1937 yilda qamoqqa olinganidan keyin, o‘sha yilning 17 sentyabrida “xalq dushmani”ning xotini sifatida hibsga olingan. 1939 yilda ozod qilingan.
Butun xayotini ma’rifatga bag‘ishlagan jadid ma’rifatparvari Muso Saidjonov. Bu ekspozitsiyada Muso Saidjonovning nevarasi SHuxrat Saidjonov tominidan muzeyga taqdim qilingan Muso Saidjonovning shaxsiy buyumlarini ko‘rishingiz mumkin. Nusratillo Naimovning Muso Saidjonov xayotiga bag‘ishlangan “Ma’rifatga baxshida umr” kitobi xam ekspozitsiyadan o‘rin olgan. Buxoro jadidchiligining yirik namoyandalaridan va ma’rifatparvar, tarixchi olim, professor (1935), taraqqiyot yo‘lida milliy harakatning faol qatnashchilaridan biri Muso Saidjonov 1893 yili Buxoro shahrida savdogar oilasida tug‘ilgan. Mirarab madrasasini bitirib, Kogondagi rus-tuzem maktabida o‘qigan. M.Saidjonov ilmga qiziqib, arab, fors, turkiy tillar, adabiyot, tarix va geografiya bilan jiddiy shug‘ullanadi.
Muso Saidjonov umrining oxirigacha ilmga sadoqatli bo‘lgan. Uning safdoshlari Saidjonovni zehni baland, zakovati yuksak, madaniyatli, pokiza axloqli inson sifatida bilishgan.
O‘zbek milliy ziyolilarining ko‘zga ko‘ringan vakili sifatida totalitar tuzumning jadidchilik tarixini buzib ko‘rsatganiga qarshi chiqqani, o‘zbek davlatchiligi tarixi masalalarini xolis tadqiq qilgani, madaniy merosga hurmat bilan yondoshgani, «Milliy ittihod» tashkiloti faoliyatiga qatnashgani uchun sovet rejimi tomonidan Samarqandda qamoqqa olingan (1937 yil 13 aprel) va otib tashlangan. 1965 yil 2 dekabrda oqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |