1- zal chor Rossiyasi Bosqini davri (1968-1920 yillar)



Download 75,59 Mb.
bet5/7
Sana21.06.2022
Hajmi75,59 Mb.
#689699
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11музейнинг 3 та залнинг тарихи

ABDULLA BOYBACHCHA
Abdulla 1881 yil G‘ijduvon bekligining Ja’fari qishlog‘ida dunyoga kelgan. Otasi Po‘lotboy Bo‘ron o‘g‘li o‘z davrining davlatmand insonlaridan edi. Abdulla qorako‘l savdosi bilan shug‘ullanib, saxiyligi, lafziga sodiqligi va birso‘zliligi bilan el orasida Abdulla boyvachcha deb nom qozondi. 1918 yilning mart oyida Buxoro zaminiga go‘yoki, “YOsh buxoroliklar” partiyasi undovi bilan F.Kolesov boshchiligidagi qizil askarlar qadam bosdi. Ko‘p yillar yarim mustamlaka zulmi ostida qolgan amirlikda muntazam qo‘shin ham, zamonaviy qurol-yaroq ham yo‘q darajada edi. SHu tufayli hukumat imkon qadar murosa yo‘lini tutdi. Biroq, dushmaning maqsadini tushungach, xalqni vatan himoyasiga chorladi. SHahardan madrasa talabalari, atrof hududlardan qo‘liga ketmon, bel, o‘roq turgan dehqonlar oqib kela boshladi. YOshu qari xalq amir navkarlari yonida XX asrning zamonaviy to‘p, pulimyotlari sari tashlandi. Bir zumda Kogon stansiyasi atrofi minglab qurolsiz xalqning murdalariga to‘ldi. SHunda hamki hech kim chekinishni xayoliga keltirmas edi. Bu paytda amirning tajribali dodholari dushmanga Toshkent va CHorjo‘ydan kelishi mumkin bo‘lgan harbiy ko‘makning yo‘lini kesishga qaror qiladi. Abdulla Po‘latov rahbarligidagi guruh Qiziltepa va Kogon orasidagi temir yo‘lni buzib, Toshkentdan kelayotgan yordamning yo‘lini to‘sishga erishadi. Boshqa guruh esa CHorjo‘ydan keladigan poezd yo‘lidagi ko‘prikni ag‘darishga muvaffaq bo‘ldi. O‘q-dorining oxiri ko‘rinib, qo‘shimcha yordamdan umidini uzgan Kolesov Buxoro amiriga sulh taklif etadi. Nima bo‘lganida ham vaqtdan yutishni istagan amir Olimxon bunga rozi bo‘ldi. Biroq, bolsheviklar na xalqaro nizomga, na insoniylikka amal qildi. Ular Kogon stansiyasi atrofidagi barcha do‘konlarni kimga tegishliligidan qat’iy nazar qimmatlik hamma boyliklarini talon-taroj qilib vagonlariga joylashdilar. Qizil askarlar poezd to‘xtagan joylarda ham tushib odamlarni ayovsiz o‘ldirib, ularning yonidagi pullari, buyumlarini, xatto telpak, chopon, etiklarigacha tortib olib ketdilar. Albatta, amir bolsheviklarning sulhi omonat ekanligini bilar edi.
1918 yil yozida amir Olimxon hukumati xalqning davlatmand insonlariga vatan himoyasi uchun iqtisodiy yordam berishlarini so‘rab murojaat etdi. Abdulla boyvachcha bu tadbirda hammaga namuna bo‘lib, Vatan himoyasi uchun 5000 so‘m pul, 1 ta zotli ot va 90 ta qorako‘l teri miqdorida himmat ko‘rsatdi. Amir Olimxon ham uning tashabbusini sof oltindan tayyorlangan qimmatbaho “Oltin kamar” bilan siylaydi. Bu pullar kelajakda muntazam armiya va zamonaviy qurollar uchun sarflanishi kerak edi. Afsuski, bu harakatlar juda katta qiyinchiliklar bilan kechdi. Amirlikda jadid-qadim muammosi, “YOsh buxoroliklar”ga qarshi o‘ta qattiqqo‘l siyosat ko‘pchilik orasida amir siyosatiga qarshi kayfiyatni kuchaytirib bordi. Dushman millatni bo‘lish, uning vakillari orasiga tinimsiz rahna solishga intildi.
Amir Olimxon 1919 yil bahorida Buxoro shahridan 3 chaqirimcha bo‘lgan bog‘ida katta bayram dasturxoni yozadi. Unda azaliy udum bo‘lgan kurash, merganlik, sakrash, yugurish kabi ko‘p turli sport musobaqalarini ham tashkil etadi. Atrof qishloqlardan tashrif buyurgan g‘olib yigitlar ma’lum sovg‘alar bilan birga amir qo‘shiniga askarlikka olinadi. Ularning eng bahodirlariga shu erning o‘zida, qorovulbegi, miroxo‘r va to‘qsabo kabi unvonlar taqdim etiladi. Musobaqada ishtirok etgan Abdulla boyvachcha bir necha turda birinchilikni qo‘lga kiritadi. Uni Amir Olimxonning shaxsan o‘zi tabriklab, to‘qsabo (polkovnik) unvoni bilan taqdirlaydi.
1920 yil sentyabr Vatan uchun jangga kirishgan Abdulla boyvachcha Po‘lotovga xalq ko‘ngillilari orasida bo‘lish topshirildi. Qizil Armiyaga qarshi 5000 mingdan ortiq dehqon amirlik qo‘shini safiga kelib qo‘shildi. Ular sovetlar kambag‘al xalqni, qurolsiz kishilarni otmaydi deb ishongandilar. Frunze kambag‘al, qurolsiz dehqonlarni to‘p bilan to‘ka boshladi. Qoniga botgan dehqonlar har tomonga qochdilar. Jang boshlanishi bilan uning yakuni ayon bo‘ldi. Sinchi dodhohlar sho‘ro qo‘shining harakatidan ularning jon jahdi bilan Amirni tiriklay qo‘lga olishga kirishganini aniqladilar. Amir Olimxon oddiy kiyimda Abdulla boyvachcha Po‘lotovning hovlisiga kelib, kichik guruh bilan majlis o‘tkazdi. Unda Amirni sog‘-omon SHarqiy Buxoroga o‘tkazib, Angliya va Afg‘onistondan va’da qilingan yordam kelganidan so‘ng jangni davom ettirishga kelishildi. SHundan so‘ng amirlik qo‘shini bir necha guruhga bo‘lingan holda dumanni ma’lum muddat chalg‘itishga kirishdi. Qizil askarlar Amir askarlarining otlarini ota boshladi. Boshqa bir guruhi oddiy odamlardan otlarini talab qildilar. Bergan berdi, bermaganlarni joyida otib tashlayverdi. Ularning maqsadi Amirni ulovsiz qoldirish edi. Haqiqatan ham ot tanqisligi sezila boshladi. SHu vaqtda Abdulla boyvachcha xalq orasidagi obro‘yidan foydalanib, o‘z xodimlarini odamlardan ot sotib olish uchun atrofga yo‘llaydi va ikki kunda yig‘ilgan 300-400 otni Amir ixtiyoriga topshiradi. Amir Olimxon eson omon SHarqiy Buxoroga etib oladi. Sayyid Olimxon SHarqiy Buxoroda uzoq tura olmadi va ilojsiz Afg‘onistonga chekinishga majbur bo‘ldi.
Abdulla to‘qsabo Po‘lotov ham Amirning ortidan Parxar posti orqali Afg‘onistonga o‘tadi. Biroq, kutilgan yordam kelmadi, aksincha, Afg‘oniston hukumati Olimxondan harbiylarni chiqarib yuborishini talab qila boshlaydi. Kurashni davom etirishning imkoniyati qolmagach, Abdulla Po‘lotov, Mulla Qahhor qo‘rboshi, Tursun xo‘ja Eshon qo‘rboshilar bilan Vatanga qaytadi. Afsuski, Vatanda uni aql bovar qilmaydigan azob uqubatlar kutardi. Avval Fayzulla Xo‘jaevning oldiga to‘g‘ri borib ish so‘radi. U va’dasiga ko‘ra ish berdi. Ammo, uning iziga tushgan kimsalar tinchgina yashashiga ham qo‘yishmadi. 1925 yil 4 sentyabrda 3 yilga konslagerga buyurishdi. 1928 yil 20 aprelgacha Solovkada, undan ozod bo‘lgach Qizil O‘rdada, 1932 yil dekabrgacha Nije Uralda yashadi. 1933 yil yanvardan Toshkent, Buxoro, Qarshi, G‘ijduvon va Qizil O‘rda qilib, qochib-pisib yashadi. Uni 1938 yil 26 aprelda yana qamoqqa olishib, 1940 yil 9 fevralda hech bir asossiz 5 yilga qamoqqa hukm etishdi. Abdulla Po‘lotov jahonga o‘zini adolatqo‘rg‘oni sifatida ko‘rsatgan sho‘rolar mamlakatida muttasil qiynoqlar va tazyiqlar natijasida 1942 yil 28 noyabrda jazoni o‘tash jarayonida vafot etdi...


“PAXTA ISHI"ning boshlanishi O‘tgan asrning 80 yillarda markazi tomonidan o‘zbek xalkiga nisbatan ommaviy qatag‘onlarningyangi boskichi boshlandi. "Paxta ishi", "O‘zbeklar ishi" deb nom olgan ushbu siyosiy kompaniya orqali o‘zbek xalqi sha’niga turli tuhmat va bo‘htonlar yogdirilib, ming- minglab begunox insonlar jazoga tortildi. KPSS Mk siyosatini o‘ylamasdan bajargan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining o‘sha paytdagi birinchi kotiblari I. Usmonxӯjaev va R. Nishonovlarning qatiyatsizligi, uzoqni ko‘ra olmasligi, siyosiy irodasining zaifligi tufayli Markazning O‘zbekistonga nisbatan g‘arazli siyosati QATAG‘ON tusini oldi. "Paxta ishi" kompaniyasi davrida Gdlyan va Ivanov tergov guruhi tomonidan yurtimizda hammasi bo‘lib 25 ming kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ular rasmiy sud yoki tergov- surushtirish ishlari o‘tkazilmasdan qamaldi, 4 ming 500 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, 3 ming 600 nafar kishiga turli darajadagi jazo choralari qo‘llanildi. O‘sha vaqtlarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 4 nafar, viloyat partiya ko‘mitalarining esa 8 nafar kotibi, Ichki ishlar vazirligining 20 nafar rahbar xodimi, shuningdek, respublika boshqa mas’ul lavozimlarda ishlagan 62 nafar rahbar ustidan jinoiy ish ochildi. Konstitutsiya va konun normalariga amal qilinmasdan, tuman, shahar, viloyat Respublika miqyosidagi deputatlarning oddiy insoniy haq-huquqlari toptalib, jinoiy javobgarlikka toptildi. Hatto sobiq mustabid tuzumning eng oliy konun chiqaruvchi organi bulmish SSSR Oliy Soveti deputati bo‘lgan sobik Ittifoq va 4 nafar i Uzbekiston shaxslarning Kompartiyasining birinchi kotibi qabulxonasida hibsga olinib, ko‘liga kishan solindi.





Bu ekspozitsiyada davlat va jamiyat arbobi SHarof Rashidovich Rashidovning sur’atlari , paxta terish jarayonlari , SH.Rashidovning paxtakorlar bilan uchrashgan sur’atlari o‘rin olgan. SH.Rashidovning qizlari Gulnora Rashidova tomonidan yozilgan kitob xam ekspozitsiyada o‘z o‘rnini egallagan. Kitob Gulnora Rashidova tomonidan muzeyga sovg‘a qilingan.


Davlat va jamoat arbobi, yozuvchi SHarof Rashidovich Rashidov 1917 yil 6 noyabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan. Jizzax pedagogika texnikumini (1935), Samarqand dalat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1941). SHarof Rashidov Samarqand viloyati gazetasida mas’ul kotib, muharrir o‘rinbosari va muharrir (1937- 41,1943yy), O‘zbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944-47yy), «Qizil O‘zbekiston» gazetasi muharriri (1947-49), O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949-50), O‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1950-59). O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy komiteti 1-kotibi (1959-83) lavozimlarida ishlagan.
Jizzax viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shaharlaridagi ko‘chalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. SHarof Rashidov 1983 yil 31 oktyabrda Toshkent shahrida vafot etgan. «CHig‘atoy» qabristoniga dafn etilgan.


Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda o‘tmishda nohaq qoralangan yoki soxtalashtirilgan tarixiy adolat va milliy qadriyatlarning tiklanishi, istiklol tufayli berilgan imkoniyatlar yoshlar hayotida qanday imkoniyatlarga yo‘l ochib berilganligi tarixiy dalillar asosida ko‘rsatiladi.
Bunday imkoniyatni qo‘lga kiritish yo‘lidagi ilk sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishish arafasidayok, Islom Karimov yurtimiz rahbari bo‘lib ish boshlagan davrdan boshlangan edi.
1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan mamlakatimizda tarixiy haqiqat va adolatni tiklash, ijtimoiy-siyosiy hayotda sovet mafkurasi va uning g‘oyaviy qoliplaridan xalos bo‘lish, boy tariximizni haqqoniy va xolisona yoritish imkoniyati tug‘ildi. Tarixiy haqiqatni tiklash va uni xalqqa etkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi hamda bu borada misli ko‘rilmagan ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Ayniqsa, Prezident Islom Karimov tomonidan 1998 yil 26 iyunda bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvda belgilab berilgan maqsad va vazifalar bu borada g‘oyat muhim o‘rin tutdi.
Bu ekspozitsiyada Salim Raximov, Bekov Jahonqul, Bekov Jo‘ralarning sur’atlari, SHarov Rashidov bilan Salim Raximov birga tushgan rasmlarini ko‘rishingiz mumkin.
Salim Karimovich Raximov 1930 yil 17 mayda hozirgi “CHo‘g‘alon” MFY hududidagi “Urganj maxalla” qishlog‘ida tug‘ulgan. Umumiy o‘rta ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lgach, 1961 yilda Samarqand Davlat universitetining tarix fakultetini o‘qib bitirgan. 1980yilda Samarqand qishloq xo‘jalik inistituni sirtdan tugatgan. 5 nafar farzandi, 14 nafar naberasi, 14nafar aberasi bor. 2020 yil 4 mart kuni 90 yoshda vafot etganlar.

Download 75,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish