1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang



Download 318,2 Kb.
bet1/5
Sana16.01.2022
Hajmi318,2 Kb.
#372798
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sirtqi bо‘lim 203-guruh talabasi Sanjar Mamatqulov 18


Sirtqi bо‘lim 203-guruh talabalsi Mamatqulov Sanjarbekning “Etnologiya” fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari javoblari.

Fan: Etnologiya. 18-variant

Javoblar.

1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

1. Etnologiyaning fang sifatida shakllanishi

Hozirgi murakkab ziddiyatlarga to'la bizning zamonamiz har xil dramatik hodisalarga boy bo'lib barcha elat va xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va ma'naviyatiga ulkan ta'sir o'tkazmoq-da. Ayniqsa, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ayrim etnoslar hayotiga, ularning o'zaro munosabatlari va aloqalariga ham jiddiy o'zgarishlar kiritmoqda.Jahon aholisi XXI asrga kelib olti milliardga ko'paydi. So'nggi bir asr davomida yer kurrasidagi xalqlar son jihatdan ko'payibgina qolmay, ularning etnik tuzilishi, turmush tarzi va ma'naviy dunyosi ham tubdan o'zgarishga yuz tutdi. Ona tabiat naqadar rang-barang va xilma-xil bo'lsa, yer yuzida yashovchi aholining etnik qiyofasi ham shu qadar rang-barang, turli-tumandir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan asr oxirlarida jahonda ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashagan. Ba'zi manbalarda esa yer yuzida yashovchi katta-kichik etnoslarning soni uch-to'rt mingga yaqin, deb ko'rsatiladi. Shularning 260 tasi bir milliondan ortiq kishiga ega xalqlardan ibo-rat bo'lib, jahon aholisining 96 foizini, dunyoda eng kam sonli aholiga ega bir yarim mingga yaqin elatlar esa bir foizini tashkil qiladi. Tili jihatidan bir-biridan ajralib turadigan etnik birliklarning soni uch mingdan ortiq.XX asr iqtisodiy-ijtimoiy buhronlar, ekologik, etnik muammolar asri bo'ldi. Bu muammolar o'z-o'zidan XXI asrga ham ko'chib o'tdi. Shunday ekan bunday vaziyatda yoshlarning ongi va bilimini, jamiyatni boshqarishga aloqasi bor barcha shaxslarning tasawurla-rini etnologik ma'lumotlar bilan boyitish zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Alalxusus, ushbu darslikda etnologiya fani tushunchasi, uning mohiyati va qisqacha tarixi, asosiy maktablari va yo'nalishlari, et-nogenez va antrogenez, o'ziga xos uslub va atamalar kabi nazariy masalalar ko'rib chiqilgan. Shu bilan birga mazkur fanning hozirgi kundagi eng muhim etnoslararo munosabatlar, umuminsoniy vaumumetnik jarayonlar, etnik guruhlar va irqlaraing o'zaro aloqalari, etnik ong stereotipi va etnik psixologiya kabi ustuvor masalalarga ham alohida e'tibor berilgan.Etnolog olimlarning juda ko'p ilmiy tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, insoniyat tarixining ibtidoiy davrlardan hozirgi kunlargacha bosib o'tilgan barcha pog'onalarida kishilar o'zligini anglashga, an'anaviy turmush tarzi, urf-odat va ma'naviyatini tushunib olishga, ayniqsa, qo'shni elatlarning etnik xususiyatlari va hayotini bilishga doimo ehtiyoj sezib kelganlar. Bunday ehtiyoj tufayli ming yillar davomida to'plangan turli elatlar to'g'risidagi boy ma'lumotlar davlatlararo munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yishga, tinchlik sari yo'nalishga yordam berib kelmoqda. Hatto qadim zamonlarda ayrim mualliflar juda ko'p empirik xarakterdagi ma'lumotlarni muayyan tizimga solishga, xalqlarni xo'jalik va madaniy jihatdan klassifikatsiyalashga intilganlar. Ammo bunday o'y-fikrlar ilmiy asoslanmagan, mavhum xarakterda bo'lgan.



Jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan notekis rivojlanishi natijasida ayrim xalq va elatlarning hanuzgacha qoloq ibtidoiy tuzumda, ba'zilari esa o'rta asrlar davri madaniyati darajasida qolganligi ma'lum. Bunday elat va etnik guruhlar Avstraliya, Afrika, Markaziy Amerika va Osiyoning ba'zi yerlarida hozirgacha saqlanib qolgan. Ular juda kam bo'lsalar-da, ammo ibtidoiy urug'-qabilachilik tuzum qonun-qoidalari, urf-odat va marosimlari, patriarxal turmush tarzi an'analariga haligacha amal qilib kelmoqdalar.Asli ko'pchilik xalq va elatlar etnos sifatida quldorlik jamiyati davrlaridan tili yaqin bo'lgan bir necha urug'-qabilalarning birikishi, o'zaro urushlar va ko'chishlar (migratsiya) tufayli aralashib ketishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda etnoslar iqtisodiy, maishiy va madaniy jihatdan eng kuchli va rivojlangan ko'p sonli elatlar doirasida muayyan ma'muriy, hududiy va til umumiyligi zaminida paydo bo'lishgan. Ular ko'pincha tiliga qarab ayrim xalq nomi bilan tanilgan.Aytish joizki, hozirgi siyosiy va ilmiy atamalarning ko'pi ikki-ikki yarim ming yillar muqaddam Yunonistonda paydo bo'lgan. Jumladan, hozir ko'p ishlatiladigan «demokratiya» yoki «demografiya» so'zlari qadimgi grek (yunon) tilidan olingan bo'lib, uning negizini «demos», ya'ni tub ma'noda «xalq» degan so'z tashkil etadi. Shu ma'noda, ilk jamiyat asosini tashkil qiluvchi xalq tushunchasini ifodalovchi yana bir atama - «etnos» ham ishlatilgan. Masalan, «demografiya» fani jahon yoki ayrim mamlakat aholisining soni, joylashuvi, tug'ilishi va o'limi, ijtimoiy-jinsiy va yosh tuzilishini, tabiiy o'sish va ko'chish (migratsiya) jarayonini o'rganadi. Lekin, jahondagi xalq va elatlar o'z tili, kelib chiqishi va joylashuvi, moddiy va ma'naviy madaniyati, an'anaviy xo'jaligi, maishiy turmushi va xarakteri, milliy psixologiyasi va urf-odatlari bilan ham bir-biridan ajralib turadilar. Xalqlarning o'zaro tafovuti, umumiyligi yoki o'xshashligini, ularning o'ziga xosligi va xususiyatlarini jiddiy o'rganuvchi maxsus fan sohasi «etnografiya» va «etnologiya» nomi bilan XIX asr o' rtalarida iste'molga kirdi.

«Etnologiya» atamasi, yuqorida qayd qilinganidek, qadimgi yunoncha «etnos» (xalq, elat) va «logos» (so'z, ma'no) so'zlaridan tashkil topgan. Uning asl ma'nosi «xalqshunoslik» deb tarjima qili-nadi. Qadimgi davrlarda greklar «etnos» so'zini boshqa g'ayri xalq (elatlar)ga nisbatan ishlatganlar. Ayrim mamlakatlarda hozirgacha etnologiya atamasi bilan birga etnografiya, madaniy yoki sotsial antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi. Ba'zi yevropalik olimlar etnologiyani nazariy fan, etnografiyani esa ta'riflovchi fan sohasi deb aytadilar. Aslida ikkala atama ham mazmunan sinonim, ya'ni bir ma'noni anglatuvchi tarix fani sohasi desa bo'ladi. Hatto qadimgi yunon mualliflari dastlabki etnografik ma'lumotlarni xalqlarai ta'riflash bilan cheklab qo'ymasdan, balki ularni muayyan guruhlarga bo'lib, ya'ni ilk bora tasniflashga intilib nazariy fikrlarni bayon qilganlar.XIX asrlargacha «etnologiya» atamasi fanda ba'zan ayrim etnografik jarayonlarni tasvirlashda ishlatilib kelingan. Mazkur atamani xalqlarni va madaniyatlarni o'rganishdagi yangi fan sohasi sifatida birinchi marta fransuz olimi Jan Jak Amper ishlatgan. U 1830-yilda «antropologik», ya'ni gumanitar fanlar umumiy klassifikatsiyasini ishlab chiqqan va shu tizimga «etnologiya» so'zini kiritgan. Bu atama qisqa muddatda keng tarqalib mustaqil fan sifatida tanilgan.Rasmiy ravishda etnologiya mustaqil fan sifatida 1839-yili Parij etnologiya jamiyatiga asos solingan davrdan boshlab tan olingan. Albatta, bunday holat yengil, murosasiz o'tmagan, yangi fanning predmeti, maqsad va fan olamida tutgan o'rni tevaragida jiddiy ilmiy-nazariy kurashlar bo'lib, ayrim yo'nalish va maktablarni yuzaga keltirgan. Bunday munozara va tortishuvlar hozirgacha davom etib kelmoqda, ayniqsa, mazkur fan atamasi, uning mohiyati va predmeti doirasida turli tushunchalar va mulohazalar mavjud bo'lib, etnologiya atamasini turlicha talqin qilish va izohlash keng ko'lamda shu kungacha saqlangan.So'nggi vaqtda taniqli tadqiqotchilar etnologiyani tarixiy fan ekanligini ta'kidlab, uni jahondagi barcha elat va xalqlarni, qoloq yoki rivojlangan bo'lishidan qafi nazar, teng, baravar o'rganuvchi fan sohasi deb tan oldilar. XIX asr o'rtalarida g'arbiy Yevropa mamlakatlarida etnologiya fanining tez sur'atlar bilan o'sishi mustamlakachilik siyosatining keng miqyosda o'tkazilishi bilan bog'liq bo'lgan. Mustamlakachi davlatlar Afroosiyo o'lkalarida o'ziga qaram qilib olgan o'lkalarni boshqarish maqsadida har tomonlama xilma-xil etnografik ma'lumotlarga muhtoj edilar. Shuning uchun ham bunday ma'lumotlarni faqat etnologiya yetkazib berishi mumkin edi.Shuni ham alohida qayd etish lozimki, bu fan sohasi hozirgacha yagona ta'rifga ega emas. Yaqin davrlargacha adabiyotlarda ikki turdagi ta'rif mavjud edi. Barcha ensiklopedik lug'atlarda chop etilgan ta'rif asosan, mashhur rus olimi S.P. Tolstovning so'zlarini qaytalagan. Uning yozishicha, «Etnografiya turli jahon xalqlarining madaniy va maishiy hayoti xususiyatlarini asosan, bevosita kuzatish yo'li bilan o'rganadigan, mazkur xususiyatlarning tarixiy o'zgarishi va rivoji, xalqlarning kelib chiqishi (etnogenez), joylashuvi (etnik geografik) va madaniy-tarixiy o'zaro munosabatlari muammolarini tadqiq qiluvchi tarixiy fan»dir. M.G.Levin, S.A. Tokarev, Yu.V. Bromley va G.E. Markov kabi mashhur etnolog olimlarning ikkinchi turdagi etnografiya (etnologiya) ta'riflari bir oz qisqa va ixcham bo'lsa-da, ammo mazmunan S.P. Tolstov ta'rifini takrorlaydi.Har bir fanning o'ziga xosligi uning tadqiqiy predmeti va uslubi bilan belgilanadi. Etnologiya fani shakllana boshlagan davrdan hozirgacha mufassal saqlanib kelayotgan mavzu etnik madaniyatlarning o'zaro munosabatlarining genezisi muammolari bilan bog'liq bo'lgan. Ammo etnologiya predmeti doimo kengayib, o'zgarib davr talabiga javob beradigan masalalarni o'rganishga qaratilgan. Oqibatda hozirgacha etnologiya fani tevaragida, har xil mulohazalar saqlanib, umumiy, barchaga ma'qul ta'rif topilgani yo'q. Shiihday bo'lsa-da ham mavjud yo'nalishlar va konsepsiyalar ko'pligiga qaramay mazkur fan sohasi hozirgi kunda eng dolzarb va muhim muammolarni tadqiq qiluvchi fan hisoblanadi.Ushbu fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda shuni alohida qayd qilish zarurki, XX asr davomida etnologiya fani doirasida nihoyatda boy empirik va nazariy materiallar to'planib, har xil tarixiy xulosalar va mulohazalarni yuzaga keltirgan. Agar XIX asrning birinchi yarmida etnologik tadqiqotlar asosan, akademik xarakterga ega bo'lib, o'tmishdagi madaniyatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plashdan iborat ekanligini qayd qilsak, XX asrning ikkinchi yarmida etnologik bilimlar to'plash tubdan o'zgarib ko'proq pragmatik ahamiyatga ega bo'la boshladi. Hozirgi kunda etnologiya fanining yutuqlari ijtimoiy hayotning turli sohalarida siyosiy, iqtiso-" diy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda, ommaviy muloqotlar, xalqaro savdo va diplomatik munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol o'ynamoqda. Demak, barcha mavjud mulohaza va o'y-fikrlarni, konsepsiya va yo'nalishlarni umumiylashtirib quyidagi ta'rifni berish maqsadga muvofiq: «Etnologiya - har xil elat va xalqlarning kelib chiqishi, etnik tuzilishi va shakllanishi, o'ziga xos moddiy va ma'naviy xususiyatlari, turmush tarzi, etnik tabiati, xa-rakteri va his-tuyg'ularini o'rganadigan fan sohasidir».

Etnologiya fanining umumilmiy ahamiyatini kamsitmay, uni umumtarix fani tarkibida mustaqil metodologik (dunyoqarash) xususiyatiga ega ekanligini alohida qayd qilish lozim. Etnologiya ayrim xalq va elatlarni o'rganishda etnik tarixning barcha tomonlari ijtimoiy jarayon bilan bog'liq bo'lganligi tufayli keng ma'noda madaniyat sohasida milliy-madaniy xususiyatlarni tarixiy arxeologik, iqtisodiy-geografik tadqiqotlar o'tkazishda eng zarur materiallarni yetkazib berishi mumkin. Bunday holat fanning boshqa soha vakillari etnologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanib uni qo'shimcha (yordamchi) soha sifatida munosabat bildirishlarida kuzatiladi. So'nggi yillarda paydo bo'lgan etnosotsiologiya, etno-psixologiya, etnogeografiya kabi egizak fan tarmoqlarining paydo bo'lishi bejiz emas.Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida jiddiy tus ola-yotgan millatlararo etnik jarayonlarning qonuniyatlarini ochib be-rish, maishiy-madaniy integratsiya va assimilyatsiya tarixini obyektiv yoritish, milliy chegaralanish va an'anaviy joylashuv muammolari-ni haqqoniy hal qilishdek etnologiya fani yutuqlari nihoyatda dol-zarb ekanligi isbotlanmoqda.Demak, etnologiya zamonaviy fan sohasi sifatida umumilmiy va sotsial ahamiyatga ega ekanligini qayd qilib, uni 1) insoniyat tarixiva ayrim xalqlarning etnik muammolarini metodologik jihatdan mustaqil hal qilishga qobil dunyoqarash; 2) inson va jamiyatni o'rganuvchi boshqa ijtimoiy fanlarga qo'shimcha materiallar beruvchi ilmiy soha; 3) davlatlar va hukumat arboblari siyosiy jihatdan dolzarb milliy muammolarni to'g'ri hal qilishda, kqchilik, millatchilik va shovinizm kabi illatlarga qarshi kurashda muhim asos bo'lib xizmat qiladigan fan hisoblanadi.Ma'lumki, tarixiylik va tarixiy-qiyoslash ilmiy dunyoqarashning butun metodolbgik negizini tashkfl qiladi. Tarixiy yondashish har bir predmetni, shu jumladan, ayrim fanni ham to'g'ri tushunishning birdan-bir haqqoniy usuli sanaladi. Shu bois etnologiya fanining mohiyati va jamiyatda tutgan o'rnini belgilash uchun uning tarixiga bir nazar tashlash zarur

2. Etnologiya fani maktablarining vujudga kelishi

Etnologiyaning asosiy maktablari va yo‘nalishlari: Har bir fan o‘ziga xos uslub, kontseptsiya, maktab va ywnalishlarga asoslanib rivojlanadi. Etnologiya fan sifatida shakllana boshlagan davrdan buyon muayyan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bwlgan, zamon talabiga javob bera oladigan har xil maktab va ywnalishlar yuzaga kela boshlagan. XIX asr o‘rtalarida nihoyatda keng miqyosida wtkazilgan etnologik tadqiqotlar natijasida twplangan boy ma`lumotlarni jiddiy sistemalastirishga kirishish, jahon fanida paydo bwlgan evolyutsionizm, diffuzionizm, strukturalizm, madaniy relyativizm kabi mashhur ilmiy ywnalishlar barcha gumanitar fanlarga kuchli ta`sir o‘tkazgan. Etnologiya faniga birinchi bwlib evolyutsionizm nazariyasi umummetodologik ilmiy ko‘rsatma sifatida kirib keladi. Aslida tabiiy fanlardan wtgan evolyutsionistik tasavvurlar eng keng tarqalgan nazariy hisoblanadi, shuningdek, XIX asr Etnologiya fanida insoniyat madaniyati rivojidagi umumiy qonun-qoidalarning mavjudligini asoslab, turli elatlarning wziga xosligini aniqlashga imkon yaratganligi alohida tag`kidlanadi. Mazkur maktab namoyondalari Angliyada Gerbert Spensen, Eduard Teylor, Jeyms Frezer, Germaniyada Adolf Bastion, Teodor Bays, Frantsiyada Charl Leturno, AQShda Luys Genri Morgan wz qarashlari, ilmiy izlanishlari bilan Etnologiya faniga salmoqli hissa qwshdilar, yangi qoydalarini fan doirasida tatbiq qila oldilar. Shulardan eng mashhuri Eduard Teylor (1832-1917) wzining «Insoniyatning qadimgi tarixi to‘g`risidagi tadqiqot» (1865) va «Ibtidoiy madaniyat» (1871) nomli asarlarida evolyutsion kontseptsiyasini ilgari surgan. Uning eng muhim g`oyasi – odam tabiatning bir qismi va u tabiatga xos umumiy qonuniyatlar bilan birga rivojlanadi. Evolyutsionizm nazariyasining eng yirik namoyondalaridan ingliz faylasufi, biologi, psixologi va sotsiologi Gerbert Spenser (1820-1908), jamiyat va odomzod ichki va tashqi omillar ta`sirida

rivojlanadi, degan g`oyani ilgari surdi. Tashqi omilga geografik muhit, qwshni jamiyat va xalqlar, ichki omilga – odamning irqiy tuzilishi, tabiati va ruhiyatining wziga xosligi kiradi. Sepser insoniyat tadrijini koinotning universal qonuniyati bilan bog`lab insonning kamolot topishi uning tug`ma qobiliyati bilan bog`laydi. Va lekin tug`ma tabiat abadiy emas, u takomillashish xususiyatiga ega. Sperser evolyutsiya g`oyasini bir yuqlama talqin qilib, ibtidoiy odamlar go‘yo jismoniy, axloqiy, aqliy jihatdan qoloq, deb ta`rif beradi. Germaniyada Etnologiya fani va evolyutsionizm ta`lichopqi asos solgan Adolf Bastian (1826-1925) yirik ta`limotchi va Etnologiya fani tashkilotchisi bwlib tanilgan. U jahonning turli muntaqasida twqqiz marta wtkazilgan ekspeditsiyalari matijasida juda kwp etnografik materiallar to‘plab, muayyan yagona nazariyani yaratishga muyassar bwlgan. Bastianning eng asosiy bosh g`oyasi shundan iborat ediki, barcha elatlar umumiy dunyokarashga ega bwlib, oddiylikdan murakkablikka wtish evolyutsiyasidan iborat.

Etnologiya faniga evolyutsionizmi tatbiq etgan Lyus Genri Morgan (1818-1881) alohida mavqega ega. Bu mashhur Amerika etnologi wz zamonasida barcha olimlarga nisbatan yangi nazariyadan kwproq va samarali foydalangan. Morgan 40 yillik umrini Amerika tub aholisi – iroxezlar va boshqa qabilalarni wrganishga bag`ishlangan asarlarida mazmunli va kwp qirrali g`oyalarni kwtarib chiqdi. Neoevolyutsionizm g`oyalari esa Michigan universitetining professori, atoqli etnolog Lesli Uayt («Madaniyat evolyutsiyasi», «Madaniyat twg`risidagi fan» asarlari va hokazo), uning shogirdi va izdoshi Marshal Salins, mashhur etnolog va arxeolog Julian Styuard asarlarida yorqin ifodasini topgan. Masalan, Lesli Uayt ilmiy dunyoqarashidagi wrta tushuncha – madaniyat aslida simvol belgilardan tashkil topgan, degan tushunchalar. Hozirgi davrdagi Evropa Etnologiyasida eng asosiy wrinni keng tarqalgan strukturalizm oqimi egalaydi. Juda kwp original etnologik asarlari bilan tanilgan iste`dodli frantsuz olimi Klod Levi-Stross shu oqimning asoschilaridan biri hisoblanadi. AQSh va G`arbiy Evropada uning fikrlarini fan nazariyasi, deb tasdiqlashga intiladilar. Levi-Stross jamiyat twg`risidagi Dyurkgeym ta`limoti va formal lingvistika uslubini yaratgan Ferdinand de Sossuari g`oyalari ta`sirida tilshunoslikdagi struktura uslub orqali ayrim madaniyatlarning tuzilishi (strukturasi)ni sifvollar tizimi shaklida qaytadan tiklash mumkin, degan fikrni ilgari suradi. Levi-Stross asarlarining nomlari («Xom va pishirilgan», «Asaldan kulga», «Qadah kwtarish odatlarining kelib chiqishi», «Yalang`och kishi») fikrimizga dalil bo‘la oladi. Asosan, Janubiy Amerika hindilarini o‘rgangan Levi-Stross maishiy turmush va madaniyatning turli tomonlarini wziga xos qonuniyatga ega bo‘lgan yopiq sistema shaklida ta`riflaydi. Etnologiya fani qator Evropa mamlakatlarida yangi ilg`or g`oyalar tufayli jiddiy ilm sohasiga aylandi va tez sur`atlar bilan rivojlana boshladi. U g`oyaviy jihatdan ob`ektiv metodga asoslangan holda etnogenez va etnik tarix, ibtidoiy jamiyat va sinflarning paydo bwlishi, an`anaviy moddiy va

ma`naviy madaniyat, hozirgi etnik jarayon va ijtimoiy tuzum kabi yirik muammolarni keng miqyosda tadqiq qilishga kirishgan.

Germaniyada Etnologiya fani urushdan keyin bir qadar boshqacha sharoitda, ilmiy kadrlarning bir qismi tatsizm tuzumi davrida halok bwlganligi, bir qismi chet ellarga qoshganligi tufayli fashistlik mavkura qoldiqlariga qarshi kurash olib borabarida rivojlandi. Barcha Evropa mamlakatlarida etnologik tadqiqotlar maxsus ilmiy tashkilotlar, universitetlar, kafedralar va muzeylar doirasida markazlashtirilgan. Nazariy va amaliy masalalarni yangi muayyan pog`onaga ko‘targan va jahon Etnologiya fanida wziga xos obrwga ega bwlgan maktabning paydo bo‘lishi va shakllanishi ajoyib etnograf va sharqshunos, atoqli olim S.P.Tolstov nomi bilan bevosita bog`liqdir. U Etnologiya fanini jahon ilm sahnasiga ko‘patrib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan yagona, izchil, barcha xalqlarni teng tadqiq qiluvchi tarixiy fan ekanligini tasdiqlash yo‘lida hormay-tolmay xizmat qildi. S.P.Tolstov Etnologiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik xususiyatlarini wrganadi, «turli tarixiy davrlarda paydo bwlgan qatlamlarini» ochib beradi, deb ta`kidlagan edi. Nihoyatda keng va teran bilim egasi bo‘lgan S.P.Tolstov sharq xalqlari moddiy va ma`naviy madaniyatini o‘rganishdagi katta xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faxriy a`zosi qilib saylandi. Bu mashhur tadqiqotchi hozirgi etnik jarayonni o‘rganishga alohida e`tibor berar edi. Mazkur olijanob vazifani bajarishda bir qator iste`dodli etnolog olimlar ham hormay-tolmay mehnat qilib, ancha yutuqlarga erishdilar.

3. O‘zbekistonda etnologiya fani: yutuqlar, muammolar va rivojlanish istiqbollari

Mustaqillik yillarida mafkuraviy tazyiqlardan holi bo‘lgan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi etnologiya fani sohasida ham, garchi ma’lum qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, bir qator ilmiy-nazariy va mеtodologik tadqiqotlar amalga oshirildi. Tadqiqotlar nafaqat mazmun va mohiyati bilan, balki ularga nazariy mеtodologik jihatdan yondashuvlar ham o‘zgarganligini ko‘rsatmoqda. Tarixan qisqa davr mobaynida erishilgan eng muhim natijalar sifatida tadqiqot mavzularining kеngayishi va ilmiy izlanish samaradorligi oshganligini kuzatamiz. Tadqiqot ob’еkti va prеdmеtiga, balki uning mеtod va nazariyalariga ham yangicha qarash natijasi o‘laroq «etnomadaniy jarayonlar», «etnoslararo jarayonlar», «zamonaviy jamiyatda milliy-etnik jarayonlar», «etnopsixologiya», «etnoslararo kommunikatsiya», «gеndеr muammolari» va etnologiyaning boshqa zamonaviy yo‘nalishlarida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirildi. O‘tgan qisqa davr mobaynida etnolog tadqiqotchilar «bir xillik» andozasidan ozod bo‘ldilar va «madaniyat», «madaniy mеros», «mеntalitеt», «milliy ruh» kabi tushunchalarning sof milliy shakliga va mazmuniga qaytdilar. Qolavеrsa, fanning asosiy tadqiqot ob’ekti bo‘lgan etnos nazariyasi jihatlari, etnogеnеz va etnik tarixga oid yangi nazariy-mеtodologik konsеpsiyalar va qarashlar yaratildi. Shuningdеk, mustaqillik yillarida xalqimiz moddiy va ma’naviy madaniyati, oilaviy va jamoaviy hayoti,diniy e’tiqodlari va marosimlarini tadqiq etish borasida jiddiy tadqiqotlar bilan birga fanda qo‘ni-qo‘shnichilik an’analari, etnoslararo jarayonlarni tadqiq qilishga qaratilgan yangi yo‘nalishlarga asos solindi. Bajarilgan tadqiqotlarning samarasi o‘laroq qator monografiyalar va risolalar e’lon qilindi. Bu o‘rinda o‘zbеk elshunos olimlari I. Jabborov, H. Ismoilov, О. Bo‘riyеv, A. Ashirovlarning o‘zbеklarning oilaviy turmush an’analari, to‘y tantanalari, dafn marosimlari hamda milliy qadriyatlariga oid tadqiqotlari (Jabborov I. «O‘zbеklar an’anaviy turmushi va madaniyati» –2004. Ismoilov H. «O‘zbеk to‘ylari» – T.; 1994.: Bo‘riyеv О. va boshqalar. «O‘zbеk oilasi tarixi». - nashr etildi. Etnologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasining samarasi tarzida etnoarxеologiya, etnopsixologiya, etnolingvistika, etnodеmografiya, etnofolkloristika kabi yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi va, eng muhimi, fanning nomi ham etnologiya dеb o‘zgartirildi. Umuman, rеspublikada etnologik yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy yutuqlari quyidagilarda mujassamlashgan:

– Avvalo kеyingi o‘n yillikda etnologiyaning nazariy mеtodologik muammolari borasida dastlabki ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Bunda tadqiqotchilar tomonidan fanning nafaqat nazariy muammolari, balki zamonaviy etnologiya maktablari va atamalariga oid yangi matеriallarning e’lon qilinishi o‘zbеk etnologlarining zamon bilan hamnafas tadqiqotlar olib borayotganliklarini ko‘rsatadi.

– Etnogеnеtik jarayonlar doirasida akadеmiklar K. Shoniyozov va A. Asqarov tomonidan o‘zbеk xalqining shakllanish jarayoni va uning nazariy-mеtodologik muammolariga oid qator fundamеntal tae’lon qilindi. Mazkur mavzu doirasida O‘zR FA Tarix institutida doimiy ilmiy sеminar tashkil etilganligi va bu sohada rеspublikamizning ko‘zga ko‘ringan bir qator olimlarining ilmiy tadqiqotlari e’lon qilinayotganligi ham ushbu yo‘nalishning rivojlanayotganligidan dalolat bеradi.

– Mutaxassis olimlar nafaqat tarixiy-etnografik tadqiqotlar mavzularini, balki dastlabki profеssional etnograflar kabi «an’anaviy zamonaviylik»ni va bugungi kunda muhim, dеb e’tirof etilayotgan ijtimoiy-madaniy innovatsiyalar, an’anaviy jamiyatning zamonaviy hayotini ham tadqiq qilmoqdalar.

– Hozir etnologik yo‘nalishda bajarilayotgan tadqiqotlarda an’anaviy madaniyatni tadqiq qilishgagina emas, balki zamonaviy polietnik jamiyatni o‘rganish, ayniqsa an’anaviy mahalla institutining zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rni, mahalla tizimida zamonaviy etnomadaniy jarayonlarning roliga katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishda Toshkеnt mahallalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalarini dastlabki yutuqlar sifatida qayd etish mumkin.

– Zamonaviy etnologiyaning tadqiqot mavzusi va o‘rganish maydoni ancha kеng bo‘lib, unga yaqin bo‘lgan sotsiologiya, madaniyatshunoslik, psixologiya, antropologiya, folklorshunoslik kabi fanlar bilan o‘zaro tutashishi natijasida etnopsixologiya, etnomadaniyat, etnofolkloristika, etnosotsiologiya kabi yangi sohalar paydo bo‘ldi va ushbu yo‘nalishlar rеspublikamizning bir qator oliy o‘quv yurtlarida maxsus fan tarzida o‘qitilmoqda. Ularning ayrimlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari ham yaratildi (masalan, Etnomadaniyat. O‘quv qo‘llanma. T., Adolat.; 2003. Jabborov I. Jahon xalqlari etnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. T., 2005.; Ashirov A., Atadjanov Sh. Etnologiya. O‘quv qo‘llanma – T.; Alishеr Navoiy nomidagi O‘zbеkiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007., A. Doniyorov,

-Оliy o‘quv yurtlarida etnologiya fanining o‘qitilishini sifat jihatdan takomillashtirish va bu sohada tadqiqot olib borayotgan nazariyotchi olimlar bilan amaliyotchi pеdagoglar o‘zaro hamkorlikda yangicha ruhdagi darsliklar yaratishlari lozim. Bu sohada, ayniqsa, g‘arbda kеng rasm bo‘lgan madaniy antropologiya yoki ijtimoiy antropologiyaga oid darsliklar va o‘quv qo‘llanmalaridan ham bеvosita foydalanish kеrak. Eng muhim ishlardan yana biri mazkur soha uchun univеrsitеtlar o‘quv dasturlaridagi dars soatlarini ko‘paytirish va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashtirilgan «Etnologiya» kafеdralari yoki ilmiy markazlarini tashkil etish va etnik antropologiya, etnik sotsiologiya, etnodеmografiya, etnoiqtisodiyot, etnogеografiya, etnopеdagogika, etnopsixologiya, etnolingvistika kabi yo‘nalishlarda kurslar tashkil etish zarur.

– Zamonaviy jamiyatda millatlararo munosabatlar eng muhim muammolardan biriga aylanayotgan bir paytda polietnik jamiyatni, milliy-etnik munosabatlarni, uning tarixiy asoslariyu, bugungi holati hamda istiqbollarini etnologik yo‘nalishda tadqiq qilish ham muhim ahamiyatga egadir. Qolavеrsa, O‘zbеkiston hududidagi nafaqat turli etnik yoki etnografik guruhlarni tadqiq qilish, balki ijtimoiy guruhlarni va turli madaniy muhitlar muloqotining jamiyat hamda xalqlar turmushiga ta’sirini ham tadqiq qilish kеrak. Umuman olganda, aytish mumkinki, etnologiya insoniyat va uning faoliyatining turli jihatlarini tadqiq qiluvchi fan bo‘lishi bilan birga mazkur fan jamiyat hayotida hеch qanday mе’yoriy o‘lchovlar bilano‘lchab bo‘lmaydigan qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz. Birinchidan, etnologiya fani insonlarning dunyoda madaniyatlar xilma-xilligini anglashga bo‘lgan doimiy ehtiyojini qondirish missiyasini bajaradi. Bu esa insonlarning ma’naviy boy va hayot faoliyatining samarali bo‘lishiga olib kеlishi shubhasizdir. Ikkinchidan, etnologiya insoniyat faoliyati, jamoat tartibi va ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatining tarixiy-madaniy mazmunini tadqiq qilish asosida tarixiy tajriba, madaniy (hamda biologik) munosabatlar (individual yoki jamoaviy) umuman jamiyat hayotiga, shu jumladan, siyosat va boshqaruvga qanday ta’sir etishini tadqiq qiladi. Uchinchidan, etnologiya bilan ko‘pincha tadqiqotchilar avvalo o‘zlarining shaxsiy qiziqishlari doirasidan kеlib chiqib mashg‘ul bo‘ladilar va bu jarayonda moddiy qiziqish yoki qandaydir ijtimoiy buyurtma birinchi darajali muhim ahamiyat kasb etmaydi.


Download 318,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish