Topshiriqlar
1. Ms Excel dasturida oilaviy yoki kichik korxona yillik hisobotini yurituvchi avtomatik ishlovchi dastur tuzing.
Topshiriqni bajarish tartibi:
a. Talabalar elektron jadvallar mavzusini to’la o’rganganliklarini sinovdan o’tkazish maqsadida har birlari Ms Excel dasturida oilaviy yoki kichik korxona yillik hisobotini yurituvchi avtomatik ishlovchi dastur yaratadilar.
b. Dasturni sahifalarni turli grafik obyektlar bilan bezashadi.
2.Darsda foydalaniladigan metodlarni tanlang va dars ishlanmasi tayyorlang.
Topshiriqni bajarish tartibi:
a. Darsda foydalaniladigan usullarni o’qituvchi tavsiyasiga binoan o’rganib chiqishadi(klaster, insert, keys, sinkveyn va b.).
b. Tanlangan metod asosida internet haqidagi yangi ma’lumotlar asosida dars ishlanmasini tayyorlashadi(45 daqiqali va 80 daqiqalik).
3. Mavzuga doir dasturda ishlash ko‘nikmalarni shakllantiruvchi va qiziqtiruvchi savollar to‘plami tuzing
Topshiriqni bajarish tartibi:
a. Talabalar kichik guruhlarga bo’linib Ms Excel dasturiga oid qiziqarli ma’lumotlar to’plashadi(Manba internet web sahifalari va dastur yordamchi paneli).
b. Tuzilgan qiziqtiruvchi savollar to‘plami kichik guruhlar o’rtasida muhokama qilinadi va g’olib jamoa vakillari a’lo bahoga baholanadi.
13-seminar.
Mavzu. “Taqdimot yaratish” mavzusini o’qitish metodikasi
MS Рower Point grafik redaktori to`g`risida umumiy ma`lumotlar.
MS Power Point 2013 dasturi va uning menyu bo`limlari bilan tanishib chiqish.
MS Power Point 2013 dasturida taqdimotlarni tayyorlash strukturasi.
Taqdimot slaydini dizaynlash.
Bugungi kunda rivojlanib borayotgan jamiyatimizda, reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko`rinishlari: varaqalar, e’lonlar, tele va radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarni yaratish va tarqatish bo`yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Taqdimotlarni yaratish va tayyorlash uchun ko`pgina amaliy dasturlar mavjud. Ularga misol sifatida bazibir amaliy dasturlar nomlarini keltirib o`tamiz:
Microsoft Power Point;
Apple Keynote;
Google Prezentatsiya;
Prezi;
Haiku Deck;
Slides;
SlideDog;
Projeqt;
Flowboard.
Statistik ma’lumotlarga ko`ra, hozirgi vaqtda Microsoft Office dasturlari paketi tarkibiga kiruvchi, Microsoft Power Point dasturidan, bir sekundda 350 kishi va dunyo aholisining 95 % (foizi) foydalanar ekan. Ushbu foydalanuvchilar tarkibiga, o`qituvchilar, bank hodimlari, o`z maxsulotini reklama qiluvchi biznesmenlar va boshqalar kiradi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, biz, Microsoft Power Point 2013 dasturi haqida ma’lumotlar, prezentatsiya tushunchasi uning imkoniyatlari va unda prezentatsiya tayyorlashni ushbu mavzuimizda yoritib o`tmoqchimiz.
Reklama prezentastiyasini yaratish bu, ko`p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va mas’uliyatli jarayondir. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli prezentastiyalar yaratish imkonini beradi.
Prezentastiya (taqdimot) larni tayyorlash natijasida:
qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan xujjat;
kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;
slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;
cho`ntak daftarchasi;
elektron prezentastiyalarni olish mumkin.
Microsoft Power Point dasturi 1987 yildan boshlab paydo bo`lgan bo`lsa ham, ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o`rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo`shimcha fikrlar va prezentastiyalarni qo`llashning yangi effektiv usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Pointdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi hoh u yangi ish boshlovchi bo`lsin, hoh tajribali bo`lishidan qat’iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
Misrosoft Power Point - universal, imkoniyatlari keng bo`lgan, ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Power Point dasturi Misrosoft firmasining prezentastiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo`lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko`rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham foydalanish mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo`llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - slayd va prezentatsiya tushunchalaridir.
Slayd - ma’lum bir o`lchamga ega bo`lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko`rgazmani, kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko`rgazmani tashkil qilish - slaydlar ketma-ketligini loyixalash va jixozlash demakdir.
Prezentastiya (ingliz tilidan olingan bo`lib “taqdimot qilish” degan ma’noni anglatadi.)
Prezentatsiya (taqdimot) – ma’ruza, biznez reja va hokazolar bo`lishi mumkin. Har bir prezentastiya bir nechta slayddan tashkil topgan bo`lishi mumkin.
Prezentastiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya - Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo`lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o`z hohishingizga ko`ra almashtirishingiz mumkin.
Prezintatsiya (taqdimot) larning ko`rinishlari;
Katta auditoriyalarga mo`ljallangan, aniq bir ssenariyaga asoslangan taqdimotlar;
Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan interaktiv taqdimotlar;
Doimiy ravishda harakatlanib turuvchi taqdimotlar;
Savdo va marketing taqdimotlari;
Ta’lim beruvchi taqdimotlar;
Ilmiy –tadqiqot hisobotlari uchun mo`ljallangan taqdimotlar.
Prezentatsiyalarni taqdim etish, axborot texnologiyasining samaradorligini ko`p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va hokazolarga bog`liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
MS Power Point 2013 dasturini ishga tushirishni 2 xil usulda amalga oshirish mumkin.
1. Bu dasturni ishga tushirishni, Windows operatsion tizimining “Пуск” → “Все Программы” → “Microsoft Office 2013” → “Power Point 2013” va enter tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
2.Windows operatsion tizimining “Рабочий стол” (ish stoli) da sichqonchaning o`ng tugmasi bosiladi va “Создать” → “ Презентация Microsoft Power Point” yorlig`i ustiga kelib bir marta sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.
Shunday qilib, MS Power Point 2013 dasturi yorlig`i (logotipi) windowsning ishchi stolida hosil bo`ladi.
|
|
8.1-rasm. MS Power Point 2013 dasturining yorlig`i (logotipi)
|
Ushbu yorliqning ustiga sichqonchaning chap tegmasini ikki marta bosamiz va bizga uning ishchi oynasi ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |