Dars turi: Seminar;
Darsda qo‘llaniladigan metodlar: ko‘rsatmalik, blits-so‘rov, klaster
Xonaning jihozlanishi: kompyuterlar, videoproektor
Darsdan kutilayotgan natijalar: talabalar mavzu bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ladilar va talabalar WORD matn muharriri bo‘yicha boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘ladilar.
Darsning borishi:
Darsning tashkiliy qismi. O‘qituvchi dars boshlanishidan oldin talabalar uchun kompyuterlarni ishlashini ko‘zdan kechiradi va mavzuga oid ma’lumotlarni proektrda namoyishini ta’minlaydi.
Darsning mazmuni. Respublikamizda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining uzluksiz ta’lim tizimining deyarli barcha bosqichlarida informatika va axborot texnologiyalari fani davlat ta’lim standartlari asosida o‘qitilib kelinishi hamda tufayli talabalarda ushbu mavzu yuzasidan ma’lum darajada bilim ko‘nikmalar shakllanganligi sababli, o‘qituvchi talabalarning ayni vaqtdagi bilim saviyasidan kelib chiqqan holda davom ettiradi. Bunda o‘qituvchi talabada mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otuvchi turli blits savollar orqali bilishga harakat va mustaqil izlanuvchanlikni vujudga keltiruvchi tezkor savollardan foydalanishi maыsadga muvofiq. O‘qituvchi yangi mavzuni e’lon qilib talabalarga blits savollar orqali talabalarni bilim saviyasini qisqa nazoratdan o‘tkazadi. Blits savollar:
1. WORD matn muharriri nima maqsadda ishlatiladi?
A) Hujjatlarni yaratish va qayta ishlashda
V) Grafik ma’lumotlarni qayta ishlashda
Qaysi belgi WORD dasturining maxsus belgisi?
A) V)
3. WORD matn muharririda harflar o‘lchami qancha kattalikda bo‘ladi?
A) 1560 V) 1638
4. WORD matn muharririda jadval tashkil etish necha usulda amalga oshiriladi?
A) 2 xil V) 3 xil
5. WORD matn muharririning ish maydoni necha baravargacha kattalashtiriladi.
A) 15%-600% V) 10%-500%
Savollarning tuzilishi oddiy izlanuvchanlikka undovchi tarzda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Blits savollarning natijasida talabalarning joylashuvi mavzuga doir bilimlariga ko‘ra o‘zgartiriladi. Bundan maqsad WORD matn muharririda ishlashni biladigan talabalar boshqa talabalarga ham mavzuni o‘zlashtirishlarida ko‘maklashadi.
O‘qituvchi dasturning qanday sohalarda ishlatilishini “Klaster” usulida tayyorlangan animatsion grafik material orqali tushuntirib o‘tadi.
O‘qituvchi darsda ishlatiladigan quyidagi yangi iboralarni to‘liq tarqatma material sifatida tayyorlab tarqatadi va izohlaydi.
Tayanch iboralar: WORD, .doc, shrift, kursiv, interval, format, snoska, eskiz, setka, veb hujjat, kalonka, makros, fon, tema, equation
Tayanch iboralarning alohida izoh slaydi talabalarga taqdim etiladi.
O‘qituvchi talabalarga mavzuga doir seminar topshiriqlarini baarish usullarini ketma-ket o‘rgatadi. Yangi dars materiali quyidagicha bo’lishi tavsiya etiladi.
MS Word-2003-2007 ni ishga tushiring. Buning uchun ekranning quyi chap qismida joylashgan Masalalar paneli (Панели задачи) dagi «Пуск» tugmasi bosiladi.
2.Ochilgan muloqat oynasidan «Все программы», undan «Microsoft Office» so’ngra «Microsoft Word» (Bundan keyingi hollarda Word deb yuritamiz) buyrug’’i tanlanadi va sichqoncha ko’rsatkichi orqali ishga tushuriladi.
34-rasm
3.MS Wordni turli yo’llar bilan ishga tushurish mumkin. Masalan, quyidagi rasmlarda ko’rsatilgan holatlarni bajarib ko’ring.
35-rasm
Yoki «Пуск» menyusidan «Недавние документы...» buyrug’’i tanlansa, oxirgi 15 ta hujjatlar ro’yxati ekranga chiйariladi. Word hujjatini tanlash bilan ham uni ishga tushirish mumkin bo’ladi.
36-rasm
4. Ochilgan ish sohasida ixtiyoriy biror matn kiritib ko’ring.
5. Matnni lotin va kiril alifbosida kiritishni bajaring.
Buning uchun harflarni lotin (EN) yoki kiril (RU) alifbosiga o’tkazish, klaviaturadagi «Shift+Alt» klavishlarini birgalikda bir marta bosish orqali amalga oshiriladi yoki masalalar panelidan quyidagicha tanlash bilan bajariladi.
37-rasm
6. Word ning ish faoliyatini yakunlang. Buning uchun menyular satridagi «Файл» menyusidan «Выход» buyrug’’i yoki sarlavha qatorining o’ng qismidagi «Закрыть» (yakunlash) tugmasini bosish bilan ham amalga osirish mumkin. Klaviatura yordamida esa, Alt+F4 klavishlarini birgalikda bosish orqali.
7.MS Word ning oynalari (menyular satri va asboblar paneli) bilan tanishib, ularning vazifasini o’rganib chiqing.
38-rasm
8. MS Word ning chizg’ich markeri bilan tanishib, sarlavha, asosiy matn va abzatslarni qo’yishni o’rganing.
9. Sinov matni (hujjat) ni fayl sifatida kompyuter xotirasida saqlang. Saqlash uchun «Файл» menyusidag «Сохранить как…» bandi tanlanadi va hosil bo’lgan muloqat oynasida rasmda ko’rsatilgan ketma-ketlik bajariladi. Boshqa variantlari quyidagicha:
a)Instrumentlar sohasidagi disk rasmli tugmacha tanlanadi.
b). Klaviatura yordamida Ctrl+S yoki Shift+F12 tugmachalarini bosish bilan ham saqlash mumkin.
Word da fayl nomi 255 tagacha simvollardan tarkib topishi mumkin. Fayl nomida A dan F gacha lotin, A dan Я gacha rus harflari va 0 dan 9 gacha raqamlar ishlatilishi ko’zda tutilgan. Word da saqlanayotgan fayllar kengaytmasi «doc» yoki «rtf» dan iborat bo’ladi.
10. Wordda yaratilgan mavjud (hujjat) fayllarni oching. Buning uchun:
a). «Файл» menyusidan «Открыть…» buyrug’’i tanlanadi. Ekranda yangi panel hosil bo’ladi, foydalanuvchi qurilma yoki papkalarni ko’rsatish bilan faylning joylanish yunalishini o’zgartirishi mumkin.
40-rasm
Fayl tanlangandan so’ng «Открыть» tugmachasi bosiladi.
b). Ctrl+O klavishlarini birgalikda bosish bilan ham ixtiyoriy hujjatni yuklash mumkin.
c). Asboblar panelidagi tugmachani tanlash bilan ham hujjatni ochish mumkin.
Zarur bo’lsa, qurilmani, papkalarni o’zgartirib, zaruriy faylni boshqa joyga tashlash mumkin. Shuningdak, fayl tipini va nomini o’zgartirsh bilan boshqa tipli fayllarni ham yuklash mumkin.
11. Hosil qilingan (saqlangan) faylning nusxasini ko’chiring. Buning uchun dastlab fayl tanlanadi, so’ngra sichqoncha ko’rsatgichi shu faylga keltirilib, uning o’ng (yordamchi) klavishi bosiladi va konteks menyudan «Копировать» buyrug’’i tanlanadi.
41-rasm
12. Hujjattdagi simvollarni formatlang. Buning uchun simvol yoki simvollar guruhi blokka (qora rang bilan ajratib) olinadi. So’ng «Форматирование» asboblar panelidan «Шрифт» bandi tanlanib, ochilgan muloqat oynasidan ixtiyoriy shriftlarni tanlash mumkin. Shrift o’lchami, yozuv stili (полужирный, курсив, полужирный курсив, обычный) satrlarini tanlash bilan belgilangan simvollarni formatlash mumkin.
42-rasm
Bu holatni sichqoncha yordamida ham bajarsa bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |