Ishonchlilik
Manbaning ishonchliligi deganda, tashkilotning e’lonlarda aytib o’tilgan mahsulot qiymatliligi va xizmat ko’rsatish sifati va boshqa hal qiluvchi faktorlar bo’yicha berilgan va’dalarning rostligi muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarni taklif etish brendning kuch hisoblanadi, zero bu faktor tashkilotning ishonchli ekanligini ko’rsatadi, ma’lumki, insonlar mahsulot yoki xizmatlarni shaxsan iste’mol qilmasliklari mumkin lekin ular brendning sifatiga befarq bo’lmaydilar. Misol uchun, ko’pchilik insonlar Dubaydagi Burj el-Arab mehmonxonasi xizmatlaridan hech qachon bahra ola olmasliklari mumkin, lekin mehmonxona g’ayrioddiy arxitekturasi, faqatgina lyuks nomerlari va xizmat ko’rsatish sohasining har jabhasiga katta e’tibor beruvchi dunyoning eng yaxshi mehmonxonalaridan biri maqomiga erisha oldi.
Mehmonxona balandligi 321 metr bo’lgan hilpirab turgan yelkanni eslatib, Dubay sohilida qad rostlagan Tungi vaqtda suv va olovning jozibador raqsini tomosha qilishingiz mumkin. Mehmonxonaning lyuks xonalari dunyodagi barcha go’zalliklarni o’zida mujassamlashtiradi.
Shaxsiy haydovchingiz sizni Rolls-Roysda kutib oladi, ro’yxatdan o’tkazish sizning lyuks xonangizda amalga oshiriladi, har bir qavatda administratsiya stoli va yuqori malakali xizmatkorlar kunu-tun sizning xizmatingizda bo’ladilar, mehmonxonamizda hordiq chiqarishingiz davomida sizga juda katta ehtirom va e’tibor ko’rsatiladi.
(Manba: www.burj-al-arab.com/)
Fil ishonchlilikning manbasi maxsus bilimlar darajasi, jozibadorlik darajasi va qobiliyat(yoki qudrat) darajasiga bog’liq deb ta’kidlaydi. Burj el-Arabga nisbatan ishonchlilik manbasini mehmonxonaning o’ta yuqori sifatli turizm obyekti sifatida obro’sining oshib borayotgani tashkil etadi. Bu birinchi navbatda Dubayning neftga asoslangan badavlat davlat sifatida qabul qilinishi, uning aholisi faqatgina yuqori darajadagi xizmat ko’rsatilishini talab qilishi bilan bog’liq.
Ishonchlilik(avtoritetga)ga mashshur homiylar, chetki guruhlarning tasdiqlovchi harakatlari orqali ham erishish mumkin.Bobning so’nggida keltirilgan 8-amaliy ishda Travelocityning Alan Viker ishtirokidagi muvaffaqiyatli reklama misol qilib keltiriladi; reklamada mashshur shaxslarning ishtiroki borgan sari ahamiyatliroq bo’lib bormoqda, chunki insonlar o’zlarini mashhurlar bilan tenglashtiradilar, hozirda yulduzlarning o’zlari brendga aylanib borishyapti.
Misol
|
|
Mashhur bosh oshpaz va superbrend Gordon Remsi mashhurlikka o’zining televizion shoulari(ayniqsa, “F harfi” shousi), kitoblari, restoranlari hamda pazandaligi, yorqin xarakteri va jaydari tili orqali erishdi. Uning brend restoranlar imperiyasi dunyoning eng yaxshi mehmonxona tarmoqlari bilan bog’langan: Klaridjedagi Gordon Remsi restoranlari, Berklida Petrus, Buyuk Britaniyada Savoy Gril Restorani va Nyu-Yorkdagi London mehmonxonasida Gordon Remsi restorani. Rits-Karlton mehmonxonalari Gordon Remsi restorani ularga raqobatda yutib chiqishga, uning milliy va xalqaro taniqli oshpaz statusi yangi mehmonxonaning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb umid qiladi.
Manba: www.travelweekly.co.uk/Articles/2007/03/01/23890/
|
Albatta hamma taniqli insonlar yuqori sifat hissini uyg’otavermaydi. Devid Dikinson, Buyuk Britaniyaning mashshur teleboshlovchisi va antiqa tarixiy buyumlar bo’yicha mutaxassis, o’zining shoularida qanday qilib “arzongarov tovarlar va xizmatlar”ni topishga urg’u beradi. Uning obrazidan qimmat bo’lmagan aviakompaniyalar xizmatlarini reklama qilishda foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |