6.3. Xizmat ko‘rsatish madaniyati
Hozirgi kunda jahon turizmida xususiy sektor jahon turizm infrato‘zulmasining 90% nazorat qiladi. O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayoni 1994 yilda boshlangan bo‘lib, hozirda u xususiy sektor turizmni rivojlantirish uchun asosiy harajatlarni qilayotgan davlatlar bilan raqobatlasha olmaydi. Shuning uchun ham O‘zbekiston hukumati tashkil qilish taklif qilinayotgan turizm, madaniyat va sport departamenti orqali turizm industriyasining har bir bo‘g‘imida xususiy korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Xalqaro amaliyotda kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llabquvvatlashning keng tizimi ishlab chiqilgan, O‘zbekistonda ana shu tajribadan foydalanish lozim. Buning uchun hukumat kafolatlar, subsidiya zayomlari, soliq imtiyozlari orqali yordam berishi kerak. Zamonaviy xalqaro turizm turli davlatlarning jahon turizm bozoriga chiqishining o‘ziga xos mexanizmi bo‘la oladi. O‘z vaqtida milliy turistik majmualarning jahon bozoriga kirib borishi natijasida milliy iqtisodiyotning boshqa sohalari ham tovarlar va xizmatlar bozoriga kirib borishlari uchun sharoit yaratiladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi rivojlangan davlatlar milliy iqtisodiyotining iqtisodiy rivojlanishning indo‘strlashtirishdan so‘nggi davrga kirib borishi bilan belgilanadi. Uning o‘ziga xos belgisi, bu o‘zining industrial texnologiyalariga nisbatan axborot texnologiyalarining ko‘proq bo‘lishidir. Turizm mustaqil soha sifatida ma’lumotlar davrining munosib vakili hisoblanadi. Indo‘strlashtirishni maqsad qilib olgan mamlakatlar uchun turizmdan milliy iqtisodiyotda mavjud barcha ma’lumotlarni to‘plash vositasi sifatida foydalanish rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishga yordam beradi. Tashqi yoki ichki bozorga moslashganligidan qat’i nazar mehmonxona xo‘jaligi milliy turizmning muhim bo‘g‘imlaridan biriga aylanib qoladi. O‘z navbatida mehmonxona xo‘jaligi menejmenti tizimining asosini mehmonxona xizmatlarining uyushgan marketingi tashkil qiladi. Mehmonxona xizmatlari marketingi mavjud mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirish, mehmonxona bozorida faol foydalanish,
maqsadga muvofiq bo‘lgan yangi o‘rinlarni ochish maqsadida tadqiqotlar olib borish texnologiyasini va ajratilishi rejalashtirilayotgan investisiyalar hisob-kitobini o‘zi ichiga oladi. Undan tashqari marketing mehmonxona xo‘jaligini mustaqil turistik mahsulotga aylanishiga yordam beradi. Resurslar tanqis bo‘lgan hollarda mehmonxona marketingi bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning yangi muhim yo‘nalishi mavjud resurslardan iloji boricha samarali foydalanishdan iborat bo‘ladi. O‘zbekistonning mehmonxona xo‘jaligining tahlili shu kunga qadar mavjud an’anaviy usullar bizga mos kelmasligini ko‘rsatdi. O‘zbekistonda mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishda asosan tarixiyetnografik mo‘zeylarni tashkil qilish, bilish turizmni rivojlantirish, "Turkiston qishlog‘i" kabi turlar tashkil qilish, o‘tgan zamonda va hozirgi zamondagi ipakchilik va paxtani qayta ishlash sohasining rivojlanishi haqida hiqoya qiluvchi turlar tashkil qilish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |