Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Marketing v gostinichnoy industrii i turizme./ Pod red. Yankevicha V.S. - M.: F.i.S, 2003. – 416s. 2. Birjakov M.B. «Vvedeniye v turizm» -M.:2005 g. 3.Durovich A.P. Marketing v turizme: Uchebnoye posobiye – Minsk: Novoye znaniye, 2004. - 496s. 4. Yefimov O. P. Ekonomika gostinis i restoranov: Uchebnoye
7-mavzu.Mexmonxonalarda xizmatlar sifatini oshirish
8-mavzu.Mexmonxonalar faoliyatida marketing xizmatlari
9-mavzu.Strategik rejalashtirishda marketingning roli
10-mavzu. Mexmonxonalarda marketing faoliyatini strategik rejalashtirish
11-mavzu. Marketing axborotlar tizimi va marketing tadqiqotlari
12-mavzu. Mexmonxona biznesida bozor konyukturasi
5-mavzu. Turizm va mehmonxona xo’jaligining marketing tadqiqotlari
Reja:
1. Marketing tadqiqotlarining ahamiyati, mazmuni va shakllari
2. Turistik korxonalar va mehmonxonlarning marketing muhiti tadqiqoti
3. Turistik va mehmonxona xizmatlar bozorining marketing tadqiqotlari
4. Turistik korxonalar va mehmonxonalar raqiblarining marketing tadqiqoti
1. Marketing tadqiqotlarining ahamiyati, mazmuni va shakllari
Marketing tadqiqotlari ma’lumotlarni doimiy to’plash qayta ishlash va tahlil qilishga asoslangan marketing echimlarini qabul qilish jarayonida noaniqlikni kamaytirish va xavf-xatarni minimallashtirishga imkon beradi.
Marketing tadqiqotlarining samaradorligi va natijaviyligi bir qator tamoyillarga e’tibor berishga asoslangandir (1 - rasm).
Tamoyillar
Majmuali va doimiy
Ob’ektivlik, aniқlilik va sinchkovlikka asoslangan ilmiy yondoshuv
Marketing va ijtimoiy tadқiқotlar amaliyoti bo’yicha xalқaro kodeks bilan belgilangan tamoyillarga mos kelishi
Sinchkovli izlanish va ish amallar rejasini tuzish
1- Rasm. Marketing tadqiqotlarni o’tkazish tamoyillari.
Turistik firmalar ikki xil tadqiqot o’tkazishi mumkin:
1) Turistik bozorda ruy beradigan barcha o’zgarishlarni va rivojlanish yo’nalishlarini aniqlash maqsadida doimo o’tkaziladigan joriy tadqiqot;
2) Turistik bozordagi o’zgarishlar tahlilini tekshirish yoki tahlil qilish maqsadida bitta aniq vaziyatni o’rganish.
Turizmdagi tadqiqotlar har xil shakllarda namoyon bo’lishi mumkin:
- oddiydan boshlab murakkabgacha;
- dalillarni to’plashdan boshlab majmuali matematik modellarni qo’llashgacha;
Tadqiqot tarkibining har aniq vaziyatda o’ziga xos bo’lishiga qaramasdan, uning beshta majburiy bosqichlari to’g’risida aytib o’tish kerak (2- rasm).
1.Tadqiqot tamoyillarini
ishlab chiqish
|
|
- boshqaruv muammosi;
- tadqiqot maqsadlari;
- ishchi bashorat.
|
|
|
|
2. Axborot manbalarini
Tanlash
|
|
- ko’rsatkichlar tizimi;
- tadqiqotlar usullari;
va ishchi moslamalar
|
|
|
|
3. Axborotni to’plash
|
|
- texnikaviy tayyorgarlik
va tashkil etish;
- ma’lumotlarni to’plash
jarayoni;
- ajratib olish.
|
|
|
|
4.Ma’lumotlarni
tahlil qilish
|
|
- ma’lumotlarni dastlabki
texnikaviy qayta ishlash;
- ma’lumotlarni tahlil
qilish.
|
|
|
|
Tadqiqot natijalarini tavsiya etish
|
|
- xulosalar va takliflar;
- hisobot.
|
2- rasm. Marketing tadqiqotlarining bosqichlari va jarayonlari
Marketing tadqiqotlarining tamoyillari, tadqiqot muammolari, maqsadlari va vazifalarini keng ravishda aniqlash hamda ishchi bashoratni shakllantirishdan iborat.
Marketing tadqiqotlarining boshlang’ich nuqtasi bu echimga muhtoj bo’lgan muammoning xususiyatidan kelib chiqadigan maqsadlari va vazifalarning aniq shakllanishi.
Marketing tadqiqotlari jarayonida echimga muhtoj bo’lgan muammolar to’g’risida to’liq axborot olish uchun qo’yidagi yondoshuvlarni birgalikda qo’llash zarur:
korxonaning turistik mahsulotlar yaratish va xizmat ko’rsatish faoliyati natijalarini tahlil qilish;
rahbar va mutaxassislarni ekspertlar tekshiruvidan o’tkazish;
marketing vazifalarining bajarilishini nazorat qilish.
Belgilangan muammolar aniq shakllangan va detallashgan marketing tadqiqotlarining maqsadlarini bilishga imkon beradi. Aniq shakllangan maqsad tadqiqotlarining bosh yo’nalishlar va hajmlarni tanlash uchun xizmat qiladi. Tadqiqotning aniq vazifalarining shakllanishi maqsadni tushunishga ko’maklashadi va uning aniqligiga olib keladi, ya’ni noaniqlikni yo’q qiladi.
Tadqiqot muammosini, maqsad va vazifalarining aniqlanishi ishchi bashorati ya’ni marketing tadqiqotini o’tkazish orqali tekshirishga oid bo’lgan o’rganiladigan hodisa va jarayonlar o’rtasidagi aloqalarga va ahamiyatiga nisbatan bo’lgan tasavvurlarni shakllantirish imkoniyatini ta’minlaydi.
Bashorat o’rganiladigan muammo bilan bevosita bog’liq bo’lishi va uning echimi uchu nasos bo’lib xizmat qilishi kerak. Bundan tashqari, uni empirik material asosida tekshirish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Bashoratning ikkita turi mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1) bayon qiluvchi bashoratlar bu o’rganiladigan ob’ektlar, hodisa va jarayonlarning muhim xossalari va tavsiflari to’g’risidagi asosiy taxminlar.
2) tushuntiruvchi bashoratlar dalillar va xodisalar o’rtasida bo’lgan aloqalar va sababli-oqibatli bog’lanishi to’g’risidagi asosiy taxminlar.
Ishchi bashorat tadqiqot uchun zarur bo’lgan xilma-xil axborot manbalaridan olish mumkin bo’lgan ko’rsatkichlar tizimini shakllantirishga imkon beradi.
Axborot manbalarni ajratib olinishi zarur bo’lgan ma’lumotlarni yuqori tezlik va samarali olish uchun zarur bo’ladi. Tadqiqotchilar o’z faoliyatini odatda ikkilamchi ma’lumotlarning tahlildan boshlashadi, agar ular etarli bo’lmasa, birlamchi ma’lumotlarni to’play boshlaydilar.
Axborot to’plami jarayoni aniq tuzilma asosida amalga oshiriladi. Vaqt va qiymat cheklanganligi tufayli marketing tadqiqotlar odatda tanlov tavsilotga ega bo’ladi. Butunlikni ifoda etadigan maqsadli guruh (bosh butunlik) ning ayrim qismining tadqiqotini o’tkazish asosida butun guruhning yurish-turishi fikri va h.k. to’g’risida xulosa berish mumkin.
Birlamchi axborotni to’plash jarayonida tanlash rejasini tuzish zarur, chunki u tadqiqot oldida turadigan maqsad va vazifalariga javob beradi. Buning uchun aniqlash kerak:
tanlash tarkibini kuzatuvchi ob’ektlar butunligi (iste’molchilar, kompaniya xodimlari, dallollar va h.k.)ni ifoda etadigan tadqiqot ob’ektini aniqlash;
tanlash tuzilishini: uni aniqlashda odatda ikkita taxminiy va determinallashgan yondoshuvdan foydalanadi. Taxminiy yondoshuv butunlikning qanday unsuri bo’lmasin, u aniq taxmin asosida tanlanish mumkinligini ifoda etadi. Amaliyotda eng oddiy va tarqalgan usuli bu oddiy tasodifiy tanlash, chunki bunda butunlikning har qaysi unsuri tadqiqot uchun tanlashning teng taxminiga ega bo’ladi.
Determinallashgan yondoshuv butunlikning unsurlarini tanlash qulaylik (muloqat o’rnatish oddiyligi), yoki tadqiqotining qarori yoxud guruh tarkibi (butunlikning vakillik unsurlari)ga asoslangan usullar orqali amalga oshirilishini taxmin qiladi. Taxminiy tanlashning aniqligi yuqori, lekin u determinallashgan usuldan ancha murakkab va qimmat.
Marketing tadqiqotini tashkil etish shaklini tanlash qo’yidagi omillarga asoslanadi:
firmaning bozordagi ish tajribasi;
tadqiqotchi xodimlarning borligi;
xodimlarning kasbiy salohiyati;
firmaning bozordagi holati va uning maqsadlari;
firma bozor faoliyatining strategiyasi va taktikasiga.
Marketing tadqiqotlar samaradorligini aniqlaydigan muhim omil bo’lib, bozorni majmuali o’rganish hisoblanadi (3- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |