1- mavzu.“Мehmonxona xo’jaligi marketingi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 3,49 Mb.
bet18/137
Sana30.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#519631
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   137
Bog'liq
МEHMONXONA XO’JALIGI MARKETINGI

Oldindan o’rganish bu kelajak to’g’risida axborot olish.
Kon’yukturani oldindan o’rganish – omillar uchta guruhini tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi:

  • ob’ektiv guruh (aholi daromadlari, demografik vaziyat, siyosiy vaziyat va boshq.);

  • sub’ektiv (psixologik xususiyatlari, milliy urf-odatlar va boshq.);

  • maxsus (turmahsulot assortimenti va narxi, sayohat ob’ektining jozibaligi va arzon – qimmatligi, korxona obro’yi va h.k.).

Kon’yukturaning prognozi odatda qisqa muddatli bo’ladi, chunki faqat ma’lum chegaralarda bozor holati harakatini ifodalash mumkin.
Prognoz qilganda axborot tafsiloti mezoni asosida usullarning uchta sinfi belgilanadi:
1. Dalilografik;
2. Evristika;
3. Aralash.
Prognozlashning murakkab masalasi bo’lib, bir usul yordamida echilmaydigan yangi tovar sotish hajmini oldindan bilish hisoblanadi. Marketing tadqiqotlarini yuritishda yangi tovarning dastlabki, aytaylik, uch yil ichidagi sotilgan hajmlari baholanadi. Bu maqsadda eksport usullari, so’rov usullari, nazorat bozordagi savdo olib borilishi kabi usullar qo’llanilishi mumkin.
Marketing bo’yicha mutaxassislar bilan shakllangan ekspert baholari dastlabki tahlil bosqichida to’plangan raqiblar savdosi, salohiyatli bozor o’lchami, umumiy talab, bozordagi har xil markadagi tovarlar ulushi, savdo aloqalarga kirish qulayligi va boshq. ma’lumotlarga asoslanadi.
Agar axborot etarli bo’lmasa, u salohiyatli iste’molchilarni savdogar, etkazuvchilar, imkoniyat bo’lsa, raqiblarni to’g’ridan-to’g’ri so’rash yo’li orqali to’planadi. Bozorni tekshirish xaridorlarning haqiqiy bozordagi xulqini kuzatish jarayonidagi nazorat yangi tovarlar salohiyatli savdo hajmini baholashga ko’maklashadi.
Bu usullar, odatda birga qo’llaniladi. Aytib o’tilgan yoki boshqa yondoshuvdan foydalanib, marketing xizmati tovarni sotuvga chiqarish uchun yangi tovar kelgusi savdo hajmini o’rnatishi kerak.
Prognozlash jarayonining yakuni bo’lib, prognoz, ya’ni oldindan bilish – og’zaki, matematik, chizma yoki boshqa shaklda belgilangan, ma’lum kelgusi davr mobaynida turfirma o’zini yoki turistik sohaning, hamda muhitning imkoniy holati to’g’risidagi fikrlar bo’ladi.
Kon’yukturani prognozlar turlariga nisbatan yondashish har xil bo’lishi mumkin. Bozordagi vaziyatni to’liq aks etish uchun sstenariy xizmat qiladi.
Sstenariy – bu kelajakni bayon etish. Unda xodisalarning taxminiy rivojlanishi, ularni amalga oshirish imkoni belgilanadi. Vaziyatni oldindan bilish, odatda rivojlanish taxminiy variantlarning aniq soni bo’lishi buning uchun prognoz bir nechta sstenariylardan iborat bo’lishi ularni amalga oshirish uchun har xil erkinliklar yaratish kerak. Sstenariyning eng ishonchli turi asosiy sifatida qabul qilinadi va uning asosida joriy echimlar qabul qilinadi.
Sstenariy va prognoz o’rtasida ma’lum farq bor. Prognoz maxsus vaziyatni oldindan bilishga qaratilgan fikr bo’lib, uning afzalliklarini yoki kamchiliklarni qabul qilinishi yoki bartaraf qilishga asoslanadi. Sstenariy esa bu prognozlarning qaysi turlari yaratilgan bo’lishini aniqlaydigan vosita.
Bozor tahlilida muhim o’rinni bozor hajmi aniqlanishi egallaydi, chunki tahmin etiladigan talab hajmi rejalashtirish jarayonini bosh nuqtasi bo’lib hisoblanadi.
Turistik bozor hajmi – turistik mahsulotini «yutish» qobiliyati, ya’ni ma’lum davr ichida (odatda, bir yil) mavjud bo’lgan narx va takliflar asosida alohida turlar, turizm xizmatlar sotishning imkoniy hajmi.
Turistik bozor hajmi aholi to’lov qobiliyati hajmi, narxlar darajasi va turistik taklif hajmiga bog’liq.
Turistik bozorning salohiyatli va haqiqiy hajmini ajratish kerak. Bozorning salohiyatli hajmi mavjud xizmat turiga bo’lgan to’lov qobiliyati bilan aniqlanadi; haqiqiy hajmi esa ma’lum davr ichida sotilgan xizmatlar hajmi bilan.
Bozor hajmi va o’zgarish yo’nalishlari to’g’risida axborotga ega bo’lgan firma u yoki bu bozorning afzalligini baholash imkoniga ega bo’ladi. Agar bozor hajmi kichik bo’lsa, bozorga kirish va unda faoliyat yurgizish xarajatlari qoplanmasigi mumkin. Inobatga olish kerakki, agar bozor hajmi katta bo’lsa, demak bunday bozorda kuchli raqobat, raqiblar xizmatidan iste’molchilar yuqori darajada minnatdor bo’lishi hamda boshqa omillar ta’sirini hisobga olgan holda u yoki bu bozorni tanlash echimini ehtiyotlik bilan qabul qilish kerak.



Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish