4. Marketingni rejalashtirish jarayoni
Marketing bo‘limining eng muhim funksiyalaridan biri, tashkilotning bozor, raqobat va tashqi muhitga nisbatan pozitsiyasi(munosabati)ni tushunish , shuningdek uning maqsadlari va missiyasini amalga oshirish uchun foydalaniladigan bir qator strategiya va rejalarni ishlab chiqish va joriy etishdir. Bu doimiy jarayon bo‘lib, unda marketing bo‘limi mahsulot (xizmatlar) sotish, bozor ulushi va uning samaradorligi bo‘yicha o‘zgarishlarni baholab, rahbariyatga ular to‘g‘risida ma’lumotlar berib boradi. Bu jarayonga shuningdek kelajakdagi talabni aniqlash va boshqarish, uni qondirishni rag‘batlantirish yoki raqobatbardoshlikni ta’minlashning marketing rejasini ishlab chiqish funksiyalari ham kiradi. Ko‘zlangan maqsadlar va harakat radiuslari uzoqni mo‘ljalga olganligi sababli ushbu funksiya strategik funksiya hisoblanadi.
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasining ko‘pchilik mikro va kichik tashkilotlari diqqat markazida har kuni ushbu strategik maqsadlarni amalga oshishini ta’minlaydigan taktik strategiyalar, jumladan sotish yoki sotishga qaratilgan marketing kompaniyalari(tadbirlari)ni rag‘batlantirish rejalari turibdi. Bunday rejalar marketingning taktik yoki qisqa muddatli rejalari bo‘lib, ular faoliyatning qisqa davri (sikli)dagi marketing funksiyalarini aks ettiradi. Davr (sikl) sifatida kun, hafta, oy yoki biror bir mavsum qaraladi. Marketing bo‘limining yana bir funksiyasi yilning har bir davrida shu yilning kelgusi davrlaridagi bozor holati va imkoniyatlarini tahlil qilish, aynan shu davrlarda talabdagi o‘zgarishlarni o‘rganish va marketing auditini o‘tkazishdan iborat. Bulardan tashqari marketingni rejalashtirishning strategik funksiyasi yangi mahsulotni yaratish yoki yangi marketing kommunikatsiyasi va reklama strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga qaratilishi mumkin. Marketing tahlili, auditi va tadqiqotining bu turi bozor va bozor muhitini tahlil qilish deb tushuniladi.
3-rasmda rivojlanishning marketing strategiyalari va tashkiliy strategiyaning o‘zaro munosabatlari birinchi darajali ekanligi ko‘rsatilgan. Tashkilotning barcha bo‘limlari, jumladan operatsion, moliya, kadrlar va audit bo‘limlari tashkiliy strategiyani amalga oshirish uchun o‘z faoliyatini marketing rejasiga muvofiq olib boradi. Rejalashtirilgan maqsad va vazifalarni bajarishda resurslarni taqsimlash uva ulardan samarali foydalanish marketing bo‘limi ishining ajralmas qismidir. Atrof muhitni tadqiq qilish, iste’molchi, raqobatchi va bozorni tahlil qilish va boshqa marketing tadbirlarini hisobga olgan holda marketing byudjeti tasdiqlangandan keyin, marketing bo‘limi har bir segment uchun marketing kompleksi stratengiyasini ishlab chiqadi.
3-rasm. Marketing strategiyalari va tashkiliy strategiyalar orasidari aloqa, marketingni rejalashtirish jarayonlari ko’rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |