2. Ikki kuchning muvozanatlashish aksiomasi. Erkin qattiq jismga qo‘yilgan ikki kuch miqdor jihatdan bir-biriga teng va bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan holdagina muvozanatlashadi. Bu kuchlar sistemasi nolga ekvivalent. Shuning uchun ularni nollik sistema deyiladi (1.1-rasm). ( ),
1.1-rasm
1.2-rasm
3. Muvozanatlanuvchi kuchlarni qo‘shish va ayirish aksiomasi. Jismga qo‘yilgan kuchlar sistemasiga o‘zaro muvozatanlanuvchi kuchlar sistemasi qo‘shilsa yoki olinsa, kuchlar sistemasining jismga ta’siri o‘zgarmaydi. Faraz qilaylik, jism (F1,F2,….Fn) kuchlar ta’sirida muvozanatda bo‘lsin (1.2-rasm). Jismga yana ( ), sistemani qo‘yaylik. Natijada jism yangi ( ) kuchlar sistemasi ta’sirida ham muvozanatda bo‘ladi, ya'ni:
( )<=> ( )
Yuqoridagi aksiomalardan quyidagi teorema kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |