1 -mavzu: O’zbek tili davlat tili sifatida


“Davlat tili tog’risida”gi qonun haqida



Download 49 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi49 Kb.
#933687
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu (4) (1)

2. “Davlat tili tog’risida”gi qonun haqida.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni (1989-yil 21.10) 8-14 moddalarida rasmiy ish yuritish, ish yuritishning tilga aloqador jihatlari haqida to‘liq aytiladi2. Qonun 30 moddadan iborat bo‘lib, o‘zbek tilining o‘z qadr-qiymatini, huquqini, rolini tiklaydi. Qonun rahbarlardan, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan Davlat tilida muomala qilish va rasmiy ish qog‘ozlarini ham Davlat tilida bo‘lishini talab qildi. Hisob-kitob, statistika, moliya hujjatlari Davlat tilida olib boriladi. Grajdanlik holatini qayd etuvchi hujjatlar, turli shahodatnomalar Davlat tilida yoziladi, millatlararo muomala tiliga tarjimasi takrorlanadi. Milliy istiqlol hayotimizning hech bir istisnosiz barcha sohalarida bo‘lgani kabi ona tilimiz rivoji uchun ham keng yo‘l ochdi. Mustaqil davlatimizning asosiy qonuni – Konstitutsiyamizda, ”Davlat tili haqida”gi qonun va boshqa rasmiy hujjatlarda ona tilimiz bo‘lmish O‘zbek tilining huquqiy maqomi va istiqboli aniq ko‘rsatib berilgan. Prezidentimiz Oliy Majlisining I chaqiriq XIV sessiyasida (1999 yil 14 aprel) nutqida mustabid sho‘rolar tizimining illatlari haqida gapirar ekan, xususan shunday degan edi: “O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi”. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator hujjatlarda barkamol shaxs tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Barkamol shaxs deganda jismoniy, ruhiy – psixologik jihatdan bekamuko‘st shaxslar tushuniladi. Nutqda atamashunoslik, so‘z qo‘llash va nutq madaniyati masalalari, bugungi kunda madaniy hayotimizda eng ahamiyatli masalalar safidan joy olmoqda, chunki o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi unga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirdi. hozirgi kunda hammaning diqqat e’tiborida tilimiz taqdiri mujassam. YOshlar, keksalar, talabalar, kasb-korlaridan qat’iy nazar, har bir ziyoli tilimizning ravnaqi, kelajagi haqida qayg‘urmoqda. hatto ko‘pchiliklari o‘zlarining qimmatli fikr – mulohazalarini bayon qilmoqdalar. SHu bilan birga keyingi yillarda fan, texnikaning barcha sohalari ildam sur’atlar bilan rivojlanmoqda, shakllanmoqda. YUqoridagilarning oqibati sifatida o‘zbek tilimizning barcha sohalariga oid atamalar vujudga kelmoqda. Bu yangi so‘zlar sekin-asta o‘zlashtirilib nutqimizga kirib kelmoqda. Mavjud atamalarning ko‘pchiligi o‘zgarib, yangilanib bormoqda. Bu atamalarning aksariyati umumadabiy tilga o‘tib, ommalashib ketmoqda. O‘zbek tili atamachiligida ilgari mavjud bo‘lgan, boshqa tillardan, jumladan ko‘proq arab, fors tillaridan kirib o‘zlashgan: jumhuriyat, munajjim, muarrix, munaqqid, muallif, inqilob va boshqa so‘zlarning o‘rni rus tilidan yoki u orqali boshqa tillardan o‘tgan, baynalminal so‘zlar egallamoqda. Keyingi davrlarda esa, yana oldingi holat, ya’ni arab va forsiy tillarga mansub bo‘lgan so‘zlarni qo‘llash kuchaymoqda. Boshqacha aytganda, ayrim ilgari ishlatilgan, talaffuz qilingan so‘zlarga qaytadan «jon» ato etilmoqda. Jumhuriyat, baynalminal, jamoa, anjuman, sho‘ro va boshqa so‘zlar shular jumlasidandir. Ayrim so‘zlarni qo‘llashda esa o‘ziga xos ikkilanish ham uchrab turibdi. Bizningcha, bunga sabab mazkur so‘zlarga ehtiyojning kamayib borayotganidir. Bu kabi so‘zlarga misol qilib: kashshof, firqa, mirshab, lang va boshqa so‘zlarni kiritish mumkin. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, bir qator so‘zlar borki, ularni hozirgi maktab o‘quvchilari ham, oliy o‘quv yurti talabalari ham maxsus lug‘atlarsiz yoki o‘qituvchilarning yordamisiz tushunishlari amri mahol. Bularga misol qilib: munshi, qozi, dodxoh, haram, avrapush, sipohsolor, viqor, vojib, voiz, badhu, alfoz, anduh, andoza, asno, afgor, misqol, aftoda, mufti, qushbegi, pansod kabi so‘zlarni ko‘rsatish mumkin. Bunday holat mumtoz adabiyot namunalarini to‘g‘ri sharhlab berishga, ulardagi badiiyatni chuqurroq his qilishga xalaqit beradi. U yoki bu baytning asl mohiyatini, shoir yoki adib ko‘zda tutgan asosiy maqsadni to‘la anglab etmaslikka olib keladi. Ana shu kabi so‘zlarning ma’nolarini o‘rgatmaslik, o‘quvchilarga, talabalarga singdirmaslik natijasida asar-g‘azalning chala tushunilishiga olib keladi, hamda o‘quvchilarni ularning mavjud bo‘lgan sir-asroridan bebahra qiladi. Bu o‘rinda R.Dekartning quyidagi fikrlarini eslatib o‘tishni maqsadga muvofiq deb bilamiz: «So‘zlarning ma’nolarini odamlarga tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini anglashilmovchiliklarning yarmidan xalos qilgan bo‘lasiz».

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish