Kataltik riforming
natijasida naften va parafin uglevodorodlar aromatik
uglevodorodlarga aylantirilib, benzin tarkibidagi aromatik uglevodorodlar miqdori
ortadi.
Katalitik riforming xomashyosi sifatida odatda neftni birlamchi haydash
benzin fraksiyalari ishlatiladi. Jarayon 480°C - 540°C da va 2-4 MPa bosim ostida
alyumo-platinali katalizatorlar (platforming) ishtirokida olib boriladi. Mahsulot
sifatida yuqori oktanli (85-95), ya’ni isomer paraffin va aromatik uglevodorodlari
ko‘paygan benzin olinadi.
Neft mahsulotlarini tozalash.
Neftdan olingan distillyatlar (yonilg’i va
moylar)
tayyor
mahsulot
hisoblanmaydi,
chunki
ularning
tarkibida
uglevodorodlardan
tashqari, smolali - asfalt moddalari, oltingugurtli birikmalar,
organiк kislotalar va boshqa kerakmas moddalar bo’ladi. Mahsulotlar sifatini faqat
zararli aralashmalargina emas, balki ba’zi uglevodorodlar (to‘yinmagan
uglevodorodlar) ham yomonlashtiradi.
Oltingugurtli birilanalar va kislotalar detallarning korroziyalanishini oshiradi,
smolali asfalt moddalari issiq detallarda qum va lak paydo bo’lishini ko‘paytiradi,
to'yinmagan birikmalar esa kimyoviy barqarorlikni (saqlash jarayonida tarkibining
o’zgarmasligini) yomonlashtiradi. Erigan qattiq parafinlar
qotish haroratini
oshiradi, politsiklik uglevodorodlar qovushqoqlik xossalarini yomonlashtiradi.
Yonilg‘i va moylarni
sulfat kislota
bilan tozalash usuli - sulfat kislotaning
oltingugurtli birikmalar va boshqa kerakmas moddalar bilan reaksiyaga
kirishishiga asoslangan bo’lib, bu usul yonilg‘i va moylarni
tozalashda iqtisodiy
jihatdan foydalanish imkoniyati bo'lmagan eng eski usuldir.
Dizel distillyatlarini tozalashda gidrotozalash, moyli distillyatlarni tozalashda
esa selektiv tozalash usullari texnologik jihatdan muhim ahamiyatga ega.
Gidrotozalash
- avtomobil benzinlari, dizel yonilg‘isi tarkibidagi
oltingugurtli birikmalarini vodorod yordamida tozalanadi. Bu jarayon benzin,
kerosin va dizel fraksiyalarini oltingugurt birikmalaridan
yuqori harorat va
bosimda katalizator ishtirokida, vodorod ishtirokida vodorod sulfidga birikib,
ulardan tozalanadi. Tozalash jarayoni vodorod bosimi ostida (50 atm) va
katalizator ishtirokida olib boriladi.
Gidrotozalashda benzin tarkibida oltingugurt miqdori 0,05-0,10% bo’lgan
bo’lsa 0,0001% gacha, dizel yonilg’isida 0,8-1,4 oltingugurt miqdori bo’lgan
bo’lsa 0,15-0,2% gacha, vakuum-gazoil esa 1,2-1,8 dan to 0,2-0,4% gacha
tozalanadi. Bu usulda asosan ko’proq dizel yonilg‘ilari tozalanadi. Keng tarqalgan
katalizatorlar - alyumo-kobalt va alyumo-nikel molibdenli katalizatorlaridir.
Kislota-ishqor bilan tozalash.
Bu jarayonda mahsulotga
kislota bilan ishlov
berilib, ishqor bilan neytrallanadi. Kislota-ishqor bilan tozalanganda to‘yinmagan
uglevodorodlar va smolalar yuqotiladi.
Neft mahsulotini sulfat kislota bilan aralashtirilganda va uni tindirilganda
ikki qatlam: yuqorigi - tozalangan mahsulot, pastki - reaksiya mahsulotlarini
o’zida eritgan, ishlatib bo’lingan kislotadan iborat nordon gudron hosil bo’ladi.
Moylarni sulfat kislota yordamida tozalanganda
moy fraksiyasidan
smolasimon asfalten moddalar, to'yinmagan uglevodorodlar,
naften kislotalari
qisman azotli va oltingugurtli birikmalar, polisiklik aromatik uglevodorodlar
ajratib olinadi. Sulfat kislotasi bilan qayta ishlangan moy fraksiyasi ikki qavatga
ajraladi. Pastki qavatda - gudron, yuqori qavatda esa suyuq moy bo'ladi.
Nazorat savollari:
1.
Neft va uning xususiyatlari haqida nimalar bilasiz?
2.
Neftning organik qoldiqlaridan qanday hosil bo’lishini tushuntiring?
3.
Respublikamizda neft va gaz sanoatining rivojlanishi haqida gapiring?
4.
Neft mahsulotlari tarkibida qanday birikmalar mavjudligi va uning ta’sirini
keltiring?
5.
Neftni qayta ishlashning asosiy usullarini tasvirlang?
6.
Neft mahsulotlarini tozalash haqida nima bilasiz?