1 – Mavzu: Menejmentning rivojlanishi tarixi va hozirgi holati reja


Boshqarishning iqtisodiy usullari



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana13.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#664647
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
1maruza

Boshqarishning iqtisodiy usullari
iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, 
xar bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlar tarzda namoyon 
bo‘ladi. Manfaatlar uch xilda bo‘ladi: 
* umumjamiyat manfaatlari; 
*jamoa manfaatlari; 
*shaxsiy manfaatlar. 
1
Неустойка- бу бурдсизлик тўлов, яъни мажбуриятлар (шартномалар, қонунлар) бажарилишини таъминлаш усулларидан бири. Қарздор 
ўз мажбуриятларини бажармаган ёки лозим даражада бажармагани учун кредиторга т¤лайдиган пул суммаси.


Bu manfaatlarni uyg‘un sur’atda bog‘lab olib borish muammosi bir qator vazifalarni xal 
qilishni, xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar o‘rnatishni talab qiladi. 
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish 
maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni: 
*korxonalar va xo‘jaliklarga faoliyat yuritishlariga erkinlik va mustaqillik berish
*xo‘ajaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq imtiyozlarini 
berish; 
*korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilishi intizomini 
mustaxkamlash va ularning rolini oshirish; 
*moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish; 
*bozor munosabatlari mexanizmlari: baxo, foyda, soliq, rentabellik, rag‘obat va xokazolarga 
keng e’tibor beriladi. 
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazmfasi ishlab chiqariladigan maxsulot (xizmat) 
birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi
usullarini, shunungdek, manfaatdorlik muxitini vujudga keltirish va ulardan samarali
foydalanishdir. 
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruxiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning
samarali ishlashni ta’minlanadi. Shu maqsadda qo‘shimcha ish xaqi to‘lash, mukofotlar berish, 
bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar muxim kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning 
barcha metodlari ichida etakchi o‘rinni egallaydi. Xar qanday darajadagi raxbar bu metodning 
mazmunini yaxshi bilishi va ularni to‘g‘ri qo‘llay olish kerak. Boshqariluvchi ob’ektga metodlar 
orqali ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalari: 
*jiddiy rejalar qabul qilishga: 
*mexnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishiga; 
*yangi texnolgiyalarni joriy qilishga; 
*mexnat unumdorligini oshirishga; 
*raqobatbop maxsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiradigan bo‘lish va shunga davlat
etish kerak. 
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, bunda 
jamoalar va xar bir xodimning manffatlarigina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya 
qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona uchun faoydli tadbir davlatga xam foydali bo‘lsin. 
Boshqarishning iqtisodiy usullari va ularning shakllari jumlasiga: 
*kredit va foiz stavkasi; 
*soliq va soliq yuki; 
* boj to‘lovlari; 
*subsidiya va sanktsiya; 
*litsenziya; 
*transfert to‘lovlari; 
*narx-navo va xokazolar kiradi. 
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullar qo‘llab, bozorni shakillantirish chog‘ida 
xam, uning o‘zini-o‘zi boshqarishi bosqichida xam g‘oyat muxim jarayonlarni boshqaradi. 
Agar ma’muriy boshqarish usullari o‘zini-o‘zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga 
qarshgilik ko‘rsatsa, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ularga foydalanishga 
tayanadi. Xo‘jalik soxasiga xam davlatning ta’siri tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma’muriy 
boshqarish metodida davlat korxonalariga. o’z ta’sirini qat’iy belgilangan reja orqali o‘tkazsa. 
Boshqarishning iqtisodiy metodlari yordamida esa, u korxonalarga bozor orqali o‘z ta’sirini 
o‘tkazadi. 
Natijada bozor korxona va firmalar faoliyatini, davlat esa bozorning o‘z qonuniyatlaridan 
kelib chiqqan xolda makroiqtisodiyot boshqarishini amalga oshiradi. Bu esa davlatning bozor va 
korxonalar faoliyatiga minimum darajada aralashuvini ifodalaydi. 
Kreditning boshqarishdagi rolini quyidagicha izoxlaymiz. Davlat kredit tizimi orqali 
iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Bunda qarzga beriladigan pul miqdorini o‘zgartirish uchun foiz 


stavkasidan foydalaniladi. Bozor qoidasiga ko‘ra foiz kamaysa, qarz pulga talab oshadi. 
Binobarin, kredit ko‘proq olinadi va ko‘proq ishlab chiqarishga investitsiya qilinadi. 
Kreditning iqtisodiy o‘sishiga aloqadorligini xisobga olgan xolda davlat uni arzonlashtirish 
choralarini ko‘radi. Davlatning qo‘lida katta pul to‘planadi, bu pul bankka qo‘yiladi va 
ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil etadi. Davlatning puli kapital bozoriga chiqib kreditning 
taklifini ko‘paytiradi. 
Shu tariqa davlat bo‘sh turgan pulning tarkibini o‘zgartirish orqali bozordagi pulga bo‘lgan 
talab va taklifni o‘zgartirishga erishadi.
Bo‘sh pullar: 
*Hozir qarz berish uchun ajratilgan; 
*zaxiradagi kredit rezervi sifatida turgan pullarga bo‘linadi. 
Zaxiradagi rezerv pulning kamayishi
taklif etilgan pulning ko‘payishini bildiradi va 
aksincha, uning ko‘payishi pul taklifini qisqartiradi. Odatda kredit resursining 20 foizi zaxirada 
bo‘lsa, 80 foizi bevosita kredit ishiga ajratiladi, ya’ni sotishga qo‘yiladi. 
Davlat bosh boshqaruvchi sifatida shu nisbatni o‘zgartiradi. U pul rezervini qisqartirish 
xisobidan uning kredit sifatida taklifini ko‘paytiradi. Natijada foiz pasayadi, binobarin kredit 
arzonlashganidan uni ko‘prog‘ olib, investittsiya uchun ishlatish qulay bo‘ladi, iqtisodiy o‘sishga 
asos yaratiladi. Foizning ortishi kredit kreditni qimmatlashtirib, unga kamroq undaydi, binobarin, 
investitsiya qisqaradi, iqtisodiy o‘sish sustlashadi. 
Soliqning boshqarishdagi roli sezilarli darajadadir. Chunki, davlat soliq tizimi orqali 
iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazadi va boshqarish jarayoniga qatnashadi. Soliqlar xamma mamlakatlarda 
mavjud bo‘lib, majburiy to‘lov shaklida firmalar, tashkilotlar va axoli tomonidan faqat davlatga 
to‘lanadi. Davlat jamiyat f’zolariga, ular kim bo‘lishidan qat’iy nazar, ijtimoiy xizmatlar 
ko‘rsatadi. Bu xizmatlar jumlasiga: 
*mudofa; 
*tinchlik va xotirjamlikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash; 
*obodonchilik va sanitariya-gigena ishlarini bajarish
*davlatni idora qilish; 
*turmush xavfsizligini ta’minlash; 
*ekologik muxitni asrash; 
*tabiiy boyliklarni ximoya qilish; 
*ommaviy savodxonlikni ta’minlash; 
*nochorlarga yordam berish, ularni sotsial ximoya qilish kabi ishlar kiradi. 
Bularni faqat birgalikda iste’mol etish mumkin, ularni ayrim kishilar sotib ololmaydi. Bu 
ishlarga faqat davlat qodir. 
Shunday qilib, soliqlar davlatning ijtimoiy xizmatlari g‘aqi bo‘lib, uni firmalar, xar xil 
kompaniyalar, jamoat tashkilotlari va axoli to‘laydi. Demak, soliqlar tekinga berilmaydi., ular 
davlat ko‘rsatgan xizmatlar sarf-xarajatini qoplash uchun to‘lanadi. 
Soliqlar boshqarish jarayoniga quyidagi uch vazifani bajarish orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: 
*fiskal vazifa, ya’ni davlat xazinasi (byudjeti)ga pul tushirish; 
*iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish; 
*axolining ayrim toifalariga imtiyoz berib, ularni sotsial ximoyalash. 
Undiriladigan soliq summasining soliq ob’ekti summasi (xajmi)ga nisbatan xisoblangan 
miqdori 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish