1 – Mavzu: Menejmentning rivojlanishi tarixi va hozirgi holati reja


Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/27
Sana13.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#664647
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
1maruza

Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari
. Ijtimoiy-ruhiy usullarning asosiy maqsadi. 
Boshqarish sotsiologiyasi, boshqarish texnologiyasi, sotsiologik tadqiqot.
 
Sotsial-ruxiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruxiy muxitni 
yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo‘li bilan kishilarning fe’l-atvori, 
ruxiyatini xisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talabini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. 
Boshqacha qilib aytganda sotsial-ruxiy metodlar bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi 
“psixologik iqlimni”, xar bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan usullardir. 
O’z mohiyatiga ko‘ra boshqarish metodlarining bu guruxi jamoaning shakllanish va 
yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma’naviy manfaatlariga jamiyat manfaatlarini xisobga 
olgan xolda ta’sir qiluvchi vositalarning majmudir.
Sotsial-ruxiy metodlar “Boshqarish sotsialogiya”si va “Boshqarish psixologiyasi”ga 
asoslanadi. 
Boshqarish sotsialogiyasi insonning ishlab chiqarish omillari bilan o‘zaro aloqasi, 
jamoaning sotsial rivojlanishni rejalashtirish, mexnat jamoasini tarkib toptirish, xodimlarning 
tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muxim muammolarni ko‘rib chiqadi. 
Boshqarish psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlari va natijalarni 
aniqlashga xizmat qiladigan xodisalarni o‘rganadi. U kadrlar tanlashda, ularni joy-joyiga 
qo‘yishda, topshiriqlarni, funksiyalarni taksimlashda, xodimlarni rag‘batlantirishda, intizomni 
mustaxkamlashda va xokazolrda qo‘llanadi. 
Psixologiya insonning ruxiyatini o‘rganuvchi fandir. Inson ruxiyatiga esa sezish, idrok 
qilish, tasavvur, tafakkur, tassarruf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, shuningdek inson 
shaxsning ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, xarakter va mijoz kiradi. 


Sotsial psixologiya-bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va sotsial omillarning o‘zaro 
aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruxlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o‘zaro ta’sir
ko‘rsatish shakllarini o‘rganadigan psixologiya fanining soxasidir. 
Boshqarishning sotsial-ruxiy usullari quyidagi muammolarni yechishga qaratilgan: 
1. Kishilarning sotsial-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari, xarkatlari va
xokazolarni xisobga olgan xolda mexnat jamoalarini tashkil topshirish. Buning natijasida jamoani 
rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida birgalikda ishlash uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratiladi. 
2. Sotsial yurish-turish normalarini o‘rnatish va rivojlantirish. Shu jumladan yaxshi va 
namunali an’analarni qo‘llab-quvvatlash va sotsialistik urf-odatlarni joriy etish jamoa ongining 
o‘sishiga yordam beradi. 
3. Sotsial rivojlantirishni va kishilarning intilishini, tashabbusini rag‘batlantirish, umumiy 
ta’lim darjasini oshirish, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy o‘sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va 
mexnatga ijodiy munosabat va x.k. 
4. Kishilarning madaniy va sotsial-maishiy extiyojlarini qondirish, chunonchi, uy-joylar, 
bolalar bog‘chalari, klublar, profilaktoriyalar, sport inshootlari va xokazolarni qurish. 
5. Mexnat jamoalarida talabchanlik, o‘zaro yordam, intizomni buzuvchilarga 
munosabatsizlikdan iborat sog‘lom sotsial- psixologik muxitni vujudga keltirish va uni qo‘llab
quvvatlash; 
6. Odamlarning o‘z mexnatidan, tanlangan o‘z mutaxasisligi va kasbidan mamnun 
bo‘lishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorlgi va ish sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarni 
vujudga keltirish. 
Bu muammolarning echimi boshqarishning yanada uyushqoq, samarali bo‘lishini talab 
qiladi.
Sotsial tadqiqot usullarini o‘tkazish zaruriyati shundan iboratki, amaliy boshqarishda
sotsial-ruxiy metodlardan samarali foydalanish uchun boshqarish ob’ektining xolati to‘g‘risida 
keng axborotga ega bo‘lish kerak. Bunday axborot olish uchun jamoada bevosita sotsiologik 
tadqiqotlar o‘tkazish lozim. 
Sotsial tadqaqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi, chunonchi: 
*jamoa a’zolarining mexnatga va raxbarlarga munosabati; 
* boshqarish metodlarining bir-biri bilan o‘zaro munosabati; 
*jamoaning extiyojlari va qiziqishlari; 
*xodimlar shaxsiyati; 
*xodimlar qo‘nimsizligi sabablari; 
*xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi; 
*jamoa a’zolarining ma’naviy va jismoniy ravnaqi; 
*extiyojlarning qodirilish darajsi va xokazo to‘g‘risidagi axbrotlar. Bu axborotlar 
jamoalarda ishlab chiqirish samaradorligini oshirishga va xilma-xil extiyojlarini qodirishga 
qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish uchun muxim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Sotsiaologik tadqiqotlar olib borishga korxonaning o‘z sotsiologik xizmatlari, shuningdek 
xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy munosabatlar va o‘quv yurtlarining xodimlari jalb qilinishi 
mumkin. 
Sotsialogik tadqiqotlar bir necha usullarda uyushtiriladi. Bunda sotsiologik axborotlarni 
maxsus tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan olish mumkin. Bulardan eng muximlari quyidagilardir 
(4.4-jadval). 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish