1 – Mavzu: Menejmentning rivojlanishi tarixi va hozirgi holati
REJA:
1.
Menejmentni paydo bo’lishi.
2.
Menejmentning ilmiy maktablari.
3.
Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul.
4.
Menejmentning xorijiy modeli
Tayanch so’z va iboralar:
Ilmiy boshqaruv maktabi, boshqaruvning klassik yoki
ma'muriy maktabi, boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi, ahloqiy fanlar yoki bixevioristik
maktab, vaziyatli yondashuv, tizimli yondashuv, jarayonli yondoshuv, mamlakat boshqaruvining
rivojlanishi, menejmentning amerikacha modeli, menejmentning yapon modeli, menejmentning
G’arbiy Yevropa modeli
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari Yu.Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa
o‘rta asr davrida Amir Temur xukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki
paytlarda u oddiy bo‘lib asosan xarbiy tavsifga ega edi.
U davrlardagi menejerlar esa xarbiy intizomni o‘rnatish maqsadida xodimlarni jazo bilan
qo‘rqitish, xar qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi usullarni qo‘llaganlar.
Bunday boshqaruv mexnat
resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha
qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli, deb qaralgan, Amir Temur davrida markazlashgan,
intizomli davlatning barpo bo‘lganligi xam sarkardamizning o‘z qo‘l ostidagilarni
“qo‘rquv bilan
umid o‘rtasida ushlash”
tamoyili bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang‘ich davrida tadbirkor- mulk egasi o‘zining shaxsiy
tajribasiga tayanib ishlab chiqarishni boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo‘lgan
sanoat to‘ntaruvi boshqaruvga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi.
Boshqaruv xodimlarini
tayyorlashga a’loxida e’tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning
takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni murakkablashtirib
yuboradi va
uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus soxasiga ajratadi. Ushbu muammolarni
xal etish uchun boshqaruv soxasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab
chiqarish va xodimlarni
boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to‘g‘risidagi ilmni,
fanni vujudga keltirdi.
Shu davrdan boshlab to bugunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi to‘rtta yo‘nalish
(maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o‘zlarining tegishli xissalarini qo‘shishgan.
Shunday qilib, menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o‘ziga xos ko‘rinishlarda
shakllanadi:
50-60 - yillarda boshqaruvning