2. Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari. Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo’yicha asosiy manbalar bu moddiy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari hisoblanadi.
Moddiy madaniyat yodgorliklari. Er. avv. III-I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi shaharlari Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur, Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil xarobalarini qazish natijasida ma'lum. Shaharlarda zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, xo’jalik inshootlari, san'at asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesopotamiyadan, Misr, Baxrayn va Hindistondan er. avv. III-II ming yilliklarga oid silindrsimon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muxrlar ko’plab topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |