Xo’jalik hujjatlari. Eng qadimgi hujjatlar (er.avv. III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-Nasrdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan yozilib hali oxirigacha o’qilmagan. Lagashdan er.avv. III ming yillikka oid xo’jalik hujjatlari topilgan. Ayniqsa, er.avv. II ming yillikka oid ko’pgina xo’jalik hujjatlari saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib qolgan. Hozirgi Turkiya hududidagi Qultepadan er.avv. II ming yillikka oid Osuriya va amoriy savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; er. avv. II ming yillikka oid qadimgi Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; er. avv. XII-XI asrlarga oid Ashshur shahri arxivi, er. avv. I ming yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda «Murashu uyi»dan topilgan er.avv. V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |