Huquqiy hujjatlar. Huquqiy hujatlardan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning ko’pchiligi Mesopotamiyadan topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul'ga qonunlari, (er. avv. III ming yillikning oxiri), er. avv. XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59 modda saqlanib qolgan; er.avv. II ming yillik boshlariga tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan.
Eng katta qonunlar to’plami 247-moddadan iborat asosiy qism, xulosadan iborat Hammurapi qonunlaridir. Er.avv. II ming yillik o’rtalariga oid Ossuriyaning yoki o’rta Osuriya qonunlari, yangi Bobil podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |