4.III va IV sulоlalar. V va VI sulоlalar (er. av 2700-2400 y)
III va IV sulola fir’avnlari davrida Misr, Xo’jalik va savdo-sotiqning taraqqiy etishi quldorlik kuchayishi, bosqinchilik urushlari, harbiy yurishlar mulkiy tabaqalanishni yanada tezlashuviga olib keldi. Urushda olingan o’ljalarning katta qismi fir’avn va amaldorlar qo’lida to’plangan. SHu davrga oid amaldorlarning qabrlari ularning nufuzidan dalolat beradi. Bu maqbaralarning devorlarida o’sha zamonda yashagan qadimgi misrliklarning turmushi va maishiy ahvolini ko’rsatuvchi ajoyib tasvirlar saqlanib qolgan, Iqtisod rivojlangan sari qullik xam taraqkiy etgan. Qullar xam sug`orish shohobchalarida ishlashga majbur edilar. Bu shohobchalar davlat hokimiyati, markaziy hukumatning nazorati ostida bo’lgan. Umumdavlat axamiyatiga ega bo’lgan ulkan inshootlar, sun’iy sugorish havzalari, suv omborlari, kanal va to’g`onlar, shuningdek, sinfiy tuzumning mustahkamligi hamda din va kohinlar ilohiylashtirgan fir’avn hokimiyatining qudratidan darak beruvchi buyuk ibodatxonalar va podsho maqbaralari qullarning ogir mehnati tufayli bunyod bo’lgan. Gerodot ma’lumotiga ko’ra, «ehromlar qurilishida minglab qullar va kambag`allar ishlagan».
Quldorlik xo’jaligining rivojlanishi, chet eldan keltiriladigan xomashyoga va qullarga bo’lgan ehtiyojning muntazam o’sib borishi, tashqi savdoning kengayishi bosqinchilik siyosatining kuchayishiga olib keldi. Misrning III va IV sulola fir’avnlari qurol kuchi bilan Misr hukmronligini o’rnatishga harakat kilganlar. III va IV sulola fir’avnlari Qadimgi Misr tarixida katga o’rin tutgan. Ular davrida Misr qudratli markazlashgan davlatga aylangan. III sulolaning birinchi fir’avni Joser o’z podsholigi davrida Misrning shimoliy-sharqiy va janubiy hududlarida urushlar olib borgan. Sinay yarim orolidagi qadimgi mis konlari yaqinida Joserning bu yerda yashagan qabilalar ustidan qozongan g`alabasini tasvirlovchi suratlar saqlanib qolgash Nubiyani bosib olish biroz qiyin kechgan. SHu sababli Joser Misrning janubiy viloyatlarini mustahkamlash maqsadida Asvondan tortib to Filagacha devor qurishga majbur bo’lgan.
Fir’avn Snofru ham istilochilik siyosatini yuritishi natijasida Sinay yarim orolidagi mis konlari batamom Misr tasarrufiga o’tgan. Uning bu g`alabasi Vodi- Magxaradagi qoyalarda saqlanib qolgan suratlarda aks etgan. Bu voqealar mamlakat uchun siyosiy va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lib, ular haqidagi xotira ming yillar davomida Misr xalqi yodida saqlanib kelmoqda. Janubdagi urushlarda ham Snofru muvaffaqiyatga erishib, uning «Palermo toshidagi» davlat yilnomasida Nubiyadan 7 ming asir va 200 ming qoramol va qo’y-echki keltirganligi aytiladi.
sulola fir’avni Xufuning g`alaba rel’efi saqlanib qolgan. Quyidagi qisqa yozuv buning siyosiy ma’nosini aniq ifodalab beradi: “Xnum-Xufu” Sinay va Nubiyadan Misrga ko’plab qullar keltirilgan. III va IV sulola fir’avnlari qurdirgan ehromlar davlatning yuksak qudrati ifodasidir.
Birinchi yirik ehrom Joser tomonidan uzun zinapoyasimon shaklda qurilgan bo’lib. balandligi 60 metrni tashkil etadi. Bu maqbara atrofida olib borilgan qazilmalar natijasida bu yerdan murakkab me’morlik inshooti topilgan. Bezatilgan ustunlar ajoyib va o’ziga xos, Joser haykali xarobalari ichidan topilgan yozuvlarda o’sha davrning bosh me’mori, oliy amaldor Imxotebning nomi ko’plab uchraydi. Butun bir qoyadan tarashlab yasalgan ulkan sfinks, Xufu, Xafra va Menkavr ehromlari III va IV sulola fir’avnlarining qudratini hozirgi avlodlarga ham namoyon etib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |