1- mavzu: Kirish. Qadimgi sharq tarixi manbashunosligi Reja


Xo’jalikning rivojlanishi



Download 138,3 Kb.
bet25/64
Sana25.01.2022
Hajmi138,3 Kb.
#409645
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
1-mavzu

Xo’jalikning rivojlanishi. Ilk podsholik davridagidek, dehqonchilikning asosi bo’lgan sug`orish tizimini takomillashtirish va kengaytirish, yangi kanallar qazish davlat oldidagi asosiy vazifa bo’lgan. Bu ishlarni maxsus amaldorlar amalga oshirgan. Yozma manbalarda amaldor Nexebu SHimoliy va Janubiy Misrda fir’avn buyrug`i bilan yangi kanallar qurgani bilan faxrlanganligi qayd etilgan. Dehqonchilik kengayib borishi bilan birga baliqchilik va ovchilik ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Ovchilik va baliqchilikka oid manzaralar Qadimgi Podsholik davri maqbaralarida yaxshi saqlangan.

Yer tanqisligiga qaramay, Misr deltasida chorvachilik nisbatan rivojlangan edi. SHuning uchun Quyi Misrdagi joy nomlarida ho’kiz ilohiylashtirilgan.

Qadimgi Podsholik davridagi urushlarda Misrga, asosan, koramol o’lja sifatida olib kelingan. G’oz va o’rdak boqish xo’jalik ahamiyati darajasiga ko’tarilgan. Quyosh xudosi Navserra ibodatxonasida bayramlarda qurbonlikka minglab g`ozlar so’yilgan. Xuddi shu ibodatxonada asalari boqib asal olish bilan bog`liq manzaralar ham saqlanib qolgan. Bu o’sha davrda asalarichilik mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Biroq dehqonchilik mamlakat xo’jalik hayotida katta o’rin tutgan va u taraqqiy etgan sun’iy sug`orishga asoslangan shu bilan birga. xo’jalikning yetakchi turlaridan biri bo’lgan.

Qishloq xo’jaligida mehnat qurollari takomillashib, endilikda chopqi o’rniga qo’sh tortadigan omoch ishlatila boshlangan. Toshdan yasalgan o’roq o’rnini temir o’roq egallagan. Maxsus xaskashlar paydo bo’lgan. Yangi boshoqli ekinlar kelib chiqqanligi ham Quyi va Yuqori Misrda dehqonchilik taraqqiy etganini ko’rsatadi (meva va poliz ekinchiligi, shu jumladan, uzumchilik, zig’ir va zaytun yog’i ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan).

Maqbaralarda saqlanib qolgan ko’plab tasvirlar bu davrda hunarmandchilik. xususan, yog’ochsozlik, toshtaroshlik, metallsozlik, kulolchilik, papirus ishlab chiqarish, to’qimachilik kabilarning rivojlanganligini ko’rsatadi. Yog’ochsozlikda ishlatish uchun xom ashyo Suriya va Nubiyadan keltirilgan. Tosh kesish va toshdan buyumlar yasash ancha rivojlangan. Metallurgiya mamlakat xo’jaligining muhim tarmog`iga aylanib, ayniqsa, Qadimgi Podsholik davrida taraqqiy topdi. Metall buyumlar tosh buyumlarni siqib chiqara boshladi. Misr maqbaralaridan ko’plab metall buyumlari topilgan. SHuning uchun qadimgi Podsholik davridayoq, misrliklar temirdan keng foydalanishgan deyishga asos bor. Temir nodir metall hisoblanib, zargarlikda keng ko’llanilgan. Malika Xetep-Xores maqbarasidan topilgan ko’plab zargarlik buyumlari ana shundan dalolat beradi. Kulolchilik papirus tayyorlash va to’qimachilik ham taraqqiy etib borgan.

Ishlab chiqarish o’sishi tufayli ortiqcha mahsulot bozorda sotiladigan bo’ldi. Bu davrda Misrda ichki va tashqi savdo o’zining ibtidoiy shakli - ayirboshlash ko’rinishda bo’lgan. Maqbara devorlarida bozor manzaralarini ko’plab uchratish mumkin: don, g’alla, sabzavot, meva, yog`, baliq, hunarmandchilik buyumlari, shu jumladan, zeb-ziynat buyumlari, oyna, poyabzal va hokazolar savdosini ko’rish mumkin. Dastlabki metall pullar Qadimgi Podsholik davrida paydo bo’lgan. Uylar va qullar narxi ham metall yombilar bilan o’lchangan. Ana shu davrda Misr Suriya bilan ham savdo - sotiq ishlarini olib borgan. Xususan, Bibl (Misrcha «Keben») da Suriyadagi Misr savdosi markazlaridan IV sulola fir’avnlari Xuoru hamda Mekkavrlarning nomi tushirilgan idish parchalari topilgan. Misr fir’avnlari o’zlarini «Bibl hokimi», «Livan xudosi» deb atash mumkin, deb hisoblaganlar.

Misr fir’avnlari V sulola davrida Osiyoga katta savdo ekspeditsiyalari jo’natganlar. Fir’avn Saxuraning maqbara ibodatxonasi devorida yo’lga otlanayotgan dengiz ekspeditsiyasi tasvirlangan. Bu savdo ekspeditsiyalarida mamlakat uchun zarur xom ashyo nafaqat savdo yo’li bilan, balki qurol yordamida, zo’rlik bilan Misrga olib keltirilgan.

Qadimgi Podsholik davrida Misrda quldorlik xo’jaligi va tashqi savdoning rivojlanishi natijasida misrliklar iqtisodiy hamda harbiy yo’l bilan qo’shni mamlakatlarga. jumladan, Old Osiyo va SHarqiy Afrikaning Misrga yondosh bo’lgan mamlakatlariga bostirib kirganlar. Ular, ayniqsa, Nubiya va Sinayda mustahkam joylashib olganlar,

Qishloq jamoalari va patriarxal oila Misr jamiyatining asosini tashkil etgan. Meros otadan katta o’g’ilga o’tishi kerak bo’lgan. Ko’plab meros tortishuvlari haqida yozma xujjatlar saqlanib qolgan. Jamoa xo’jaligi «jajat» va «kenbet'« deb atalgan. «Kenbetlar» asosan oila huquqi, merosxo’rlik masalalarini hal qilgan. Joylarda sud, xo’jalik va ma’muriy hokimiyat mavjud bo’lib, ular oldi-sotdi ishlarini hal qilgan, hamda amaldorlarni kuzatib turgan. sun’iy sug’orish tarmoqlarini nazorat qilgan. Jamoa boshliqlari keyinchalik davlat amaldorlariga aylangan.


Download 138,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish