1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


  Mehnat  resurslari  va  ulardan  foydalanish



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

5.  Mehnat  resurslari  va  ulardan  foydalanish.
  Odatda  mehnat 
resursi  mehnat  qilish  qobiliyatiga  ega  bo„lgan  kishilardan  iboratdir. 
Mehnat  resursining  shakllanishiga  aholining  yoshi  va  jinsiy  tarkibi, 
tabiiy o„sish darajasi va boshqa  ijtimoiy holatlar ta‟sir ko„rsatib turadi. 
Tabiiy o„sish yuqori bo„lgan mamlakatimiz aholisi tarkibida yosh avlod 
salmog„ining  ko„p  bo„lishi  mehnat  resursi  zahiralarining  istiqbolli 
ekanligini  bildiradi.  Tadqiqotlarimizni  ko„rsatadiki,  mehnat  yoshidagi 
aholining  barchasi  ham  ishlab  chiqarishda  qatnashaolmaydi.  Ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda o„qish, harbiy xizmatni o„tash,sog„lig„i yo„l 
bermasligi  va  boshqa  sabablarga  ko„ra  ham  ba‟zilar  ijtimoiy  ishlab 
chiqarishda qatnashmasligi mumkin. Ko„p bolali onalarning oilada bola 
tarbiyasi  bilan  shug„ullanishi,  shuningdek,  shaxsiy  xo„jalik  yumushlari 
bilan  ham  mehnat  resurslari  balanslarini  tuzishda  inobatga  olinishi 
kerak. 
Respublikada mehnat resurslarining soni ko„p, biroq ularning jami 
aholi  tarkibidagi  ulushi  oz.  Buning  sababi  to„g„ilishi  va  tabiiy 
ko„payishning  yuqoriligidadir.  Natijada  “demografik  yuk”  yoki 
mehnatga layoqatli aholi bilan mehnatga layoqatsizlar nisbati o„ziga xos. 
Masalan,  agar  Yevropa  davlatlarida  oilada  3  kishidan  2  kishi 
ishlasa,bizda, aksincha 6 kishidan 2 yoki 3 kishi ishlashi mumkin. 2002 
yilga  kelib  mehnat  resurslarining  umumiy  miqdori  13181,0  ming 
kishidan  ortdi.  Ularning  yillik  o„rtacha  o„sish  sur‟ati  210-220  ming 


 
155 
kishidan  iborat.  O„zbekistonda  mehnat  resurslarining  kasbiy  ma‟lumoti 
ancha yuqori, har 1000 kishi hisobiga oliy va to„liqsiz oliy ma‟lumotga 
ega  bo„lganlar  soni  193  kishini  tashkil  etadi.  Moddiy  ishlab  chiqarish 
sohasida  band  bo„lganlarning  har  to„rttasidan  biri  oliy  va  yoki  o„rta 
maxsus  ma‟lumotga ega. Rasmiy  ma‟lumotlarga qaraganda, 1.07. 2001 
yilda 9,1 mln. kishi (72,4 foiz) ish bilan band,  rasman “ishsiz” sifatida 
mehnat  birjalarida  qayd  etilganlar  esa  37,5  ming  yoki  atiga  0,4  foizga 
teng. Albatta, bu raqam uncha aniq emas, chunki, birinchidan, hozircha 
barcha ish qidiruvchilar ham, ayniqsa qishloq joylarda mehnat birjasiga 
murojaat  qilmaydilar,  ikkinchidan  mehnat  statistikasi  va  mehnat  bozori 
uncha  takomillashmagan.  2002  yilda  mamlakat  iqtisodiyotida  band 
bo„lgan aholining yillik o„rtacha soni 1,4 foizga o„sdi va 9,3 mln. kishini 
tashkil  etdi.  Iqtisodiyotning  davlat  sektorida  24,3  foiz,  nodavlat 
sektorida  34,2  foizni  tashkil  etdi.  Iqtisodiyotda  band  aholining  asosiy 
qismi  qishloq  xo„jaligida  band  bo„lib,  tarmoqlar  bo„yicha 
taqsimlanishini  jadval  orqali  bilib  olishimiz  mumkin.  Quyidagi 
jadvaldan anglash mumkinki, sanogatda band bo„lgan aholining umumiy 
soni  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyati  hamda  Farg„ona  va 
Namanganda  yuqoriroq,  Surxondaryo,  Buxoro  va  Jizzaxda  esa  u  ancha 
past.  Biroq,  xuddi  shu  viloyatlarda  qishloq  xo„jaligining  mavqiye 
kuchliroq.  
Ma‟lumki,  jahon  mamlakatlarida  nomoddiy  sohalardagi  aholining 
bandligi  oshib  bormoqda.  Bizda  esa  u  hozircha  kamroq.    Masalan, 
sog„liqni  saqlash,  jismoniy  tarbiya,  sport,  ta‟lim,  madaniyat,  san‟at  va 
fan  kabi  ijtimoiy  sohalarda  band  bo„lgan  mehnat  resurslarining  ulushi 
ko„pgina viloyatlarda oz. 
Shunday  qilib,  mehnat  resurslaridan  to„laroq  va  samarali 
foydalanish  mamlakatimizning  asosiy  vazifasidir.  Ayniqsa,  qishloq 
joylariga  ishlab  chiqarish  sohalarini  joylashtirishni  ko„paytirish  hozirgi 
kunning  dolzarb  masalasidir.  Chunki,  jahon  mamlakatlarining  ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi ham ko„proq aynan shu bandlik  mezonlari 
bilan o„lchanadi. 
 


 
156 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish