1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


Sanoat  tarmoqlariga  ta‟sir  etuvchi  omillar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

.  Sanoat  tarmoqlariga  ta‟sir  etuvchi  omillar. 
Sanoatni 
rivojlantirish va uni hududiy tashkil qilishda xilma-xil sharoitlar, omillar 
qatnashadi.  Ularni  asosan  ikki  guruhga  bo„lish  mumkin:  iqtisodiy-
geografik  omillar  va  tabiiy  –  geografik  omillar.  Iqtisodiy-geografik 
omillarga  mehnat  resurslari  bilan  ta‟mnlanganlik  holati  va  ularning 
xususiyatlari,  ishlab  chiqarishni  ijtimoiy  tashkil  qilish  shakllari, 
energetika,  transport  sharoitlari,  infratuzimiga  chiqarishning  moddiy  – 
texnika  bazasi,  fan-texnika  taraqqiyoti  darajasi,  tabiiy  –  geografik 
omillarga  esa  tabiiy  sharoit  (relf,  iqlim  kabilar)  xususiyatlari,  tabiiy 
resurslar bilan ta‟minlanganlik darajasi kiradi. 
Mehnat  resusrlari  sanoatni  rivojlantirish  va  ayniqsa  uni  hududiy 
tashkil  qilishda  muhim  omillardan  hisoblanadi.  Mehnat  resurslarining 
hududiy  joylashuvi  ishlab  chiqarishning  tarixiy  taraqqiyoti  jarayonida 
vujudga keladi va o„z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning keyingi 
rivojlanishi  va  hududiy  joylashishiga  ta‟sir  etadi.  Ma‟lumki, 
mamlakatimiz 
mehnat 
resurslari 
bilan 
yaxhi 
ta‟minlangan 
respublikalardan  biridir.  Undagi  aholi  tabiiy  o„sishiga  nisbatan 
yuqoroligi  mehnat  resurslarining  ortiqcha  to„planishiga  olib  keladi.  Bu 


 
 
162 
162 
narsa O„zbekistonda sanoat ishlab chiqarishini sira kechiktirmay, yanada 
tezroq  rivojlantirishga  undaydi.  Tez  o„sib  borayotgan  mehnat 
resusrlaridan  to„la  va  samarali  foydalanish  maqsadida  sanoatning 
ayniqsa 
sermehnat 
tarmoqlarini 
(yelektrotexnika, 
radiotexnika, 
asbobsozlik,  elektronika,  yengil  sanoat  kabilar)  jadal  taraqqiy  ettirish 
zarur. 
Sanoatni  hududiy  joylashtirishda  alohida  hisobga  olinishi  lozim 
bo„lgan masalalaridan biri har bir iqtisodiy rayonda, sanoat tugunlarida 
va  hatto  alohida  ishlab  chiqarish  markazlarida  sanoaat  korxonalarini 
tashkil  qilishda  mehnat  resurslarining  jinsiy  tarkibini  e‟tibordan 
qochirmaslik  kerak.  Shundagina  erkak  va  ayollarning  mehnat  qilish 
imkoniyatlaridan ancha samarali foydlanishi mumkin bo„ladi. 
Fan-texnika taraqqiyotining sanoatni hududiy joylashtirishdagi roli 
katta. Bu omil foydalanish mahsadga muvofiq bo„lmagan yoki sanoatda 
umuman  ishlatilmagan  turli  tabiiy  resurslarni  ishga  solishda  ham  katta 
o„rin tutadi. Tog„-kon, elektr energetika, mashinasozlik, kimyo, qishloq 
xo„jaligi kabi tarmoqlar taraqqiyotida bu omilning roli ayniqsa kattadir. 
Sanoatning  hududiy  joylanishishi    energetika  bazalariga  ham 
bog„liqdir. Sanoatning elektr energiyasi ko„p talab qiladigan tarmoqlari 
(rangdor  metallurgiya,  kimyo  sanoatning  ayrim  tarmoqlari)  bu  omil 
bilan  mahkam    bog„langan.  Elektr  quvvatiga  katta  ehtiyoj    sezadigan 
sanoat  tarmoqlarini  asosan  quvvat  manbalari  yaqinda  joylashtirish 
maqsadga  muvofiqdir.  Azotli  mineral  o„g„itlar  ishlab  chiqaruvchi 
Chirchiq  va  Navoiy  kombinatlarining,  shuningdek  Chirchiqdagi  qiyin 
eriydigan  issiqqa  chidamli  metall  qotishmalari  kombinatning  Chirchiq 
Bo„zsuv  GESlari  kasakadi  hamda  Navoiy  GRESi  yaqinda 
joylashtirilganligi bejis emas. 
Sanoatni  hududiy  tashkil  etish  va  joylashtirishda  transport  ham 
muhim ahamiyatga ega. Chunki sanoatni xom ashyo va boshqa vositalar 
bilan  ta‟minlashda,  korxonalar  o„rtasida  ishlab  chiqarish  aloqalarini 
yo„lga  qo„yishda,  mehnat  resusrlarining  erkin  harakatida  va  nihoyat, 
ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarni  iste‟molchilarga  yetkazishda  transport 
vositalaridan keng  foydalaniladi. 
Sanoatni  rivojlanishi  va  joylashishiga  sezilarli  ta‟sir  etuvchi  omil 
bu infratuzilma majmua ham kiradi. 
Asosan  ishlab  chiqarish  infratuzilmasi  (transport-aloqa  vositalari, 
elektr  uzatish  liniyalari,  suv  bilan  ta‟minlash  tizimlari,  kanallar 
imkoniyatlari  va  boshqalar)  va  ijtimoiy  infratuzilmalar  (uy-joy,  maorif, 
tibbiyot,  sport,  savdo  kabi  muassalar)  ga  bo„linadigan  bu  majmuasiz 


 
 
163 
163 
joylarda  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarni,  jumladan,  sanoatini  rivojlantirib 
bo„lmaydi. 
Sanoatni  rivojlantirish  va  hududiy  joylashtirishda  tabiiy  resurslar 
bilan  ta‟minlanganlik  darajasi  alohida  o„rin  tutadi.  Chunki  yoqilg„i, 
energetika,  mineral  xom  ashyolar,  suv  va  qator  boshqa  resurslarsiz 
sanoatni, ayniqsa uning undiruvchi tarmoqlarini rivojlantirib bo„lmaydi.  
Sanoat  tarmoqlariga ta‟sir etuvchi asosiy omillardan biri bu tabiiy 
resurslar  hisoblanadi.  Tabiiyki,  mahsulot  xom  ashyosiz  yaratilmaydi. 
Sanoatning  barcha  tarmoqlari,  masalan,  tog„-kon,  o„rmon,  baliqchilik 
o„z-o„zidan ma‟lumki, xom ashyo bo„lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. 
Bunday  sanoat  tarmoqlarning  joylashuvi  bevosita  foydali  qazilmalar 
yoki tabiiy boyliklar geografiyasi bilan bog„liq. 
Tabiiy  resurslarga  ko„proq  asoslangan  sanoat  tarmoqalarining 
joylashuvini  o„rganish  eng  avvalo  mamlakat  tabiiy  sharoiti  va 
boyliklarini bilishni talab etadi. Turli xil qazilma boyliklarning ma‟lum 
hududdagi birligi bu yerda ishlab chiqarishni kompleks tashkil qilishga, 
hududiy majmualarni shakllantirishda, ishlab chiqarishni hududiy tashkil 
etish samaradorligini oshirishga sabab bo„ladi. 
Sanoat  tarmoqlariga    ta‟sir  etuvchi  omillardan  biri  bo„lgan 
ekologik omilning keyingi yillarda ahamiyati oshib bormoqda. Ekologik 
jihatdan va eng avvalo kimyo, sellyuloza-qog„oz, go„sht, vino, konserva, 
charm  zavodlari,  issiqlik  elektrostansiyalari  «nomaqbul»  hisoblanadi. 
Binobarin,  ular  aholi  joylashgan  maokazlardan  uzoqroq  bo„lgani 
yaxshiroq  ekologik  omilning  ishlab  chiqarishning  hududiy  tashkil 
etishiga ta‟sirini kimyo sanoati misolida ko„rish ayniqsa namunaviydir, 
chunki  bu  sanoat  korxonalarini  joylashtirilishi  juda  erkin  xususiyatga 
ega.  Sababi-ular  o„simlik,  hayvonat,  mineral  xom  ashyosi,  suv,  havo 
asosida, boshqa sanoat chiqindilari negizida ham rivojlanishi mumkin. 
Yuqoridagilardan  tashqari  bozor  iqtisoditi  omili  ham  sanoat 
tarmoqlarini  joylashtirishda  katta  ta‟sir  ko„rsatmoqda.  Bozor 
iqtisodiyoti-bu  ishlab  chiqarish  erkinligi,  raqobat  va  ochiq  iqtisodiyot 
yurgizishdir.  Shu  bois  bozor  iqtisodiyoti  omilini  ishlab  chiqarish 
tarmoqlarini  hududiy  tashkil  etishga  nisbatan  tahlil  etar  ekanmiz,  bu 
sharoitda  aksariyat  narsani,  shu  jumladan  nimaga  ixtisoslashuvi  va 
qayerda  joylashtirishni,  natijada  bozor,  raqobat,  talab  belgilaydi,  davlat 
esa  o„zining  mintaqaviy  siyosati  orqali  bu  jarayoni  boshqarib  tartibga 
solib turadi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish