Og„ir sanoat.
O„zbekiston sanoatida yetakchi o„rinni og„ir sanoat
egallab kelmoqda. Ma‟lumki, bu sanoat tarkibiga yoqilg„i-energetika
majmui, rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik majmuasi, qurilish
materiallari sanoati kabilar kiradi.
Og„ir sanoat milliy iqtisodiyotning qator tarmoqlarini yangi
texnika va texnologiya bilan ta‟minlaydi, transport vositalari va qishloq
xo„jaligini tarmoqlarini qayta qurish negizi bo„lib hisoblanadi.
Yoqilg„i – energetika sanoati
.
Mamlakat yoqilg„i – energetika
sanoatining tarkibiga gaz, neft, ko„mir sanoatlari va energetika kiradi.
165
165
Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi
salkam 35,0 foiziga teng O„zbekistonning g„arbiy va janubiy
hududlarida topilgan neft, gaz va ko„mir konlarining katta zaxirlariga
tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda.
Yoqilg„i sanoati O„zbekiston og„ir sanoatining muhim
tarmoqlaridan biri bo„lib, u tabiiy gaz, neft, ko„mir qazib chiqarishni va
ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotlarni iste‟molchilarga
yetkazib berishni o„z ichiga oladi. Respublikada zaxirasi sanoatda
ishlatilishi mumkin bo„lgan darajada hisoblangan 160 dan ortiq neft va
gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro – Xiva havzasida, 27 tasi
Farg„ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, Ustyurtda joylashgan. Mazkur
konlarning gaz, gaz-kondensati, gaz-neft, gaz – neft kondensatli va neft-
gaz kondensatli turlari mavjud. Neft va gaz mavjud bo„lgan beshta
asosiy mintaqani ajratib ko„rsatish mumkin: Bular: Ustyurt, Buxora –
Xiva, Janubiy – g„arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg„ona mintaqalaridir.
Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan ziyod
baholanmoqda.
Neft sanoati mamlakat xalq xo„jaligining turli tarmoqlari uchun bir
necha o„nlab muhim mahsulotlar ishlab chiqaradi. Mamlakatimizda
birinchi neft koni 1904 yilda Farg„ona vodiysi (Chimyon) da ochilgan.
Ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyingi yillarda Farg„ona
vodiysida va Janubiy O„zbekistonda yangi neft konlari ishga tushirildi.
Keyingi yillarda neft sanoatida keskin o„zgarishlar yuz berdi. Buxora va
Qashqadaryo viloyatlarida ko„plab yirik (jumladan, Ko„kdumaloq)
konlarining ishga tushirilishi natijasida neft qazib olish ancha ko„paydi.
1960 yilda 1,6 mln. tonna neft, gaz kondensati bilan birga ), 1980 yilda
1,3 mln. tonna, 1990 yilda 2,8 mln. t., 1997 yilda 7,9 mln. t., 2002 yilda
7,2 mln. tonna neft qazib olindi.
Neftni qayta ishlash sanoati, neft zahiralari tayanilgan holda
Oltiariq hamda Farg„ona neftni qayta ishlash zavodlari qurilgan edi.
Biroq har ikala zavodning ishlab chiqarish quvvati kam bo„lib, neft
mahsulotlariga bo„lgan ehtiyoj chetdan keltirish hisobga qogndirilar edi.
Shuning uchun Ko„kdumaloq neft-gaz koni ochilganidan keyin yangi
Buxoro viloyatida joylashgan Qoravulbozorda neftni qayta ishlash
zavodi loyihalashtirilishi boshlandi. Zavodni loyihalashtirish va barpo
qilishda 1993 yildan boshlab Fransiyaning «Tekep» firmasi,
Yaponiyaning «Marubeni» va «Jey-Ji-Si, Turkiyaning «Gama»
komponiyalari sarmoya va mutaxassislari bilan qatnashdi. Zavodning
birinchi navbati 1997 yilning 22 avgustida ishga tushdi. Endilikda
166
166
mamlakatimizda neftni qayta ishlash sanoati korxonalarida jahon
andozalariga mos keladigan 30 dan ortiq xilma-xil mahsulot ishlab
chiqarilmoqda.
Gaz sanoati yoqilg„i-energetika majmuasining eng rivojlangan
tarmog„i. Neft bilan yo„ldosh tarzda uchraydigan tabiiy gazni qazib olish
urushdan oldingi yillardan boshlangan. Gazni alohida sanoat usulida
chiqarib olish 50-60 yillarda boshlandi. Gazning zahiralari dastlab
Farg„ona vodiysida, 1960 yillarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 1970
yillardan boshlab Qashqadaryo viloyatida gazning g„oyat katta zahiralari
topildi.
Undan
tashqari
keyinchalik,
Surxondaryo
va
Qoraqalpog„istonning hududlaridan ham gaz konlari aniqlandi va ishga
tushirildi.
Shu asnoda yildan –yilga gaz qazib chiqarish oshib bordi. Masalan,
1990 yilda mamlakatda 40,7 mlrd.m
3
, 1995 yilda 48,6 mlrd.m
3
, gaz
qazib olingan bo„lsa, 2002 yilga kelib uning hajmi 58,4 mlrd.m
3
dan
oshib ketdi. Endilikda O„zbekiston gaz zaxiralari va qazib chiqarishda
dunyoning birinchi 10 mamlakati safiga kiradi. MDH mamlakatlarida
esa Rossiya va Qozog„istondan keyin 3 o„rinda turadi.
O„zbekistonning gaz qazib olishdagi shuhratining oshishida 1955
yilda Jarqoq hamda 1996 yilda Gazli konlarini ochilishi katta ahamiyat
kasb etdi. Shu munosabat bilan 1958 – 1960 yillarda Jarqoq-Buxoro –
Samarqand-Toshkent gaz quvuri qurildi. 1970 yildan boshlab
respublikadagi (Andijon, Farg„ona, Angren IES dan tashqari) barcha
yirik issiqlik elektr stansiyalari gaz yoqilg„isiga o„tkazildi. 1972 yilda
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak gazni qayta ishlash
zavodining birinchi navbati ishga tushirilib, gazni magistral gaz
quvurlariga uzatishdan oldin aralashmalardan tozalash imkoniyatlari
yaratildi. Hozirgi vaqtda Qashqadaryo viloyatining janubi-G„arbiy
qismida joylashgan va zahirasining kattaligi jihatidan mamlakatimizda
tengi yo„q Sho„rtanda gaz majmui qurildi hamda oltingugurt kamroq
bo„lgan tabiiy gazni energetika ehtiyojlari uchun regionlarga uzatish
mahsadida Sho„rtosh – Sirdaryo – Toshkent gaz quvuri ishga tushirildi.
Mamlakatimizning ko„pgina gaz konlari (98%) oltingugurtli gazdir.
Shuning uchun gazni qayta ishlash majmualarida oltingugurt ajratib
olinmoqda. 2002 yilda 321 ming.t. oltingugurt ishlab chiqarishdi.
Hozirgi vaqtda bir qator viloyatlarimizda gaz konlari bo„lishiga
qaramasdan tabiiy gazni qazib chiqarishda asosiy o„rinni Qashqadaryo
(88 foiz) viloyati egallaydi.
167
167
Do'stlaringiz bilan baham: |