Tavakkalni tasniflash. «T»ni baholashda uni «foyda» bilan solishtirish ya`ni, odam
hayotini saqlab qolish uchun pul birligining kirgizilishi taklif qilindi. Ko`p olimlar bunga
norozilik bildirishdi, chunki odam hayotining bahosi yo`q. Lekin, odam hayotini saqlab qolish
uchun qancha mablag’ sarf qilish kerak deganda bunday baho kerakdir. Xorijda o`tkazilgan
tadqiqotlarga ko`ra, odam hayoti AQSH da 650 mingdan 7 million dollargacha baholanar
ekan.
Tavakkalni aniqlash qancha taxminiy bo`lishiga qaramay, uni aniqlashning
quyidagi to`rt yo`li mavjud:
1. Muhandislik yo`li statistikaga, takrorlanishlarni hisoblashga, xavfsizlikning
taxminiy tahliliga, «xavflar daraxti» qurishga asoslanadi.
2. Modellash yo`li (andozalash) odamga, guruhga, kasbga ta`sir qiluvchi omillar
modelini qurishga asoslangan va h.k. Bu yo`l bilan hisoblashga ma`lumotlar topish ancha
qiyin.
3. ekspert (tekshirish) yo`li ma`lumotlarni ekspertlardan (mutaxassislardan) so`rab
yig’ishga asoslangan.
4. Ijtimoiy yo`l odamlardan so`rab surishtirib, aniq xulosa chiqarishga asoslangan.
Bu yo`llar «T»ni har xil nuqtai nazardan tavsiflaydi, shuning uchun hammasi birga
qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |