3 – mavzu. Tavakkal nazariyasi mohiyati va qoidalarini;
Ishdan maqsad: Tavakkal va uning turlari, aniqlashni o`rganish
Mashgulot rejasi:
1. Tavakkal nazariyasi, Tavakkalning turlari.
2. Tavakkalni tasniflash, tavakkalni aniqlash.
3.
Tavakkalni boshqarish.
Tavakkal nazariyasi. 1950-yil senyabr’ oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo`lib
o`tgan birinchi jahon kongressida hayot faoliyati xavfsizligi fan deb qabul qilindi. Olimlar o`z
ma`ruzalarida «tavakkal» tushunchasini qo`lladilar va bu tushunchani har bir olim o`zicha
talqin qildi. Masalan, V.Marshal’ «tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir» dedi. Miqdoriy
baho kungilsiz hodisalarni aniq bir davr ichida bo`lib o`tgan sonining bo`lishi mumkin
bo`lgan soniga nisbatidir. «Tavakkal»ni aniqlashda nimani «tavakkali» deyish mumkin
savoliga javob berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |