1 – ma’ruza: Mavzu



Download 111 Kb.
bet2/10
Sana03.02.2022
Hajmi111 Kb.
#426452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Adabiyot

Tayanch iboralar: Klassisizm, sotsialistlar, utopiklar, Ritotika, tarixchi, trend
Arastu salkam ikki yuzta asar yozgani, ulardan o‘ttiz bittasigina bizgacha yetib kelgani qayd etiladi (“Tafakkur” jurnali, 2016 yil, 2-son. B.27-28-betlar). Mana shu dalilning o‘ziyoq “mantiq ilmi asoschisi”, “etika ilmining boshlovchisi” deya ulug‘lanadigan Arastu buyuk qomusiy olim, ulug‘ mutafakkir ekanidan dalolat beradi. Borliqni kuzatib, uning hodisalari haqida mushohada yuritishdan zavqlangan va uni ezgulikka erishish manbai deb qaragan bu yunon donishmandi adabiyotshunoslik fanining ham tamal toshini qo‘ygan. U o‘zining “Poetika” asarida birinchi bo‘lib adabiyotshunoslik negizida badiiy asarlarni tahlil qilish turishini, bu fan tilshunoslik va mantiq, tarix va san’atshunoslik, estetika va etika, falsafa va siyosat kabi ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatib bergan. Teran ilmiy-nazariy tahlilga asoslangan “Poetika” ham, olimning boshqa asarlari ham shu bois alohida ta’limot sifatida e’tibor qozongan. Arastu ta’limoti, uning asarlarida ilgari surilgan g‘oya va qarashlar xususida bahslar G‘arbda ham, Sharqda ham asrlar bo‘yi to‘xtamasdan davom etgan. Jumladan, Ibn Sino Arastuning “Osmon haqida” va “Fizika” asarlari xususida mulohaza yuritib, shogirdi Baxmanyor bilan shu xususda yozishmalar qilgani manbalarda ko‘rsatiladi.
“Poetika”, “Axloqi kabir” asarlarining e’tiborli jihati shundaki, Arastu hech bir o‘rinda o‘quvchiga o‘zining fikr va xulosalarini o‘tkazishga urinmaydi. Alloma boshqa asarlarida ham kishilarga biror bir masala xususida saboq berishga kirishib ketmaydi. Ammo u tabiat va jamiyat hodisalari, inson dunyosi murakkabliklari xususida shunday teran mushohada yuritadiki, har qanday o‘quvchi beixtiyor uning fikriga qo‘shiladi.
Arastu: “Tarixchi va shoir bir-biridan shu jihatdan farq qiladiki, ulardan biri haqiqatda bo‘lgan, ikkinchisi esa bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea haqida so‘zlaydi. Shuning uchun poeziya tarixga qaraganda falsafiyroq va jiddiyroq; poeziya ko‘proq umumiy, tarix esa alohida voqealarni tasvirlaydi” deydi. Bu fikr darslik, qo‘llanmalarda ko‘p takrorlanganidan uni hamma biladi. Ammo hozir barchaga ayon ana shu fikrni dastlab Arastu aytganini hamma ham xayoliga keltirmaydi. Yangi texnika vositalari, dori-darmon va hokazolarni o‘ylab topish “ixtiro” deyiladi-yu, kimdir birinchi bo‘lib aytgan yuqoridagiga o‘xshash fikrlar xususida bunday deyilmaydi. Aslida ayni xildagi mulohazalar ham kashfdir. Chunki Aras­tudan avval shu fikrni hech kim aytmagan. Vaholonki, har qanday odam yangi uskuna, asbob ishlab chiqarolmagani singari yangi fikr, yangi g‘oyani ham hamma aytolmaydi.

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish