Nazorat savollari:
1. Chigitli paxta tarkibidagi namlikni aniqlashdan maqsad nima?
2.Chigitli paxta tarkibidagi namlik qaysi usullar bilan aniqlanadi?
3. USX-1 va VXS-M1 priborining ishlash tirtibini tushuntiring?
4. USX-1 va VXS-M1 priborlarida namlikni aniqlash uslubini tushuntiring va formulasini yozing.
5. USX-1 va VXS-M1 priborlarida namlikni aniqlash uchun namuna tayyorlash uslubini tushuntiring.
6. CHigitli paxta, chigit va tolaning namliklarini aniqlash formulasiga tushuntirish bering.
5-LABARATORIYA ISHI (2-soat)
MAVZU: TOLALI MAHSULOTLARNI IFLOSLIGINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Tolali mahsulotlarni tarkibidagi iflos aralashmalar haqida tushuncha berish. Tolali mahsulotdagi iflos aralashmalarni aniqlash uchun, namuna olish uslublari haqida ma’lumot berish. Tolali mahsulotning iflosligini LKM priborida aniqlash.
Topshiriq:
1. Tolali mahsulotlardagi tarkibidagi iflos aralashmalar to‘g‘risida ma’lumot bering.
2. Tolali mahsulotlarni tarkibidagi iflosliklarni aniqlash usullarini bayon eting.
3.LKM priborining konstruksion tuzilishi va ishlash tartibini yozing va priborning ko‘ndalang qirqim sxemasini chizing.
4.LKM priborida chigitli paxta iflosligini aniqlash uchun namuna tayyorlash usulini bayon eting.
5. O‘tkazilgan laboratoriya ishidan olingan natijalarga asoslanib, chigitli paxtaning iflosligini aniqlang va jadvalga yozing.
Ishni bajarish uchun kerakli jixozlar
1. (O‘zDst 592-2008) Davlat standarti bo‘yicha chigitli paxtani iflosligini aniqlovchi LKM rusumli pribori.
2. 3,0 - 3,5 kg vazndagi chigitli paxta.
3. VLKT-500 rusumli analitik tarozi.
4. O‘zDst 592-2008 standarti.
Ishning qisqacha mazmuni
Tolali mahsulotning sifatini belgilaydigan ko‘rsatkichlardan biri uning tarkibidagi iflos aralashmalardir. CHigitli paxtani ifloslik darajasi – uni tarkibidagi iflos aralashmalarning foizli miqdoridir.
Tolali mahsulotlarni tarkibidagi iflosliklar kelib chiqishi jihatidan 2 turga organik va mineral aralashmalarga bo‘linadi.
Organik aralashmalarga g‘o‘za bargining bo‘lakchalari, gulining qurigan bo‘lakchalari, paxta chanog‘ining bo‘lakchalari, poyasining ba’zi qismlari, chigitli paxtaning qurigan, chirigan bo‘lakchalari kiradi.
Mineral aralashmalarga esa chang, tuproq, mayda tosh va boshqalar kiradi. Paxta tarkibidagi mineral va organik iflosliklarning bo‘lishi (saqlanishi) chigitli paxtani qayta ishlash jarayonida bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. SHuningdek, bunday holat paxta qabul qilish maskanlarida saqlash jarayonida ham paxtani tabiiy sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ilashishi jihatidan esa aktiv va passiv aralashmalarga bo‘linadi. Aktiv aralashmalar paxta tolasining ichki qismida joylashgan hamda tola bilan mustahkam bog‘lanishda bo‘lib, tozalanishi qiyin bo‘ladi. Passif aralashmalar esa paxtaning yuza qismida joylashgan bo‘lib, oson tozalanadi.
Iflos aralashmalar o‘lchamiga qarab mayda va yirik iflosliklarga ajratiladi. Mayda ifloslik deb 10 mm dan kichik bo‘lgan iflosliklarga aytiladi. Yirik iflosliklarga esa 10mm dan katta bo‘lgan iflosliklar kiradi.
CHigitli paxtaning iflosligini aniqlashdan maqsad, uning kondision og‘irligini aniqlash va fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitob qilish hamda mahsulotni sifatli saqlash choralarini ko‘rishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |