Nazorat savollari:
1. G‘o‘za qanday o‘simlik turiga kiradi?
2. Qanday g‘o‘zaning turlarini bilasiz?
3. O‘zbekistonda g‘o‘zaning qaysi turlari ekiladi?
4. G‘o‘zaning morfologik va xo‘jalik belgilariga nimalar kiradi?
5. G‘o‘zaning rivojlanish davrini tushuntirib bering?
6. CHigitli paxtadan sanoatda qanday mahsulotlar olinadi?
7. O‘zDst Davlat standartlari me’yoriy ko‘rsatkichlari nima uchun ishlatiladi?
3- LABARATORIYA ISHI (2-soat)
MAVZU: TOLALI MAHSULOTLARNING NAMLIGINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: CHigitli paxta tarkibidagi namlikni aniqlash usullari haqida ma’lumot berish. CHigitli paxtaning namligini USX-1 va VXS-M1 rusumli nam o‘lchagich priborlarida aniqlash. USX-1 va VXS-M1 priborlarning ishlash tartibi balan tanishish. CHigitli paxtani namligini aniqlash.
Topshiriq:
1.Chigitli paxta tarkibidagi namlik to‘g‘risida umumiy ma’lumot bering.
2.Chigitli paxta tarkibidagi namlikni aniqlash usullarini bayon eting.
3. USX-1 va VXS-M1 priborlarining ishlash tartibi haqida ma’lumot bering hamda konstruksion tuzilishi va ko‘ndalang qirqim sxemasini chizing.
4. Namlikni aniqlash uchun namuna olish tartibini tushuntiring. USX-1 va VXS-M1 priborlarida chigitli paxta komponentlarining namligini hisoblab, olingan natijalarni jadvalga yozing.
Ishni bajarish uchun kerakli jixozlar:
1. USX-1 va VXS-M1 rusumli namlikni o‘lchovchi priborlar.
2. 1,0-1,5 kg vazndagi chigitli paxta.
3. Namuna olish uchun maxsus stol.
4. O‘rta namunalar uchun byuksalar.
5. VLKT-500 rusumli elektron tarozi.
6. Standart- O‘zDst 644-2006.
Ishning qisqacha mazmuni
CHigitli paxtaning namligi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘lib, u terim davridagi ob-havo sharoiti, dalaning uskuna terimiga hozirlanganligi, chigitli paxtaning ochilishi va boshqa omillar ta’sir etadi. Namlik chigitli paxtaning tovar va texnologik sifatidagi qimmatiga ta’sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Paxta tozalash korxonalarida yig‘im-terim mavsumida terilgan paxtani bir vaqtning o‘zida qayta ishlash imkoniyati yo‘qligi sabab uni uzoq muddat saqlashga to‘qri keladi. Namligi yuqori chigitli paxtani saqlash davrida chigitda biologik jarayon davom etib, chigit issiqlik chiqaradi. Oqibatda chigitli paxtaning sifat ko‘rsatkichlarini pasayishiga olib keladi, ya’ni uning tolasining pishiqligini, chigitining yog‘ berish darajasini kamaytiradi, tolaning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. Qayta ishlash jarayonida esa texnologik uskunalarning bir maromda ishlashini qiyinlashtiradi va mahsulot sifatini keskin pasaytiradi.
Haqiqiy namlik - bu ayni paytdagi namlik bo‘lib, ma’lum sharoitda qolgan xom ashyoning (chigitli paxtaning) o‘zidan chiqaradigan dastlabki suv xajmining foizli belgilash nuqtasidir.
Belgilangan asosiy namlik - bu shartli namlik bo‘lib, andoza va texnik sharoitlarda ko‘rsatilgan qoida hisoblanadi, u chigitli paxtaga qo‘yilgan texnik talablardir. O‘zDst 644-2006 standarti qo‘l va mashina terimi uchun qo‘llaniladi va namlikni aniqlash metodini belgilaydi.
Paxta, tola va chigitni namligini tezkor usulda aniqlash uchun paxta tozalash korxonalari va tayyorlov maskanlari laboratoriyalariga o‘rnatiladigan USX-1 yoki VXS-M1 termonamo‘lchagich priborlaridan foydalaniladi (3-rasm).
USX-1 uskunasi asos 10, qizdirish moslamasi 4, plita 12 va prujina 11dan iborat. Termonamo‘lchagichning panelida «quritish» 6, «tayyor» 7 signal chiroqchalari, «yurgizish» 5 va «to‘xtash» 8 tugmalari, «tumbler» 1, chiroqcha 2 va «saqlagich» 3 lar joylashgan. Ulardan pastroqda ustki va ostki qizdirish moslamalarining temperaturasini belgilagan darajada (195±2) saqlaydigan KVM-503 tipdagi ikkita potensiometr 9 joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |