1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar


Naqqoshlik, o‘ymakorlik va xattotlik



Download 0,58 Mb.
bet76/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Naqqoshlik, o‘ymakorlik va xattotlik. IX–XII asr boshlarida me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o‘ymakorlik san’ati ham ancha rivoj topadi. Imoratning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi.
Bu davrda xattotlik xalq san’atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo‘lyozma kitoblarning nusxalari faqat qo‘lda ko‘chirilishi tufayli xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.
Musiqa san’ati. IX–XIII asr boshlarida musiqa san’ati ham g‘oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to‘ylar, xalq sayillari va boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo‘shiqsiz o‘tmas edi. Bu davrda sozandalar ud, tanbur, qo‘biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo‘shnay va qonun kabi g‘oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg‘u asboblaridan keng foydalanganlar.
Xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o‘zbek xalqlarining mumtoz kuyi “Shashmaqom” uchun poydevor bo‘lgan “Rost”, “Xusravoniy”, “Boda”, “Ushshoq”, “Zerafkanda” “Buzruk”, “Sipohon”, “Navo”, “Basta”, “Tarona” kabi yangiyangi kuylar ijod etilgan. Musiqa san’ati she’riyat hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog‘langan holda taraqqiy etadi.

V BOB AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI TARIXI
31-§. XIV ASRNING O‘RTALARIDA MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT





Siyosiy tarqoqlik. XIV asrning 50–60-yillarida Movarounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan. U yerdagi hokimlar o‘zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar. Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib, ular o‘rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Siyosiy tarqoqlik, o‘zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa, dehqonlar xo‘jaligini xonavayron qilgan edi.
Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mo‘g‘uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talaydilar. Mo‘g‘uliston xonlarining vayronagarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakatlari boshlanadi. Mana shunday o‘zaro ichki urushlar qizigan, mo‘g‘ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish